factograf
UZ

Abraham Lincoln

Abraham Lincoln

Key facts

tugʻilgan sanasi12-fevral, 1809
vafot sanasi15-aprel, 1865
kasbisiyosatchi, advokat
turmush oʻrtogʻimary Todd Lincoln
siyosiy partiyalarga aʼzoligiRespublikachilar partiyasi
balandligi/bo'yi204cm
All data from the card 14
Vitse-prezident
Gannibal Gemlin (1861–1865) Endryu Jonson (mart-aprel, 1865)
Oʻtmishdoshi
Jeyms Byukenen
Vorisi
Endryu Jonson
Oʻtmishdoshi
Jon Genri
Vorisi
Tomas L. Xarris
Tavalludi
12-fevral 1809-yilXojenvill, Kentukki, AQSh
Vafoti
15-aprel 1865-yil (56 yoshda) Vashington, AQSh
Fuqaroligi
AQSH San Marino (faxriy)
Siyosiy partiyasi
Whig (1854-yilgacha) Republikachilar (1854–1864) Milliy Birlik (1864–1865)
Boʻyi
193 sm
Turmush oʻrtogʻi
Meri Todd Linkoln (turm. 1842)
Bolalari
Edvard Beyker Linkoln, Tad Linkoln, Robert Todd Linkoln, Uilyam Uolles Linkoln
Ota-onasi
Tomas LinkolnNensi Xenks
Kasbi
Siyosatchihuquqshunos

Avraam Linkoln (inglizcha: Abraham Lincoln; 12-fevral 1809-yil — 15-aprel 1865-yil) amerikalik huquqshunos va davlat arbobi boʻlib, 1861-yildan to oʻldirilishiga (1865-yil) qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 16-prezidenti lavozimini bajargandir. Linkoln mamlakatni Amerika fuqarolar urushi davomida boshqargan hamda prezidentlik davrida Birlikni saqlab qolishga, AQSh hududida qullikni bekor qilishga, federal boshqaruv ustidan markaziy nazoratni kuchaytirishga va AQSh iqtisodiyotini modernizatsiyalashga erishgan.

Linkoln Kentukki shtatida qashshoq oilada tugʻilgan, bolalik yillari esa asosan Indiana shtatida oʻtgan. U kollejga bormagan, oʻzi oʻqib, huquqshunos boʻlgan. Shuningdek, Whig Party yetakchisi, Illinois shtati vakili va Illinois shtatidan kongressmen lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1849-yilga kelib, huquqshunoslik faoliyatiga qaytadi. 1854-yilda yana siyosatga qaytdi va yangi tashkil etilgan Respublikachilar partiyasi yetakchisi boʻldi. U 1858-yilda Stiven Duglasga qarshi munozaralar ortidan obroʻ qozondi. Linkoln 1860-yilgi prezidentlik saylovlarida nomzodligini ilgari surdi va gʻalaba qozondi. U AQSh hududida qullikni bekor qildi. Quldorlikni yoqlagan janubiy shtatlar Birlikdan ajralib chiqishni boshlashdi. Mustaqilligini taʼminlash maqsadida janubiy shtatlar tomonidan tuzilgan Konfederativ Shtatlar Janubdagi AQSh forti boʻlmish Fort-Samterga hujum qildi. Linkoln esa qoʻzgʻolonni bostirish va Birlikni tiklash uchun kuchlar kiritib, janubiy shtatlar qoʻshinini tor-mor etdi.

Linkoln 1864-yilgi prezidentlik saylovlarida ham qatnashib, gʻalaba qozondi va ikkinchi muddatga saylandi. 1865-yilning 14-aprelida Appomattoxdagi urush nihoyasiga yetganidan bir necha kun oʻtgach, Linkoln rafiqasi Mary bilan Vashingtondagi Ford teatrida spektakl tomosha qilayotganida Konfederativ Shtatlarga xayrixoh boʻlgan John Wilkes Booth tarafidan otib oʻldirildi. Linkoln AQSh qahramoni oʻlaroq yodga olinib, koʻpincha AQSh tarixidagi eng buyuk prezident sifatida eʼtirof etiladi.

