factograf
UZ
Sign in

Malabo

Malabo

Key facts

aholisi297 000
hudud21km²
bu konsepsiyaning alohida holatishahar, Katta shahar
davlatEkvatorli Gvineya
tashkil etilgan1827
dengiz sathidan balandligi0m

Malabo (1973-yilgacha Santa-Isabel) — Ekvatorial Gvineya Respublikasi poytaxti. Bioko orolda joylashgan. Ikdimi ekvatorial iqlim, yillik oʻrtacha temperatura 25,4°; yiliga 200 mm chamasida yogʻin yogʻadi. Aholisi 40 ming kishidan ziyod. Shaharga XIX asrning 20-yillarida inglizlar tomonidan asos solingan. 1843-yilgacha Port-Klarens, oʻsha yildan Santa-Isabel deb atalgan. 1968-yilgacha Ispaniya mustamlakasi Gvineyaningmaʼmuriy markazi boʻlgan, 1968-yil 12-oktabrdan mustaqil Ekvatorial Gvineya Respublikasi poytaxti. 1973-yildan mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolon boshchisi, qabila boshligʻi nomi bilan Malabo deb atala boshladi.

Malabo — Gvineya qoʻltigʻidagi port (kakao, kofe, mevalar eksport qilinadi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Taxta tilish va yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Palma moyi va sovun ishlab chiqariladi. Kutubxonalar, muzeylar bor. Malaboda hukumat idoralari, prezident saroyi joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.

Manbalar


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Read next

In 144 languages

uzAfrikaansአማርኛaragonésالعربيةمصرىasturianuKotavaazərbaycancaBasa BaliBikol Centralбеларуская (тарашкевіца)беларускаябългарскиবাংলাབོད་ཡིགbrezhonegbosanskicatalà閩東語 / Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄нохчийнCebuanoکوردیčeštinaCymraegdanskDeutschDagaareΕλληνικάEnglishEsperantoespañoleestieuskaraestremeñuفارسیsuomifrançaisNordfriiskFryskGaeilgeGàidhliggalegoAvañe'ẽHausa客家語 / Hak-kâ-ngîעבריתहिन्दीFiji HindihrvatskihornjoserbsceKreyòl ayisyenmagyarհայերենinterlinguaBahasa IndonesiaInterlingueIdoíslenskaitaliano日本語JawaქართულიTaqbaylitKabɩyɛKongoқазақша한국어kurdîkernowekкыргызчаLatinaLëtzebuergeschLingua Franca NovaLigurelombardlingálalietuviųlatviešuмокшеньMalagasyMāoriMinangkabauмакедонскиമലയാളംमराठीкырык марыBahasa Melayuမြန်မာဘာသာمازِرونیNederlandsnorsk nynorsknorskoccitanlivvinkarjalaиронਪੰਜਾਬੀPapiamentupolskiPiemontèisپنجابیپښتوportuguêsRuna SimiromânăрусскийIkinyarwandasarduScotsسنڌيsrpskohrvatski / српскохрватскиSimple EnglishslovenčinaslovenščinaanarâškielâchiShonaSoomaaligashqipсрпски / srpskisvenskaKiswahiliślůnskiதமிழ்тоҷикӣไทยTagalogTürkçeтатарча / tatarçaудмуртукраїнськаاردوvènetovepsän kel’Tiếng ViệtWinarayWolof吴语მარგალურიYorùbá文言閩南語 / Bân-lâm-gí粵語中文isiZulu

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article