Gboard – Android va iOS qurilmalari uchun Google tomonidan ishlab chiqilgan virtual klaviatura ilovasi. Ilk bora iOS-da 2016-yilning may oyida chiqarilgan, keyin esa oʻsha yilning dekabrida Android uchun allaqachon yaratilgan Google Keyboard ilovasining asosiy yangilanishi sifatida taqdim etilgan.
Gboard’da Google Qidiruv, jumladan, veb-natijalar (2020-yil aprelidan oʻchirilgan) va oldindan taklif qilinuvchi soʻzlar, GIF va emoji kontentini oson qidirish va almashish, kontekstga qarab keyingi soʻzni taklif qiluvchi mashina oʻrganuvi va koʻp tilli tilni qoʻllab-quvvatlash mavjud. Klaviaturadagi yangilanishlar qoʻshimcha funksiyalarni, jumladan, GIF takliflari, tungi mavzu yoki klaviatura foni sifatida shaxsiy tasvirni qoʻshish, ovozli diktantni qoʻllab-quvvatlash, keyingi soʻzni oldingan taklif qilish va qoʻlda chizilgan emojilarni aniqlashni faollashtirdi. IOS-da ishga tushirilganda klaviatura faqat ingliz tilini qoʻllab-quvvatlagan, keyingi oylarda koʻproq tillar asta-sekin qoʻshilgan boʻlsa, Android uchun klaviatura chiqarilish vaqtidagacha (2016-yil dekabr) 100 dan ortiq tillarni qoʻllab-quvvatlagan.
2018-yil avgust oyiga koʻra, Google Play doʻkonidan Gboard 1 milliard yuklab olingan. Bu esa ilovani eng mashhur Android ilovalaridan biriga aylantirdi. Bu Google Play doʻkoni tomonidan oʻlchanadi va foydalanuvchilar tomonidan yuklab olingan, shuningdek, ilovaning oldindan oʻrnatilgan nusxalarini oʻz ichiga oladi.
Xususiyatlari
Gboard bu – virtual klaviatura ilovasi. Unda Google Qidiruvi, jumladan, veb-natijalar (ilovaning Android versiyasi uchun olib tashlangan) va oldindan taklif qilinuvchi javoblar, GIF va emoji kontentini oson qidirish va almashish hamda kontekstga qarab keyingi soʻzni taklif qiluvchi funksiyasi mavjud. 2016-yilning may oyida iOS’da ishga tushirilganda Gboard faqat ingliz tilini, Android platformasida ishga tushirilganicha „100 dan ortiq tillarni“ qoʻllab-quvvatlagan. 2019-yil oktabr holatiga koʻra, 916 ta til qoʻllab-quvvatlanadi.
Gboard’da suzuvchi klaviatura va Gboard’ning oʻzida Google Tarjimon mavjud. Gboard 2016-yil may oyida yangilanganidan soʻng Android’da bir qoʻl rejimini qoʻllab-quvvatlashni boshlagan. Ushbu funksiya ilovaga Google klaviaturasi nomini olganida qoʻshilgan. Gboard QWERTY, QWERTZ, AZERTY, Dvorak va Colemak kabi turli xil klaviatura tartiblarini qoʻllab-quvvatlaydi.
2016-yil avgust oyida chiqarilgan iOS ilovasi uchun yangilanishda fransuz, nemis, italyan, portugal va ispan tillari, shuningdek, „aqlli GIF takliflari“ boʻlimi qoʻshildi. Bunda klaviatura yozilgan matnga tegishli GIF-larni taklif qiladi. Klaviatura shuningdek, tungi mavzu uchun yangi imkoniyatlarni taklif qiladi. 2018-yil mart oyidagi yana bir yangi yangilanish xorvat, chex, daniya, golland, fin, yunon, polyak, rumin, baluchi, shved, katalan, venger, malay, rus, lotin amerika ispanchasi va turk tillari hamda ovozli diktantni qoʻllab-quvvatlash, foydalanuvchilarga „boʻsh joydagi mikrofon tugmasini uzoq bosib turish va gaplashish“ imkonini beradi. 2017-yil aprel oyida Google Gboard’da qoʻllab-quvvatlanadigan hind tillari sonini sezilarli darajada oshirdi va 11 ta yangi til qoʻshdi va qoʻllab-quvvatlanadigan hind tillarining umumiy sonini 22 taga yetkazdi.
2017-yil iyun oyidagi yangilanishda Android ilovasi qoʻlda chizilgan kulgichlarni tanib olish va bitta soʻzni emas, balki butun iboralarni oldingan taxmin qilish imkoniyatini taqdim qildi. Bu funksiya iOS ilovasiga keyinroq kelishi kutilmoqda. Oflayn ovozni aniqlash funksiyasi 2019-yil mart oyida qoʻshilgan.
2020-yil 12-fevralda „Emoji oshxonasi“ yangi funksiyasi taqdim etildi, bu foydalanuvchilarga turli kulgichlar yaratish va xabar almashishda stiker sifatida foydalanish imkonini berdi. Grammatikani tuzatish 2021-yil oktyabr oyida birinchi boʻlib Pixel 6 seriyasida joriy qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinishi
2016-yilda The Wall Street jurnali klaviaturani, xususan, integratsiyalashgan Google qidiruv funksiyasini yuqori baholadi. Shu bilan birga, ilova hozirda qurilmadagi boshqa ilovalar bilan integratsiyani qoʻllab-quvvatlamasligi taʼkidlandi, yaʼni „Kapitan Amerika kino chiptalarini sotib oling“ kabi soʻrovlar foydalanuvchilarni telefoniga oʻrnatilgan kino chiptalari uchun ilova emas, balki veb-brauzerga yuboradi. The Wall Street jurnali, shuningdek, taxminiy matn terish mexanizmini maqtab, u „koʻpchilik raqobatchilarni ortda qoldirmoqda“ va „foydalanish bilan aqlliroq boʻladi“ deb taʼkidlagan. Shuningdek, ular Gboard „soʻzlarni terayotganingizda aqlli tarzda kulgichlarni taklif qilishini“ kashf qilishgan.
