factograf
UZ

UnionPay

UnionPay

Key facts

tashkil etilgan2002
bu konsepsiyaning alohida holatibiznes, korxona
davlatXitoy Xalq Respublikasi
All data from the card 5
Turi
Davlat tashkiloti, Toʻlov tizimi
Tarmogʻi
Moliyaviy xizmatlar, bank ishi
Qachon asos solingan
2002-yil
Joylashuvi
Xitoy Xalq Respublikasi, Shanxay, Pudun tumani
Vebsayti
unionpayintl.com/ru/

UnionPay — 2002 yilda tashkil etilgan xalqaro toʻlov tizimi. Xitoy Davlat kengashi va Xitoy Xalq banki tashabbusi bilan yaratilgan. Uning aksiyadorlari 200 dan ortiq moliyaviy tashkilotlardir. 2015-yilda amalga oshirilgan to‘lovlar hajmi bo‘yicha u Visa va Mastercard’dan o‘zib ketdi va dunyodagi eng yirik to‘lov tizimiga aylandi, biroq to‘lovlarning atigi 0,5 foizi Xitoydan tashqarida amalga oshiriladi.

Logotip

UnionPay logotipi 2001-yilda ishlab chiqilgan. Unda ikkita iyeroglif tasvirlangan. Birinchisi „pul“, ikkinchisi — „birlashma“ degan maʼnoni anglatadi. U ingliz tiliga UnionPay deb tarjima qilingan.

Tarixi

  • 2001-yil — UnionPay logotipi yaratildi.
  • 2002-yil — China UnionPay — „Xitoy bank kartalari birlashgan kompaniyasi“ tashkil etildi. Xitoyning savdo va sanoat banki tomonidan kartochkalar markazi tashkil etildi.
  • 2004-yil — UnionPay kartalari Gonkongda qabul qilina boshlandi.
  • 2005-yil — UnionPay kartalari AQShda qabul qilina boshlandi.
  • 2010-yil — UnionPay chiqarilgan plastik kartalar soni boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinni egalladi.
  • 2011-yil — Xitoy toʻlov operatsiyalari uyushmasi tashkil etildi.
  • 2012-yil — Shanxayda UnionPay International tashkil etildi.
  • 2015-yil — UnionPay tranzaktsiyalar soni boʻyicha Visa tizimini ortda qoldirib dunyoda birinchi oʻrinni egalladi.

2018-yil oxiriga UP kartalarining global muomaladagi ulushi 45 foizni tashkil etdi, bu 2017-yilga nisbatan 1 foizga koʻpdir.

2019-yil dekabr oyi holatiga ko‘ra, UnionPay to‘lov kartalari dunyoning 177 dan ortiq mamlakatlarida qabul qilinmoqda, 58 mamlakat banklari UnionPay kartalarini chiqarmoqda.

UnionPay Oʻzbekistonda

Toshkentda 2016-yil 20-iyunda „Oʻzbekistonda UnionPay xalqaro kartalari ekvayringi (toʻlovlarga qabul qilish) boʻyicha loyiha taqdimoti“ boʻlib oʻtdi. Loyiha tashkilotchilari sifatida Yagona umumrespublika protsessing markazi va Oʻzbekiston Milliy Banki qatnashdi. Taqdimotda UnionPay prezidenti Shi Venchao boshchiligidagi tashkilot delegatsiyasi ishtirok etdi. Ushbu loyiha UnionPay kartalarini Oʻzbekiston hududida mahalliy toʻlov tizimi — Uzcard tarmogʻiga ulangan 190 mingdan ortiq toʻlov-xizmat koʻrsatish nuqtalarida (terminal va bankomatlarda) ishlatish imkonini beradi.

2021-yil 22-martdan boshlab UnionPay kartalari Oʻzbekiston hududida mahalliy toʻlov tizimi — HUMO tarmogʻiga ulangan toʻlov-xizmat koʻrsatish nuqtalarida (terminal va bankomatlarda) qabul qilina boshladi.

Hozirgi kunda UnionPay kartalarini Oʻzbekistonda quyidagi banklar chiqarayapti:

Bank nomi Karta turi
Agrobank Uzcard-UnionPay
Aloqabank Uzcard-UnionPay
Asia Alliance Bank UnionPay Classic
Davr Bank UnionPay Classic
Uzcard-UnionPay
Hamkor Bank UnionPay Classic
Uzcard-UnionPay
Invest Finance bank UnionPay Classic
Ipak Yoʻli banki UnionPay Exchange
UnionPay Classic
UnionPay Gold
UnionPay Classic kontaktsiz karta
UnionPay Platinum
Mikrokreditbank Uzcard-UnionPay
Orient Finans bank UnionPay Classic
Oʻzsanoatqurilishbank UnionPay Gold
Poytaxt bank Uzcard-UnionPay
Qishloq Qurilish Bank UnionPay Classic
Savdogarbank Uzcard-UnionPay
Universalbank Uzcard-UnionPay
Xalq banki Uzcard-UnionPay

Read next

In 29 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article