factograf
UZ
Sign in

Horun

Horun

Horun (arabcha: هارون‎‎) — Qurʼonda zikri kelgan paygʻambarlardan biri. Musoning akasi. Alloh Musoni paygʻambar etib, unga Firʼavnni hidoyatga daʼvat qilish masʼuliyatini yuklaydi. Firʼavnga roʻbaroʻ boʻlib uni imonga, toʻgʻri yoʻlga daʼvat etish kishidan shijoat va kuchli iroda talab qilar edi. Muso biroz tezroq va duduqlanib gapirar edi. Shu bois, Muso Allohdan bu masʼuliyatli va ogʻir vazifani ado etishda oʻziga akasi Horunni yordamchi qilib berishni soʻraydi. Qurʼonda yozilishicha, nihoyatda fasohatli va taʼsirli soʻzlash qobiliyatiga ega boʻlgan Horun Musoga yordamchi qilib beriladi (Toha surasi, 25—36-oyatlar). Aka-uka Firʼavnni hidoyat yoʻliga daʼvat etadilar. Ammo Firʼavn Allohning birligi va borligini eʼtirof qilmay, zalolatdan qaytmaydi. Oʻzini xudo deb bilgan Firʼavnni Alloh suvga gʻarq etib, halok qiladi.

Havolalar


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Read next

In 31 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article