factograf
UZ
Sign in

Google Fit

Google Fit

Key facts

tashkil etilgan28-oktabr, 2014
nashr etilgan sanasi2014
bu konsepsiyaning alohida holatidasturiy ta'minot
All data from the card 6
Yaratgan dasturchisi (firmasi)
Google
Dastlabki foydalanishga chiqarilishi
28-oktyabr, 2014-yil
Platforma
Android, Wear OS, iOS
Turi
Fitnes va salomatlik dasturlari
Litseziyasi
Google Play xususiy litsenziyasi
Veb sayt
google.com/fit

Google Fit ― Google tomonidan Android operatsion tizimi, Wear OS va iOS uchun ishlab chiqilgan fitnes platformadir. Google Fit foydalanuvchi qurilmasidagi sensorlardan foydalangan holda turli jismoniy faoliyat (masalan, yurish, yugurish, velosipedda sayr qilish va hokazo) larni yozib boradi.

Tarixi

Google Fit platformasi ilk marotaba 2014-yil 25-iyun kuni Google I/O konferensiyasida namoyish qilindi. Google Fit uchun maxsus dasturiy taʼminot toʻplami 2014-yil 7-avgustda chiqarildi. Google Fit 2014-yil 28-oktabrda ommaga taqdim etilgan.

2018-yil avgust oyida Google American Heart Association va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koʻrsatmalari asosida Android Fit platformasi yangilashini eʻlon qildi. Bunda Android Fit foydalanuvchi jismoniy faolligiga oid maʻlumotlarni qayd etib boradi, shuningdek, kunlik fitnes reja va maqsadlarni belgilaydi. Yangilanishlar Fit ilovasiga jismoniy mashgʻulotlarni yaxshiroq nazorat qilish imkoniyatini beradi va foydalanuvchilarni shu kabi yurak urish tezligini oshiradigan mashgʻulotlar bilan shugʻullanishga undaydi.

2019-yil aprel oyida Google iOS uchun ham Google Fit ilovasini ishlab chiqdi. iOS uchun Google Fit ilovasi Apple Health, Nike Run Club, Headspace yoki foydalanuvchi qurilmasiga bogʻlangan Apple Watch va Wear OS tizimlaridan foydalanadi. 2019-yil avgust oyida Google ilovaga tungi mavzu, uyqu statistikasi va mashqlar qoʻllanmasi kabi yangi funksiyalar qoʻshdi.  

2020-yil aprel oyida Google Google Fit dizaynini qayta ishlab chiqdi. 2020-yil noyabr oyida Google Fitga iOS 14 vidjetini qoʻshdi.  2021-yil fevral oyida Google Pixel 5 telefonlari uchun eksklyuziv funksiya chiqarildi. Google Fit ilovasida Pixel 5 kameralari yordamida yurak urish tezligi va nafas olish ritmini oʻlchash imkoniyati yaratildi.

Imkoniyatlari

Google Fit dasturchilar uchun Android va boshqa qurilmalardagi fitnes ilovalari, sensorlardagi maʼlumotlarni saqlash va foydalanish uchun yagona API toʻplamini ishlab chiqdi. Foydalanuvchilar oʻzlarining fitnes maʼlumotlari kim bilan ulashishini tanlashi, shuningdek, istalgan vaqtda bu maʼlumotlarni oʻchirib tashlashi mumkin.

Havolalar

  • Google Fit veb-sayti
  • Google Fit SDK sahifasi

Read next

In 26 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article