factograf
UZ
Sign in

Yaunde

Yaunde

Key facts

aholisi2 440 462
hudud180km²
bu konsepsiyaning alohida holatishahar
davlatKamerun
tashkil etilgan1888
dengiz sathidan balandligi764m

Yaunde — Kamerun poytaxti (1960-yildan). Markaziy provinsiyaning maʼmuriy markazi. Aholisi 800 ming kishi (2001). Shahar tropik oʻrmon orasidagi yassitogʻlikda, 750 m balandlikdagi "etti tepalik"da joylashgan. Iqlimi ekvatorial, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 22,8°, iyulda 20,7°, yillik yogʻin 1600 mm. Mamlakatning yirik transport yoʻllari chorrahasi. Okean orqali keltiriladigan yuklar shahardan mamlakat ichkarisi, Markaziy Afrika Respublikasi va Chadga tashiladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat (kakao moyi ishlab chiqarish, pivo pishirish, tamaki fabikasi va boshqalar) va yogʻochsozlik korxonalari mavjud.

Shaharga 1888-yilda nemislarning harbiy posti sifatida asos solingan. 1919-yildan Fransiyaning Sharqiy Kamerun mulkining, 1946— 60 yillarda Fransiya boshqaruvi ostidagi BMT vasiyligidagi hududning maʼmuriy markazi. Shahar zamonaviy reja asosida qurilgan. Ya.da hukumat muassasalari, banklar joylashgan. Universitet, ilmiy tekshirish institutlari, kutubxona va muzeylar bor.


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Read next

In 152 languages

uzAfrikaansአማርኛaragonésالعربيةمصرىasturianuKotavaazərbaycancaتۆرکجهбашҡортсаBasa BaliBikol Centralбеларуская (тарашкевіца)беларускаябългарскиবাংলাབོད་ཡིགbrezhonegbosanskicatalà閩東語 / Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄нохчийнCebuanoکوردیčeštinaCymraegdanskDeutschDagaareΕλληνικάEnglishEsperantoespañoleestieuskaraestremeñuفارسیFulfuldesuomifrançaisarpetanNordfriiskFryskGaeilgeGàidhliggalegoHausa客家語 / Hak-kâ-ngîעבריתहिन्दीFiji HindihrvatskihornjoserbsceKreyòl ayisyenmagyarհայերենinterlinguaBahasa IndonesiaInterlingueIdoíslenskaitaliano日本語JawaქართულიTaqbaylitKarai-karaiKabɩyɛTyapKongoKumoringқазақша한국어kurdîkernowekкыргызчаLatinaLëtzebuergeschLigurelombardlingálalietuviųlatviešuмокшеньMalagasyMinangkabauмакедонскиമലയാളംмонголमराठीкырык марыBahasa Melayuမြန်မာဘာသာمازِرونیNederlandsnorsk nynorsknorskChi-ChewaoccitanlivvinkarjalaиронਪੰਜਾਬੀPapiamentupolskiPiemontèisپنجابیپښتوportuguêsRuna SimiromânăрусскийsarduScotsسنڌيsrpskohrvatski / српскохрватскиSimple EnglishslovenčinaslovenščinaanarâškielâchiShonaSoomaaligashqipсрпски / srpskisvenskaKiswahiliślůnskiSakizayaதமிழ்тоҷикӣไทยTagalogtolışiTürkçeтатарча / tatarçachiTumbukaудмуртукраїнськаاردوvènetovepsän kel’Tiếng ViệtVolapükWinarayWolof吴语მარგალურიייִדישYorùbá閩南語 / Bân-lâm-gí粵語中文

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article