factograf
UZ
Sign in

Rossiyadagi shahar

Volgograd

Volgograd

Key facts

aholisi1 012 219
hudud859km²
bu konsepsiyaning alohida holatiKatta shahar
davlatRossiya
tashkil etilgan1589
dengiz sathidan balandligi80m
All data from the card 2
Mamlakat
Rossiya
Oblast
Volgograd viloyati

Volgograd (1925 yilgacha Saritsin, 1961-yilga qadar Stalingrad) — Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Volgograd viloyatining markazi. Volga daryosining oʻng sohilida. Yirik daryo porti, aeroport bor. Temir yoʻl tuguni. Kema qatnaydigan Volga-Don kanalining boshlangʻich punkti. Aholisi 1005 ming kishi (1999). Shaharga 1589-yilda asos solingan. XVIII asr oxiriga qadar harbiy istehkom boʻlgan. 1942-yil iyulidan 1943-yil fevralgacha Volgogradda nemis qoʻshinlari bilan shiddatli janglar boʻlgan. Volgograd Rossiya Federatsiyasining yirik sanoat markazlaridan biri. Sanoatning yetakchi tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik (traktorsozlik, kemasozlik, neft mashinasozligi, motorsozlik va boshqalar), metallurgiya (alyuminiy, quvur, poʻlat sim-kanat zavodlari). Yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, elektr energetika ham rivojlangan. Konserva, margarin, sut, pivo zavodlari, konditer fabikasi, goʻsht kombinatlari, temir-beton, uysozlik zavodlari, yengil sanoat korxonalari (koʻn zavodi, tikuvchilik fabikalari va boshqalar) bor. Volgogradda 7ta oliy oʻquv yurti (shu jumladan 3ta universitet), 5ta teatr, muzeylar (Mamay qoʻrgʻonidagi yodgorlik ansambli, oʻlkashunoslik muzeyi, tasviriy sanʼat muzeyi va boshqalar), mavjud.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Read next

In 140 languages

uzAfrikaansалтай тилአማርኛالعربيةمصرىasturianuazərbaycancaتۆرکجهбашҡортсаBasa Baliбеларуская (тарашкевіца)беларускаябългарскиবাংলাbrezhonegbosanskiбуряадcatalàнохчийнCebuanoکوردیqırımtatarcačeštinaсловѣньскъ / ⰔⰎⰑⰂⰡⰐⰠⰔⰍⰟчӑвашлаCymraegdanskDeutschZazakiΕλληνικάEnglishEsperantoespañoleestieuskaraفارسیsuomifrançaisNordfriiskFryskGaeilgegalegoAvañe'ẽHausa客家語 / Hak-kâ-ngîעבריתहिन्दीhrvatskihornjoserbsceKreyòl ayisyenmagyarհայերենinterlinguaBahasa IndonesiaInterlingueгӀалгӀайIdoíslenskamedžuslovjanskyitaliano日本語JawaქართულიQaraqalpaqshaқазақша한국어комикыргызчаLatinaLëtzebuergeschLimburgsLadinlombardລາວlietuviųlatviešuMalagasyолык мариймакедонскиമലയാളംмонголमराठीBahasa MelayuMaltiမြန်မာဘာသာэрзяньNapulitanoNederlandsnorsk nynorsknorskoccitanиронਪੰਜਾਬੀpolskiPiemontèisپنجابیپښتوportuguêsRuna Simiromânăрусскийсаха тылаsicilianuScotssrpskohrvatski / српскохрватскиසිංහලSimple Englishslovenčinaslovenščinaanarâškielâshqipсрпски / srpskisvenskaKiswahiliślůnskiதமிழ்тоҷикӣไทยTagalogtolışitoki ponaTürkçeтатарча / tatarçachiTumbukaTwiудмуртукраїнськаاردوvepsän kel’Tiếng ViệtVolapükWinarayWolof吴语მარგალური文言閩南語 / Bân-lâm-gí粵語中文

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article