factograf
UZ
Sign in

Islomda Muso

Islomda Muso

Key facts

tugʻilgan sanasi1500 BC
vafot sanasi1272 BC
bu konsepsiyaning alohida holatiQurʼonda nomi kelgan Paygʻambarlar
tugʻilgan joyiMisr
lavozimiQurʼonda nomi kelgan Paygʻambarlar

Muso — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri. Qadimgi yahudiy manbalarida Moshe, xristian manbalarida Moisey nomi bilan maʼlum. Yahudiylikka eʼtiqod qiluvchilar Musoni iudaizm asoschisi deb hisoblaydilar. Qurʼonning bir necha suralarida Musoning nomi qayd etilgan. Baʼzi rivoyatlarda Muso „Bani Isroil“ qabilasida tugʻilishi, Misr podshohi (firʼavn)ning taxtdan ketishiga sababchi boʻlishi, taqdir taqozosi bilan Misrdan qochib ketishi va arab qiziga uylanganligi aytiladi. Xudo Bani Isroilni Isroil qabilasini Firʼavn zulmidan ozod qilib, Misrdan olib chiqib ketishga daʼvat qiladi. Unga Sino togʻida „10 vasiyat“ tosh lavhasini taqdim etadi. Muso qoʻlidagi tayoqning ilonga aylanishi, choʻntagidan qoʻlini chiqarganda oyna kabi yaltirab koʻzlarni qamashtirishi kabi moʻjizalarga ega boʻlgan. Unga Tavrot nozil etilgan. Musoni yahudiylar, musulmonlar, xristianlar paygʻambar deb hisoblaydilar.

Havolalar

Vikiomborda „Moses (Biblical figure)“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.



Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Read next

In 41 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article