factograf
UZ

Lome

Lome

Key facts

aholisi2 188 376
hudud90 000 000m²
bu konsepsiyaning alohida holatishahar
davlatTogo
dengiz sathidan balandligi10m
joylashgan maʼmuriy birligiGolfe Prefecture

Lome — Togo poytaxti, mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Gvineya qoʻltigʻi sohilidagi port. Iqlimi ekvatorial iqlim, eng issiq oylar (mart—aprel)ning oʻrtacha temperaturasi 31°, eng salqin oy (iyul — avgust) niki 23°. Yiliga urtacha 755 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 500 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari).

Shahar XIX asr oxirlarida XVIII asrning 20-yillaridan mavjud boʻlgan qishloq oʻrnida bunyod etilgan. 1877-yildan Germaniya protektorati Togoning markazi boʻlgan. Birinchi jahon urushidan keyin (1914—18 yillarda) Fransiya mandatligidagi hududning, 1939—45 yillarda Fransiya vasiyligidagi Togoning maʼmuriy markazi. 1960-yil 27-apreldan mustaqil Togo Respublikasining poytaxti.

Lome — transport yoʻllarining muhim tuguni, aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Neftni qayta ishlash, metallurgiya, sement, marmar zavodlari, paxta tozalash, toʻqimachilik, oziq-ovqat, poyabzal korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Port orqali chetga fosforit, marmar, qahva, kakao, paxta va palma mahsulotlari chiqariladi. Lomeda Milliy majlis, Prezident saroyi, mehmonxona va boshqa maʼmuriy hamda jamoat binolari qurilgan. Ilmiy tadqiqotlar instituti, universitet, milliy muzey, kutubxona, oʻquv muassasalari bor. Turizm rivojlangan.

Manbalar


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Read next

In 147 languages

uzAfrikaansአማርኛaragonésالعربيةمصرىasturianuKotavaazərbaycancaتۆرکجهбашҡортсаBasa Baliбеларуская (тарашкевіца)беларускаябългарскиbamanankanবাংলাབོད་ཡིགbrezhonegbosanskicatalà閩東語 / Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄нохчийнCebuanoکوردیčeštinaCymraegdanskDeutschZazakiΕλληνικάEnglishEsperantoespañoleestieuskaraestremeñuفارسیFulfuldesuomifrançaisNordfriiskFryskGaeilgeGàidhliggalegoHausa客家語 / Hak-kâ-ngîעבריתहिन्दीFiji HindihrvatskiKreyòl ayisyenmagyarհայերենinterlinguaBahasa IndonesiaInterlingueIdoíslenskaitaliano日本語JawaქართულიTaqbaylitKabɩyɛTyapKongoKumoringқазақша한국어kurdîкыргызчаLatinaLëtzebuergeschLingua Franca NovaLigurelombardlietuviųlatviešuмокшеньMalagasyMinangkabauмакедонскиമലയാളംмонголमराठीкырык марыBahasa MelayuمازِرونیPlattdüütschNederlandsnorsk nynorsknorskChi-ChewaoccitanlivvinkarjalaиронਪੰਜਾਬੀPapiamentupolskiPiemontèisپنجابیپښتوportuguêsRuna SimiromânăarmãneashtiрусскийᱥᱟᱱᱛᱟᱲᱤsardusicilianuScotsسنڌيsrpskohrvatski / српскохрватскиSimple EnglishslovenčinaslovenščinaanarâškielâchiShonaSoomaaligashqipсрпски / srpskiSeeltersksvenskaKiswahiliślůnskiதமிழ்тоҷикӣไทยTagalogTürkçeудмуртئۇيغۇرچە / Uyghurcheукраїнськаاردوvènetovepsän kel’Tiếng ViệtWinaray吴语მარგალურიייִדישYorùbá閩南語 / Bân-lâm-gí粵語中文

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article