factograf
UZ

Ayiqlar

Ayiqlar

Key facts

bu konsepsiyaning alohida holatitakson
xalqaro ilmiy nomiUrsidae
taksonomik turioila

Ayiqlar (Ursidae) — yirtqichlar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. Eng yirik yirtqichlar, boshi katta, boʻyni qisqa va yoʻgʻon bo'ladi. Panjalari kuchli rivojlangan, tovonida yuradi. Dumi kalta, qalin juni orasida deyarli sezilmaydi. Koʻpchilik ayiqlar oʻsimlikxoʻr yoki aralash oziqlanadi. Ayiqlar odamga tegmaydi. Faqat oziq tanqis boʻlganida, keksa va yarador ayiqlar odam uchun xavfli hisoblanadi. Oq ayiq esa haqiqiy yirtqich boʻlib, odam uchun xavfli. Ayiqlarning 4 uruqqa mansub 7 turi mavjud. Qoʻngʻir ayiq (Ursus arctos) Yevropa, Osiyo, Shimoliy Afrika va Amerikaning oʻrmonli oʻlkalarida tarqalgan. Tanasining uzinligi 2,5 m, ogʻirligi baʼzan 750 kg ga yetadi. Oʻzbekistonning togʻ oʻrmonlarida oqtirnoqli qoʻngʻir ayiq uchraydi. Qoʻngʻir ayiq oktyabr noyabrdan mart-aprelgacha daraxtlar kovagi, toshlarning ostidagi kovaklarda, tabiiy chuqur joylar yoki oʻzi qazigan iniga tushib qishki uyquga ketadi. Urgʻochilari uyada 2-3 ta, baʼzan 1 yoki 4 ta nimjon bola tugʻadi. Qora va Himolay ayiqlarining tanasi birmuncha kichik va xipcharoq, quloqlari yirik, juni qora, faqat koʻkragining oldingi tomonida tasmaga oʻxshash oq juni boʻladi. Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyoning aralash va keng bargli subtropik urmonlarida yashaydi. Qora ayiq ham qoʻngʻir ayiq singari mevalar, oʻsimliklarning barglari va yosh novdalari, turli hasharotlar va hayvonlarning murdalari bilan oziqlanadi. Oq ayiq (U. maritimus) Arktika muzliklarida yashaydi, asosan tyulenlar, hayvonlarning murdalari bilan oziqlanadi. Qishda uxlamaydi. Tanasining uzunligi 3 m, ogʻirligi 750 kg gacha keladi. Baribal (Euarctos americanus) Shimoliy Amerikada tarqalgan, juni silliq, tanasining uzunligi 1,5-1,8 metr, ogʻirligi 120–150 kilogrammga yetadi. Janubiy Osiyoning tropik va subtropik oʻrmonlarida Malayziya ayigʻi (Helarctos malayanos), Hindiston va Seylonda labdor ayiq (Melursus ursinus), Janubiy Amerikada koʻzoynakli ayiq (Tremaratus ornatus) uchraydi. Koʻpchilik ayiklar moʻynasi va yogʻi uchun ovlanadi. Lekin barcha turlarining soni keskin kamayib ketayotganligi tufayli aksari mamlakatlarda muhofaza qilinadi. Ayiqlarning 5 turi Xalqaro Qizil kitobga, qoʻngʻir ayiq Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000.
  • Bogdanov O. P., Redkiye jivot-nie Oʻzbekistana, Toshkent, 1991.
  • Naumov S. P., Umurtqali hayvonlar zoologiyasi, Toshkent, 1995.


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Read next

In 200 languages

uzадыгабзэAfrikaansAlemannischአማርኛPangcaharagonésÆngliscअंगिकाالعربيةܐܪܡܝܐمصرىঅসমীয়াasturianuAtikamekwаварKotavaAymar aruazərbaycancaتۆرکجهбашҡортсаBasa BaliBatak TobaBikol Centralбеларуская (тарашкевіца)беларускаябългарскиBislamaবাংলাབོད་ཡིགbrezhonegbosanskiBatak Mandailingбуряадcatalà閩東語 / Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄нохчийнCebuanoᏣᎳᎩTsetsêhestâheseکوردیcorsuqırımtatarcačeštinaчӑвашлаCymraegdanskdagbanliDeutschZazakidolnoserbskiΕλληνικάemiliàn e rumagnòlEnglishEsperantoespañoleestieuskaraفارسیsuomiføroysktfrançaisarpetanNordfriiskFryskGaeilge贛語GàidhliggalegoગુજરાતીwayuunaikiHausa客家語 / Hak-kâ-ngîHawaiʻiעבריתहिन्दीhrvatskihornjoserbsceKreyòl ayisyenmagyarհայերենԱրեւմտահայերէնinterlinguaJaku IbanBahasa IndonesiaгӀалгӀайIdoíslenskaitalianoᐃᓄᒃᑎᑐᑦ / inuktitut日本語la .lojban.JawaქართულიQaraqalpaqshaTaqbaylitадыгэбзэKabɩyɛқазақшаಕನ್ನಡ한국어перем комиکٲشُرkurdîкомиkernowekкыргызчаLatinaLadinoLëtzebuergeschлаккулезгиLingua Franca NovaLimburgsLadinລາວlietuviųlatviešuमैथिलीмокшеньMalagasyолык марийMāoriMinangkabauмакедонскиമലയാളംмонголꯃꯤꯇꯩ ꯂꯣꯟमराठीкырык марыBahasa Melayuမြန်မာဘာသာэрзяньمازِرونیNapulitanoNedersaksiesनेपालीनेपाल भाषाNederlandsnorsk nynorsknorskDiné bizaadoccitanOromooиронਪੰਜਾਬੀPicardpolskiپنجابیپښتوportuguêsRuna Simiromânăarmãneashtiрусскийсаха тылаᱥᱟᱱᱛᱟᱲᱤsicilianuScotsسنڌيsrpskohrvatski / српскохрватскиSimple EnglishslovenčinaslovenščinachiShonaSoomaaligashqipсрпски / srpskiSeelterskSundasvenskaKiswahiliதமிழ்TayalತುಳುతెలుగుтоҷикӣไทยTagalogtoki ponaTok PisinTürkçeтатарча / tatarçaтыва дылудмуртئۇيغۇرچە / UyghurcheукраїнськаاردوvènetoTiếng ViệtWest-VlamsWinaray吴语хальмгייִדישVahcuengh文言閩南語 / Bân-lâm-gí粵語中文

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article