Dastlabki hayoti

Linkoln bolaligi oʻtgan ferma (Spencer County, Indiana)
Linkoln bolaligi oʻtgan ferma (Spencer County, Indiana)

Avraam Linkoln 1809-yil 12-fevralda Kentukki shtatining Xojenvill shahrida dunyoga kelgan. Otasi Tomas Linkoln, onasi Nensi Xenks Linkoln boʻlib, Abraham ularning ikkinchi farzandi boʻlgan. U 1638-yilda Birlashgan Qirollikning Norfolk grafligidan Massachusets shtatining Hingham shahriga koʻchib kelgan ingliz — Samuel Linkolnning avlodidir. Keyinchalik, oila Nyu-Jersi, Pennsilvaniya va Virginiya kabi shtatlarga koʻchishdi. Linkolnning ota tarafdan bobosi va buvisi — kapitan Avraam Linkoln va rafiqasi Bathsheba (qizlik familiyasi Herring) oilani Virginiya shtatidan Kentukki shtatidagi Jefferson kauntisiga koʻchirgan. Kapitan (Avraamning bobosi) 1786-yili hind reydida vafot etgan. Uning bolalari, jumladan sakkiz yoshli Tomas (Abrahamning otasi) hujumga guvoh boʻlishgan. Thomas keyinchalik oila 1800-yillar boshlarida Kentukki shatining Hardin kauntisiga koʻchib oʻtgunga qadar Kentukki va Tennessi shtatlarida turli xil ishlarda ishladi.

Linjolnning onasi Nancyning kelib chiqishi nomaʼlumligicha qolmoqda, lekin Lusi Xenksning qizi deb taxmin qilinadi. Thomas va Nancy 1806-yil 12-iyunida Washington kauntisida turmush qurishgan va Kentukki shtatining Elizabettaun shahriga koʻchib oʻtishgan. Ularning uch farzandi boʻlgan: Sara, Avraam va goʻdakligida vafot etgan Tomas.

Tomas Linkoln Kentukki shtatida ferma sotib oladi yoki ijaraga oladi. Biroq, 81 gektarlik (200 akrlik) yerini sudda yutqazgani ortidan yoʻqotadi. 1816-yili oila mulkka daxlsizligi kafolatlangan shtat — Indianaga koʻchib oʻtishdi. Indiana oʻsha paytda „ozod“ (quldorlik boʻlmagan) hudud boʻlib, oila ushbu shtatning Perri kauntisidagi oq tanli boʻlmaganlar istiqomat qiladigan hudud — Hurricanega joylashdi. Linkolnning soʻzlariga koʻra, uning oilasi Indianaga qisman qullik, koʻproq esa yerga egalik bilan bogʻliq qiyinchiliklar tufayli koʻchib oʻtgan.

Kentukki va Indiana shtatlarida Tomas fermer, qimmatbaho mebel ishlovchi usta va duradgor sifatida ishladi. Turli vaqtlarda, u fermalar, ot-ulovlar va shahar uchastkalariga egalik qilib, kaunti patrullarida ishlagan. Tomas va Nensi alkogol, raqs va qullikni taqiqlovchi Separate Baptists cherkovi aʼzolari boʻlishgan.

Moliyaviy qiyinchiliklarni yengib oʻtgan Tomas 1827-yili Indiana shtatida 80 akrlik (32 gektarlik) yerga egalik qildi.

