factograf
UZ
Sign in

yozuvchi, Amerika Qoʻshma Shtatlari

Toni Morrison

Toni Morrison

Key facts

tugʻilgan sanasi18-fevral, 1931
vafot sanasi5-avgust, 2019
kasbiyozuvchi
tugʻilgan joyiLorain
vafot joyiBronks
ish joyiPrinston universiteti
All data from the card 3
Tavalludi
18-fevral 1932-yilOgayo, AQSh
Vafoti
5-avgust 2019-yil (87 yoshda)Nyu-York, AQSh
Fuqaroligi
AQSh

Toni Morrison (18-fevral 1932-yil, Ogayo, AQSh — 5-avgust 2019-yil, Nyu-York, AQSh) — amerikalik yozuvchi. Dastlabki 2 romani — „Koʻk koʻzlar“ (1970) va „Sula“ (1974), shuningdek, maishiy mavzudagi „Sulaymon qoʻshigʻi“ (1977) romani mashhur. Unda bir qoratanli avlodining 100 yildan ortiqroq davrdagi hayoti misolida umuman amerikalik qoratanlilarning milliy oʻz-oʻzini anglash jarayoni yoritilgan. „Sula“ (1974) romani hayotning jabru sitamlari va ishqdagi yolgʻizlikni yengishga urinish, mutelik va qatiylik haqida. „Qoramoy surtilgan qoʻriqchi“ romani (1981) da qoratanlilar muammosiga doir hozirgi nuqtai nazarlar aks ettirilgan. „Maʼshuqa“ (1987) asarida oʻtmish bilan zamonaviy sahnalar uygʻunlashtirilgan boʻlsa, „Jaz“ (1992) asarida 1920-yillardagi ijtimoiy hayot, bu davrning oʻziga xos „shamoli“ va yolgʻizlikdagi ruhiy holatlar moqirona tasvirlangan. Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati (1993).

Manbalar


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Read next

In 112 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article