Shinya Aoki (Yaponcha: 青木 真也, oʻqilishi: Aoki Shinʼya) – mashhur yapon aralash jang sanʼati (MMA) jangchisi va Braziliyacha jiu-jitsu boʻyicha qora belbogʻ sohibi. Ayni vaqtda ONE Championshipda janglar oʻtkazib keladi. Aoki MMA janglarida oʻzining noyob uslubi va texnikasi bilan tanilgan. Shuningdek, koʻplab xalqaro turnirlarda ishtirok etgan va koʻplab chempionlik unvonlarini qoʻlga kiritgan.
Shaxsiy hayoti
Shinya Aoki Yaponiyaning Shizuoka shahrida tugʻilgan va yoshligidan sportga qiziqib kelgan. U dastlab Dzudo bilan shugʻullangan va birinchidan qora belbogʻ egasiga aylangan. Dzudodan orttirgan tajribasi va yutuqlari uni aralash jang sanʼati olamiga kirib kelishiga poydevor vazifasini bajargan. Aoki keyinchalik Braziliyaliyacha jiu-jitsu bilan shugʻullanishni boshlagan va uzoq yillar davomida Yaponiyaning mashhur jiu-jitsu ustalaridan biri boʻlgan Yuki Nakai qoʻl ostida taʼlim olgan. Ilk karyerasini politsiya ofitserligidan boshlagan Aoki, keyinchalik faoliyatini MMAda davom ettirgan.
MMA
Aoki oʻzining professional MMA karerasini 2003-yilda boshlagan. U tez orada oʻzining yuqori darajadagi grappling va submission texnikalari bilan tanilgan. Aoki koʻplab yirik MMA tashkilotlarida, jumladan DREAM, PRIDE Fighting Championships, Shooto va ONE Championshipda jang qilgan.
- DREAM: Yengil vazn toifasida chempion
- Shooto: Orta vazn toifasida chempion
- ONE Championship: Yengil vazn toifasida chempion
ONE Championship

DREAM va Shooto promouterligi tashkilotlarida muvaffaqiyatli janglaridan keyin Shinya Aoki 2012-yilda ONE Championship bilan shartnoma imzolaydi.
Aoki 2013-yilda ONEning yengil vazn toifasidagi chempionlikni qoʻlga kiritgan va bir necha marta oʻz kamarini himoya qilgan. Chempionlik vaqtida Aokining eng esda qolarli janglaridan biri 2015-yil 5-noyabrda oʻtkazilgan „ONE Championship: Pride of Lions“ kechasida Koji Andoga qarshi boʻlgan. Ushbu jangda Aoki besh raund davomida oʻz ustunligini koʻrsatib, yakunda bir ovozdan hakamlar qarori bilan gʻalaba qozongan.
