factograf
UZ
Sign in

Sam Altman

Sam Altman

Key facts

tugʻilgan sanasi22-aprel, 1985
oʻquv muassasasiStanford universiteti
kasbiDasturchi, Sohibkor, BIM
tugʻilgan joyiChikago
turmush oʻrtogʻiOliver Mulherin
ish joyiY Combinator
olgan mukofotlaridoctor honoris causa
All data from the card 4
Tavalludi
Samuel H. Altman1985-yil 22-aprelChikago, Illinois, AQSh
Fuqaroligi
AQSH
Taʼlimi
Stanford universiteti (tashlab ketgan)
Veb-sayti
Rasmiy sayti

Samuel H. Altman (talaffuzi: Samuel H. Oltmen; 1985-yil 22-aprelda tugʻilgan) — amerikalik ishbilarmon, investor va dasturchi, OpenAI shirkati bosh ijrochi direktori, Y Combinator shirkatining sobiq prezidenti. Bundan tashqari, u Loopt (2005-yilda asos solingan) va Worldcoin (2020-yilda asos solingan) shirkatlari hamasoschisi hamdir.

Hayoti

Altman 1985-yil 22-aprelda yahudiy oilasida dunyoga kelgan. Bolaligi Missuri shtatining Saint Louis shahrida oʻtgan; onasi — dermatolog. Altman hayotidagi birinchi kompyuterini sakkiz yoshida olgan. John Burroughs (talaffuzi: Jon Berrouz) maktabida tahsil olgan. Maktabni tamomlagach, oʻqishni Stanford universitetining informatika fakultetida davom ettirgan. 2005-yilda esa universitetni tashlab ketgan. 2017-yilda Waterloo universiteti faxriy unvonini olgan.

Ish faoliyati

OpenAI

Altman OpenAI nomli cheklangan foyda keltiruvchi tadqiqot kompaniyasining bosh ijrochi direktoridir. Ushbu shirkat sunʼiy ongni butun insoniyatga foyda keltirishi mumkin boʻlgan tarzda rivojlantirishni maqsad qilgan. OpenAI avvalboshda Altman, Brockman, Elon Musk, Jessica Livingston, Peter Thiel, Amazon Web Services, Infosys va YC Research tarafidan moliyalashtirilgan. Unga 2015-yilda jami $1 milliarddan ortiq sarmoya bilan asos solingan.

Shaxsiy hayoti

Altman bolaligidan beri vegetariandir. Bundan tashqari, u gey boʻlib, Loopt shirkati asoschilaridan biri boʻlgan Nick Sivo bilan toʻqqiz yil davomida munosabatda boʻlgan.

Altman 2024-yilning 11-yanvarida Oliver Mulherin bilan nikohdan oʻtdi. Juftlik ilk bor birgalikda Hindistonning bosh vaziri Narendra Modi xonadonidagi kechki ziyofatda koʻrinish bergan.

Read next

In 66 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article