factograf
UZ

Andhra Pradesh

Andhra Pradesh

Key facts

aholisi53 586 000
hudud162 970km²
davlatHindiston
poytaxtAmaravati
tashkil etilgan1-noyabr, 1956
joylashgan maʼmuriy birligiHindiston

Andhra-pradesh — Hindiston shtati. Hindiston yarim orol sharqida, Bengaliya qoʻltigʻi sohilida, 1956-yil telugu (andhra) xalqi yashaydigan viloyatlardan tashkil qilingan. Maydoni 277 ming km². Aholisi 66,4 mln. kishi (1991). Aholisining asosiy qismi hinduizm dinida; musul-monlar 10% chamasida. Maʼmuriy markazi va eng yirik shahri — Haydarobod. Mamlakatning muhim dehqonchilik rayoni. Asosan Dekan yassi togʻligida joylash-gan. Sohil qismi pasttekislik. Shimolida Gat togʻlari tarmoqlari bor (bal. 1680 m). Iqlimi tropik mussonli. Yogʻin asosan yozda yogʻadi. Aholining 70%dan koʻprogʻi dehqonchilik bilan mashgʻul. Yerlar mayda dehqonlar qoʻlida. 10-11 millionga yer (shtat maydonining 40% chasi) ishga solingan. Shundan 1/4 qismi sugʻoriladi. Asosiy oziq-ovqat ekini — sholi. Shtat tamaki, kanakunjut yetishtirishda yetakchi oʻrinda. Shuningdek shakarqamish, yer yongʻoq, paxta va boshqa ekiladi. Chorvachilik yordamchi ahamiyatga ega (qoramol, asosan ot-ulov oʻrnida ishlatiladi). Shtatning yer osti boyliklari anchagina boʻlsa ham, koʻp qismi ishga solinmagan. Vishakhapatnam shahri yaqinida marganes, Nelluru viloyati yaqinida slyuda, Singareni shahri yonida koʻmir qazib chiqariladi. Grafit konlari mavjud. Vishakhapatnamda kemasozlik korxonasi va neft zavodi, oziq-ovqat va toʻqimachilik korxonalari, qogʻoz fabrikasi, sement zavodlari bor. Kimyo-farmatsevtika preparatlari ishlab chiqariladi. Oʻrmon boyliklaridan foydalaniladi. Hunarmandchilik rivojlangan. Andhra-pradesha temir yoʻl transporta yaxshi rivojlangan. Asosiy dengiz portlari — Vishakhapatnam (mamlakatning asosiy portlaridan biri), Kakinada, Machilipatnamdir.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Read next

In 135 languages

uzAcèhAfrikaansአማርኛaragonésअंगिकाالعربيةمصرىঅসমীয়াasturianuazərbaycancaتۆرکجهBasa Baliбеларуская (тарашкевіца)беларускаябългарскиभोजपुरीবাংলাབོད་ཡིགবিষ্ণুপ্রিয়া মণিপুরীbrezhonegbosanskicatalà閩東語 / Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄нохчийнCebuanoکوردیčeštinaCymraegdanskDeutschdolnoserbskiडोटेलीދިވެހިބަސްΕλληνικάEnglishEsperantoespañoleestieuskaraفارسیsuomifrançaisNordfriiskFryskGaeilgegalegoगोंयची कोंकणी / Gõychi KonknniગુજરાતીHausa客家語 / Hak-kâ-ngîעבריתहिन्दीFiji HindihrvatskihornjoserbscemagyarհայերենBahasa Indonesiaíslenskaitaliano日本語ქართულიKumoringқазақшаಕನ್ನಡ한국어کٲشُرkurdîLatinaLadinlietuviųlatviešuमगहीमैथिलीMalagasyмакедонскиമലയാളംмонголꯃꯤꯇꯩ ꯂꯣꯟमराठीBahasa Melayuမြန်မာဘာသာمازِرونیनेपालीनेपाल भाषाNederlandsnorsk nynorsknorskoccitanଓଡ଼ିଆиронਪੰਜਾਬੀKapampanganpolskiپنجابیپښتوportuguêsRuna Simiromânăрусскийसंस्कृतम्ᱥᱟᱱᱛᱟᱲᱤScotsسنڌيsrpskohrvatski / српскохрватскиසිංහලSimple Englishslovenčinaslovenščinashqipсрпски / srpskisvenskaKiswahiliதமிழ்ತುಳುతెలుగుтоҷикӣไทยTagalogtoki ponaTürkçeтатарча / tatarçaукраїнськаاردوvènetoTiếng ViệtWinaray吴语მარგალურიייִדישYorùbá閩南語 / Bân-lâm-gí粵語中文

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article