factograf
UZ
Sign in

Shumer tili

Shumer tili
All data from the card 6
Milliy nomi
𒅴𒂠
Mamlakatlar
Shumer va Akkad
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni
0
Alifbosi
mixxat
ISO 639-2
sux
ISO 639-3
sux

Shumer tili - shumerlarning tili; mil. av. 2-ming yillik boshlarida oʻlik tilga aylangan. Shumer tilining boshqa qadimiy tillar bilan qarindoshligi aniqlanmagan. Ushbu til mil. av. 29— 28 asrlardan III—I asrlargacha boʻlgan mixxat yozuvlaridan maʼlum. Shumer tili yodgorliklari qadimiy shumer (mil. av. 25 asrgacha), "klassik" shumer (mil. av. 24—22 asrlar), yangi shumer (mil. av. XXI asr), soʻnggi shumer (mil. av. 2-ming yillik boshi; asosan, adabiy, ilmiy, qisman xoʻjalik mazmunidagi matnlar) va shumerdan keyingi davr yodgorliklariga boʻlinadi. Soʻnggi yodgorliklar Shumer tili Mesopotamiyada akkad tili bilan birga faqat ikkinchi adabiy til boʻlib qolgan davrda yaratilgan.

Shumer tilini oʻrgangan koʻpchilik tilshunoslar uni oltoy tillari (turkiy, moʻgʻul, tungusmanjur, koreys tillari) bilan taqqoslaganlar va Shumer tili hamda oltoy tillari (asosan, turkiy tillar guruhi) orasida bir qator oʻxshashliklar borligini aniqlaganlar. Shumer tili va turkiy tillar orasida oʻzaro qarindoshlik mavjudligi haqidagi fikrni birinchi marta nemis olimi F. Xammel (1928) oʻrtaga tashlagan va 350 ga yaqin oʻxshash soʻzlar topgan. Bunday oʻxshashliklar faqat leksika sohasida emas, balki soʻz yasalishida va kelishik qoʻshimchalari tizimida ham koʻzga tashlanadi. Bu masalani oʻrganish davom etmoqda.


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Read next

In 84 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article