factograf
UZ
Sign in

Ventyan

Ventyan

Key facts

aholisi948 487
hudud3 920km²
bu konsepsiyaning alohida holatiKatta shahar
davlatLaos
tashkil etilgan1560
dengiz sathidan balandligi174m
All data from the card 8
Davlat
Laos
Prefekturasi
Vyantyan prefekturasi
• Mayor
Athsphangthong Siphandone
• Umumiy
3 920 km2 (1 514 sq mi)
Balandligi
174 m (571 ft)
• Umumiy
840 940
• Zichligi
210 000/km2 (560 000/sq mi)
• Yoz (DST)
UTC+7 (ICT)

Ventyan – Laos poytaxti, Mekong daryosining chap sohilidagi port. Alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Aholisi 531,8 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Ventyanga XIII asrda asos solingan. XVI-XVII asr boshlarida Lansang davlatining poytaxti, 1899-yildan Fransiya Laosi maʼmuriy markazi, 1946—75-yillarda Laos qirolligining poytaxti boʻlgan. 1975-yil dekabrdan Laos Xalq Demokratik Respublikasi poytaxti. Ventyanda davlatning asosiy oliy organlari joylashgan. Mamlakatning muhim savdo markazi. Avtomobil yoʻllari va Mekong daryosi orqali qoʻshni mamlakatlar bilan bogʻ-langan. Aeroport bor. Mamlakatning deyarli barcha import va eksporti Ventyan orqali oʻtadi. Sanoati sholi oqlovchi, koʻn, ip gazlama va shoyi, kimxob, mebel ishlab chiqaruvchi mayda korxonalardan iborat. Universitet, institutlar, Milliy kutubxona, muzeylar bor. Meʼmoriy yodgorliklari: Fra-Keo (1565), Sisaket (1820) ibodatxonalari, qirol saroyi va boshqalar.

Etimologiya

Shahar nomi pali tilidan (Theravada buddizmi tili) „sandal daraxti shahri“ degan maʼnoni anglatadi. Bu nomning etimologiyasini aks ettiruvchi qadimgi yozuvlar laos tilida yozilgan manbalar bilan tasdiqlangan. Zamonaviy Lao tilida shahar nomi uning talaffuziga qarab yoziladi, bu esa noaniq talqinlarni keltirib chiqaradi. Laosliklar Ventyanni „oy shahri“ deb tarjima qilinishini daʼvo qilishadi (sanskrit tilidan चन्द्र - chandra).

Tarixi

Ventyan
Ventyan

Laosning tarixiy manbalariga koʻra Ventyan shahzodasi Thattaradtha tomonidan Ventyan shahriga asos solingan. Thattaradtha dastlab Mekongning gʻarbiy qirgʻogʻida Maha Thani Si Phan Phao nomli shaharga asos solgan. Bugungi kunda Tailandning Udon Tani shahri joylashgan yer.

1354-yilda Fa Ngum Lan Xan qirolligiga asos solgan va Ventyan muhim maʼmuriy markazga aylantirilgan. 1563-yilda qirol Settatirat Birma bosqinining tahdidi ostida poytaxt koʻchirgan. 1707-yilda Lan Xan qiroligi qulagandan soʻng, Vyentyan mustaqil Vyentyan qirolligining poytaxtiga aylandi.

1827-yilda qirol Anouvongning qoʻzgʻolonidan soʻng, Ventyan yoqib yuborilgan va Siam armiyasi tomonidan talon-taroj qilingan. XIX asrning oxirida fransuzlar kelganida, shahar butunlay boʻsh va oʻrmon bilan qoplangan edi. Fransiya hukmronligi Vyentyan ustudan 1893-yilda oʻrnatilgan. 1899-yilda Vyentyan Fransiyaning Laos protektoratining poytaxtiga aylandi. Fransuzlar shaharlarni va buddist ibodatxonalarini tiklaganlar va koʻplab mustamlaka binolarini qoldirganlar.

Ikkinchi jahon urushi paytida, qisqa muddatli qarshiliklardan soʻng, shahar Sako Masanori qoʻmondonligi ostida Yaponiya armiyasi tomonidan bosib olingan. U 1945-yil 24-aprelda shahar fransuz armiyasi tomonidan ozod qilingan. 1949-yildan beri Ventyan mustaqil Laos Qirolligining poytaxti hisoblanadi.

Laosdagi fuqarolar urushi (1960-1973) paytida Ventyan asosiy urush nuqtasi boʻlgan. 1975-yil 2-dekabrda Patet Lao kommunistik harakati Ventyan ustidan nazoratni oʻz qoʻliga olgan. Shu kuni Laos Xalq Demokratik Respublikasi tuzilganligini eʼlon qildi va Laosdagi fuqarolar urushi tugatildi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Read next

In 156 languages

uzAcèhAfrikaansአማርኛaragonésالعربيةمصرىঅসমীয়াasturianuazərbaycancaбашҡортсаBasa BaliBikol Centralбеларуская (тарашкевіца)беларускаяBetawiбългарскиBanjarပအိုဝ်ႏဘာႏသာႏবাংলাབོད་ཡིགbrezhonegbosanskiбуряадcatalà閩東語 / Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄нохчийнCebuanoکوردیčeštinaчӑвашлаCymraegdanskDeutschΕλληνικάEnglishEsperantoespañoleestieuskaraفارسیsuomiNa Vosa VakavitifrançaisarpetanNordfriiskFryskGaeilgeGàidhliggalegoAvañe'ẽHausa客家語 / Hak-kâ-ngîעבריתहिन्दीFiji HindihrvatskihornjoserbsceKreyòl ayisyenmagyarհայերենJaku IbanBahasa IndonesiaInterlingueIlokanoIdoíslenskaitaliano日本語ქართულიQaraqalpaqshaKumoringқазақшаភាសាខ្មែរಕನ್ನಡ한국어кыргызчаLatinaLëtzebuergeschLigurelombardlingálaລາວlietuviųlatviešuमगहीमैथिलीмокшеньMalagasyMinangkabauмакедонскиമലയാളംмонголमराठीBahasa MelayuMaltiMirandésမြန်မာဘာသာمازِرونیनेपालीNederlandsnorsk nynorsknorskNovialDiné bizaadChi-ChewaoccitanlivvinkarjalaиронਪੰਜਾਬੀPapiamentupolskiPiemontèisپنجابیپښتوportuguêsromânăрусскийᱥᱟᱱᱛᱟᱲᱤsardusicilianuScotsسنڌيsrpskohrvatski / српскохрватскиSimple EnglishslovenčinaslovenščinaanarâškielâchiShonashqipсрпски / srpskisvenskaKiswahiliślůnskiSakizayaதமிழ்тоҷикӣไทยTagalogtolışiTürkçeудмуртئۇيغۇرچە / Uyghurcheукраїнськаاردوvepsän kel’Tiếng ViệtVolapükWinaray吴语მარგალურიYorùbáVahcuengh閩南語 / Bân-lâm-gí粵語中文

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article