factograf
UZ

Siyosatchi va AQShning 18-prezidenti (1822–1885)

Ulysses S. Grant

Ulysses S. Grant

Key facts

tugʻilgan sanasi27-aprel, 1822
vafot sanasi23-iyul, 1885
kasbiyozuvchi
vafot joyiWilton
turmush oʻrtogʻiJulia Grant
lavozimiAQSh Prezidenti
All data from the card 15
Vitse-prezident
Schuyler Colfax (1869—1873)Henry Wilson (1873—1875)Yoʻq (1875—1877)
Oʻtmishdoshi
Andrew Johnson
Vorisi
Rutherford B. Hayes
Prezident
Abraham Lincoln Andrew Johnson
Oʻtmishdoshi
Henry W. Halleck
Vorisi
William Tecumseh Sherman
Tavalludi
27-aprel 1822-yilPoint Pleasant, Ohio, AQSh
Vafoti
23-iyul 1885-yil (63 yoshda) Wilton, New York, AQSh
Fuqaroligi
AQSH
Siyosiy partiyasi
Respublikachilar partiyasi
Boʻyi
175 sm
Turmush oʻrtogʻi
Julia Grant
Bolalari
Frederick Dent Grant, Ulysses S. Grant, Jr., Nellie Grant, Jesse Root Grant
Ota-onasi
Jesse Root Grant Hannah Simpson Grant
Kasbi
Siyosatchiharbiy ofitser

Ulysses S. Grant (talaffuzi: Uliss Grant; tugʻilgan paytidagi ismi Hiram Ulysses Grant (talaffuzi: Hayram Uliss Grant); 27-aprel, 1822-yil — 23-iyul, 1885-yil) amerikalik harbiy ofitser va siyosatchi boʻlgan boʻlib, 1869-yildan 1877-yilga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlari 18-prezidenti lavozimini bajargandir. Prezident oʻlaroq Grant Adliya vazirligini yaratgan va qayta qurish davrida afroamerikaliklarni muhofaza qilish uchun Radikal Respublikachilar bilan birga ishlagan samarali fuqarolik huquqlari boʻyicha maʼmuriyat boshligʻi boʻlgan. Komandir-general oʻlaroq u 1865-yili Amerika fuqarolar urushida Birlik (Union) armiyasini gʻalabaga yetakladi hamda keyinroq oz muddat urush kotibi lavozimida faoliyat yuritdi.

Ismi

Oila afsonasiga koʻra, bola uchun „Ulysses“ ismini qoʻyishni uning oʻgay buvisi Sara Simpson taklif qiladi. U bu ismni Fenelonning „Telemakning sarguzashtlari“ romaniga katta taassurot qoldirgan personaj — „Ulysses“ (Odissey) dan olgan. va „Hayrem“ ismini esa bobosi Jon Simpson qoʻygan. „S“ bosh harflari esa Grantni „West Point“ akademiyasiga tavsiya qilgan Kongress aʼzosi Thomas Hamerning xatosi tufayli paydo boʻlgan. Ulissning onasining familiyasi boʻlgan Simpson nomi esa, baʼzan uning ikkinchi ismi deb notoʻgʻri talqin qilingan boʻlsa-da, Grantning fikriga koʻra, bu haqiqatga mos kelmaydi. Akademiyada Grant ismining bosh harflari bilan: „U. S. Grant“ deb qayd qilingani tufayli uni „Sam Grant amaki“ deb chaqirishgan, yoki oddiygina qilib Sam deb.

Hayoti

Hiram Ulysses Grant Ohio shtatining Point Pleasant shahrida 1822-yil 27-aprelda dunyoga kelgan. Otasi Jesse Root Grant koʻnchi va savdogar boʻlgan, onasi — Hannah Simpson Grant.

Xotirasi

1897-yilda Grant xotirasiga New York shahrida Grant mavzoleyi ochildi.

Shu kungacha Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi beshta shahar uning nomi bilan atalgan. Kansas shtatidagi Ulysses shahri ham Grant sharafiga nomlangan.

1913-yildan buyon Grant portreti 50 dollarlik banknotada tasvirlangan.

Havolalar

  • Ulysses S. Grant Kutubxonasi (Wayback Machine saytida 2015-08-20 sanasida arxivlangan) (ingl.)
  • Ulysses S. Grant: A Resource Guide — Kongress kutubxonasi (ingl.)

Read next

In 140 languages

uzAcèhAfrikaansአማርኛaragonésÆngliscالعربيةمصرىasturianuazərbaycancaتۆرکجهBasa BaliBikol Centralбеларуская (тарашкевіца)беларускаябългарскиBislamaবাংলাbrezhonegbosanskicatalà閩東語 / Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄CebuanoکوردیcorsučeštinaчӑвашлаCymraegdanskDeutschZazakidolnoserbskiދިވެހިބަސްΕλληνικάEnglishEsperantoespañoleestieuskaraestremeñuفارسیsuomiføroysktfrançaisFryskGaeilgeGàidhliggalegoگیلکی𐌲𐌿𐍄𐌹𐍃𐌺gungbeGaelg客家語 / Hak-kâ-ngîעבריתहिन्दीFiji HindihrvatskimagyarհայերենinterlinguaBahasa IndonesiaIlokanoIdoíslenskaitaliano日本語Jawaქართულიқазақшаಕನ್ನಡ한국어къарачай-малкъарkurdîkernowekLatinaLëtzebuergeschLingua Franca NovaLimburgsLigurelombardlietuviųlatviešuMalagasyмакедонскиമലയാളംмонголमराठीBahasa Melayuမြန်မာဘာသာمازِرونیPlattdüütschनेपालीNederlandsnorsk nynorsknorskoccitanਪੰਜਾਬੀKapampanganpolskiPiemontèisپنجابیپښتوportuguêsrumantschromânăрусскийIkinyarwandasardusicilianuScotsسنڌيsrpskohrvatski / српскохрватскиසිංහලSimple Englishslovenčinaslovenščinashqipсрпски / srpskiSundasvenskaKiswahiliதமிழ்తెలుగుไทยTagalogTürkçeтатарча / tatarçaئۇيغۇرچە / UyghurcheукраїнськаاردوTiếng ViệtwalonWinaray吴语მარგალურიייִדישYorùbá閩南語 / Bân-lâm-gí粵語中文

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article