factograf
UZ

Baffin yeri

Baffin yeri

Key facts

aholisi13 148
hudud507 451km²
bu konsepsiyaning alohida holatiOrol
davlatKanada
dengiz sathidan balandligi2 147m
qitʼaShimoliy Amerika
All data from the card 6
Maydoni
507 451 km2
Dengiz sathidan balandligi
2147 m.
Eng baland nuqtasi
Mount Odin
Davlat
Kanada
Mintaqa
Nunavut
Aholisi
13 148

Baffin yeri — Kanada Arktika arxipelagidagi eng yirik orol. Maydoni 476 ming km². Orolda qariyb 3,4 ming kishi yashaydi. Baffin yeri arxey va proterozoy burmalaridan tuzilgan. Shimoliy Amerika qalqonida joylashgan. Sharqiy qirgʻoqlari baland (2591 m gacha); gʻarbiy qirgʻoqlari past. Orolning koʻp qismi yassitogʻ va ayrim togʻlardan iborat. Gʻarbida botqoqlik va koʻl koʻp. Iqlimi sovuq va nam. Qor koʻp yogʻadi. Togʻlarda muzliklar bor. Arktika va togʻ tundralaridan iborat. Oʻsimliklari — yoʻsin, lishaynik, tundra butalari. Hayvonlari — lemming, qutb tulkisi, Arktika quyoni. Asosiy aholi punkti — Ikaluit (avvalgi Frobisher-Bey).

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Read next

In 92 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article