Suratlar

Linkoln 1857-yilda
Linkoln 1857-yilda
Linkoln kichik oʻgʻli Tad bilan (1864)
Linkoln kichik oʻgʻli Tad bilan (1864)
Avraam Linkolnning rafiqasi — Mari Todd Linkoln (1861)
Avraam Linkolnning rafiqasi — Mari Todd Linkoln (1861)
Linkoln yodgorligi, Vashington
Linkoln yodgorligi, Vashington
Linkoln yodgorligi ichida joylashgan Linkoln haykali
Linkoln yodgorligi ichida joylashgan Linkoln haykali
Rushmore togʻida Linkolnning yuzi.
Rushmore togʻida Linkolnning yuzi.
Linkoln portreti tushirilgan tanga, 2002-yilda zarb qilingan.
Linkoln portreti tushirilgan tanga, 2002-yilda zarb qilingan.
1863-yilda Metyu Bredi tomonidan olingan fotosurat.
1863-yilda Metyu Bredi tomonidan olingan fotosurat.
Linkoln qabri, Springfield
Linkoln qabri, Springfield
Ford teatri, 1865-yilda Metyu Bredi tomonidan suratga olingan.
Ford teatri, 1865-yilda Metyu Bredi tomonidan suratga olingan.
11 images

Havolalar

  • Abraham Lincoln kutubxonasi va muzeyi (ingl.)
  • Abraham Lincoln — Michigan universiteti (ingl.)
  • Oq uy biografiyasi (Wayback Machine saytida 2021-07-19 sanasida arxivlangan) (ingl.)

Read next

In 211 languages

uzаԥсшәаAcèhAfrikaansAlemannischአማርኛPangcaharagonésÆngliscالعربيةالدارجةمصرىঅসমীয়াasturianuAymar aruazərbaycancaتۆرکجهбашҡортсаBasa BaliBoarischžemaitėškaBikol Centralбеларуская (тарашкевіца)беларускаяBetawiбългарскиभोजपुरीBislamaবাংলাbòo pìkkàbrezhonegbosanskiBatak Mandailingбуряадcatalà閩東語 / Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄нохчийнCebuanoکوردیcorsučeštinaчӑвашлаCymraegdanskDeutschZazakidolnoserbskiडोटेलीދިވެހިބަސްΕλληνικάemiliàn e rumagnòlEnglishEsperantoespañoleestieuskaraفارسیFulfuldesuomiføroysktfrançaisarpetanNordfriiskfurlanFryskGaeilge贛語kriyòl gwiyannenGàidhliggalegoگیلکیAvañe'ẽगोंयची कोंकणी / Gõychi KonknniGhanaian PidginગુજરાતીgungbeGaelgHausa客家語 / Hak-kâ-ngîHawaiʻiעבריתहिन्दीFiji HindihrvatskihornjoserbsceKreyòl ayisyenmagyarհայերենԱրեւմտահայերէնinterlinguaBahasa IndonesiaInterlingueIgboIlokanoIdoíslenskaitaliano日本語PatoisJawaქართულიKabɩyɛTyapқазақшаភាសាខ្មែរಕನ್ನಡYerwa Kanuri한국어къарачай-малкъарکٲشُرkurdîkernowekкыргызчаLatinaLadinoLëtzebuergeschлезгиLingua Franca NovaLimburgsLigurelombardlingálaລາວlietuviųlatviešuMadhurâमैथिलीMalagasyMāoriMinangkabauмакедонскиമലയാളംмонголमराठीBahasa Melayuမြန်မာဘာသာمازِرونیNapulitanoPlattdüütschनेपालीनेपाल भाषाNederlandsnorsk nynorsknorskNovialߒߞߏChi-ChewaoccitanlivvinkarjalaOromooиронਪੰਜਾਬੀKapampanganPapiamentupolskiPiemontèisپنجابیپښتوportuguêsRuna SimirumantschromânăрусскийрусиньскыйIkinyarwandaसंस्कृतम्саха тылаᱥᱟᱱᱛᱟᱲᱤsardusicilianuScotsسنڌيsrpskohrvatski / српскохрватскиසිංහලSimple EnglishslovenčinaسرائیکیslovenščinaGagana Samoashqipсрпски / srpskiSeeltersksvenskaKiswahiliதமிழ்తెలుగుтоҷикӣไทยTagalogtolışitoki ponaTürkçeтатарча / tatarçachiTumbukaтыва дылукраїнськаاردوvepsän kel’Tiếng ViệtVolapükWinaray吴语მარგალურიייִדישYorùbáVahcuenghZeêuws文言閩南語 / Bân-lâm-gí粵語中文

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article