factograf
UZ
Sign in

Kigali

Kigali

Key facts

aholisi1 745 555
hudud730km²
bu konsepsiyaning alohida holatiKatta shahar
davlatRuanda
tashkil etilgan1907
dengiz sathidan balandligi1 567m

Kigali — Ruanda poytaxti. Kigali prefekturasining maʼmuriy markazi. Mamlakatning markaziy qismida joylashgan. Aholisi 400 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Iyul va avgust oylari quruq mavsumli ekvatorial mussonli iqim, oʻrtacha oylik temperatura 20—21°; yillik yogʻin 1000 mm dan ortiq.

Kigali — mamlakatning savdo va sanoat markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Avtomobil yoʻllari tuguni. Shosse yoʻllari orqali Uganda, Burunli va Tanzaniya davlatlari bilan bogʻlangan. Oziqovqat (kofe, choyni qayta ishlash, pivo pishirish, alkogolsiz ichimliklar tayyorlash), koʻn poyabzal va toʻqimachilik (ip gazlama) sanoati korxonalari; mebel, gugurt fabrikalari; metallkonstruksiyalar zavodi, avtomobil remonti ustaxonalari bor. Shahar atrofida kofe, choy plantatsiyalari; qalay eritish korxonasi joylashgan.

Kigali 1898-yildan Germaniya rezidentining Ruandadagi qarorgohi boʻlgan. 1908-yilda qarbiy post tuzilgan. 1922-yildan Belgiyaning Ruanda-Urundi mandatidagi, 1946-yildan vasiyligidagi hududining maʼmuriy markazi. 1962-yildan mustaqil Ruanda poytaxti.

Manbalar


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Read next

In 152 languages

uzAfrikaansአማርኛaragonésالعربيةasturianuKotavaazərbaycancaتۆرکجهBasa Baliбеларуская (тарашкевіца)беларускаябългарскиবাংলাབོད་ཡིགbrezhonegbosanskicatalà閩東語 / Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄нохчийнCebuanoکوردیčeštinaчӑвашлаCymraegdanskDeutschZazakiΕλληνικάEnglishEsperantoespañoleestieuskaraestremeñuفارسیsuomiføroysktfrançaisNordfriiskFryskGaeilgeGàidhliggalegoAvañe'ẽHausa客家語 / Hak-kâ-ngîעבריתहिन्दीFiji HindihrvatskihornjoserbsceKreyòl ayisyenmagyarհայերենinterlinguaBahasa IndonesiaInterlingueIlokanoIdoíslenskaitaliano日本語JawaქართულიTaqbaylitKabɩyɛTyapKongoKumoringқазақшаYerwa Kanuri한국어перем комиkernowekLatinaLëtzebuergeschLingua Franca NovaLugandaLigurelombardlingálalietuviųlatviešuмокшеньMalagasyMinangkabauмакедонскиമലയാളംमराठीкырык марыBahasa MelayuمازِرونیPlattdüütschNederlandsnorsk nynorsknorskoccitanlivvinkarjalaиронਪੰਜਾਬੀPapiamentupolskiPiemontèisپنجابیپښتوportuguêsRuna SimiromânăрусскийIkinyarwandaᱥᱟᱱᱛᱟᱲᱤsarduScotsسنڌيsrpskohrvatski / српскохрватскиසිංහලSimple EnglishslovenčinaslovenščinaanarâškielâchiShonaSoomaaligashqipсрпски / srpskisvenskaKiswahiliślůnskiSakizayaதமிழ்тоҷикӣไทยTagalogtolışiTürkçechiTumbukaудмуртукраїнськаاردوvènetovepsän kel’Tiếng ViệtWinarayWolof吴语მარგალურიייִדישYorùbá閩南語 / Bân-lâm-gí粵語中文isiZulu

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article