factograf
UZ
Sign in

Ingliz musiqiy guruhi

The Ronettes

The Ronettes

Key facts

tashkil etilgan1959
bu konsepsiyaning alohida holatimusiqiy guruh, qizlar guruhi
janrommabop musiqa
All data from the card 7
Kelib chiqishi
New York
Mamlakat
AQSh
Faoliyat yillari
1959 — 1966
Janr
rokʼnʼroll, pop
Leybl
Colpix Records, Philles Records
Tarkib
Ronnie Spector Bennet Estelle Bennett Nedra Talley Elaine Mayes Chip Fields Denise Edwards Diane Linton
Sobiq aʼzolar
Ronnie Spector Bennet Estelle Bennett Nedra Talley
The Ronettes, 1966-yil
The Ronettes, 1966-yil

The Ronettes — 1959-yilda opa-singillar Ronnie Spector Bennet (talaffuzi: Ronni Spektor Bennet) va Estelle Bennet (talaffuzi: Estell Bennet) tomonidan tuzilgan rok’nʼroll, pop guruhi. Musiqiy prodyuser Phil Spector (talaffuzi: Fil Spektor) bilan hamkorlikdan soʻng guruh mashhurlikka erishadi.

Tarixi

1959-yilda opa-singillar Ronnie Spector Bennet va Estelle Bennet hamda ularning amakivachchasi Nedra Talley (talaffuzi: Nedra Telli) bilan birgalikda „The Darling Sisters“ nomi ostida isteʼdodlar tanlovida gʻalaba qozonishadi. Natijada ularning musiqiy ijodiga ovoz yozish kompaniyalari qiziqib qolishadi va 1961-yilda guruh oʻzining birinchi qo‘shig‘i My Darling Angelni chiqarishadi. Tez orada guruh nomini „The Ronettes“ ga oʻzgartirishadi. 1963-yilda musiqiy prodyuser Phil Spector (talaffuzi: Fil Spektor) bilan hamkorlik qila boshlashadi. Spector guruh qizlarining imijini „asalari uyasi“ni eslatadigan soch turmagi ega, tor yubka kiyadigan „yomon qizlar“ obraziga oʻzgartiradi. Ularning hammualliflikdagi birinchi qoʻshigʻi Be My Baby Spector tomonidan „Wall of Sound“ (tarjimasi „Devor tovushi“) musiqaviy texnika yordamida yozilgan. Bu qoʻshiq xalqaro mashhurlikni egallab, AQSh xit-paradida 2-oʻrinni, Buyuk Britaniya xit-paradida 4-oʻrinni egallaydi. Undan keyingi mashhurlikni AQSh xit-paradida 24-oʻrinni, Buyuk Britaniya xit-paradida 11-oʻrinni olgan Baby I Love you qoʻshigʻi egallagan. Oʻnlab qoʻshiqlar, shunigdek, uchta musiqiy albomlar muallifi boʻlgan guruh 1966-yilda tarqab ketadi.

1968-yilda Ronnie Spector Bennet Phil Spectorga turmushga chiqadi. U oʻzining musiqiy faoliyatini davom ettiradi va bir necha vaqt davomida ikkita uangi xonandalar bilan birga „Ronnie and the Ronettes“ guruhida faoliyat yuritadi.

Mukofotlari

2007-yilda „The Ronettes“ guruhi nomi „The Vocal Group Hall of Fame“ (tarjimasi „Vokal guruhlarning shon-sharaf zali“)ga kiritiladi. Be My Baby qoʻshigʻi esa „The Rock and Roll Hall of Fame“ (tarjimasi „Rokʼnʼrol shon-sharaf zali“) hamda „Rolling Stone jurnalining tarixdagi 500 eng buyuk qoʻshiqlar roʻyxati“ga kiritiladi.

Guruh tarkibi

Diskografiyasi

Qoʻshiqlari

  • 1961 — My Darling Angel
  • 1961 — I Want a Boy
  • 1962 — Silhouettes
  • 1962 — I’m Gonna Quit While I’m Ahead
  • 1962 — The Memory
  • 1963 — Be My Baby
  • 1963 — Baby I Love You
  • 1964 — (The Best Part Of) Breakinʼ Up
  • 1964 — Do I Love You?
  • 1964 — (Walking) In The Rain
  • 1965 — Born To Be Together
  • 1965 — Is This What I Get For Loving You?
  • 1965 — He Did It
  • 1966 — I Can Hear Music
  • 1969 — You Came, You Saw, You Conquered!
  • 1973 — Go Out and Get It
  • 1974 — I Wish I Never Saw The Sunshine
  • 1976 — Paradise

Musiqiy albomlari

  • 1963 — A Christmas Gift for You
  • 1964 — Presenting the Fabulous Ronettes Featuring Veronica
  • 1965 — The Ronettes featuring Veronica

Havolalar

  • The Ronettes Curlie katalogida
  • The Ronettes AllMusicda
  • The Ronettes diskografiyasi Discogsda
  • The Ronettes IMDbda
  • The Ronettes at the Vocal Group Hall of Fame

Read next

In 36 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article