factograf
UZ

Nemislar

Key facts

aholisi150 000 000
bu konsepsiyaning alohida holatimillat, aholi, etnik guruh
davlatGermaniya

Nemislar yoki Olmonlar (oʻzlarini deutsche deb ataydilar) – xalq, Germaniyaning asosiy aholisi (74,6 mln. kishidan ortiq). Umumiy soni 86 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari), jumladan, Rossiya Federatsiyasida 843 ming kishi, Qozogʻistonda 958 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Nemis tilida soʻzlashadi. Dindorlari – protestantlar (asosan, lyuteranlar) va katoliklar.

Nemis xalqining etnik asosini milodiy 1-ming yillik oʻrtalarida Reyn va Oder daryolari oraligʻida yashagan qadimgi german qabilalari: franklar, sakslar, bavarlar, alemannlar, tyuringlar, tevtonlar, kimvrlar qabilalari ittifoqlari tashkil etgan. Bu ittifoq namoyandalari X asr ga kelib oʻzlarini – „tevtonlar“ deb atay boshlaganlar. Nemislar IX asrda elat boʻlib shakllangan. Nemis xalqining shakllanishi jarayonida (XII—XIII asrlar) gʻarbiy slavyan (polab) va Bol-tiqboʻyi qabilalari (prusslar va ularga qardosh litva qabilalari) ham qatnashgan. 1871-yilda Prussiya yetakchiligida Germaniyaning siyosiy va iqtisodiy birlashuvi nemis millatining shakllanishini, asosan, nihoyasiga yetkazgan. Nemislarning aksariyati yuksak rivojlangan sanoat va xizmat koʻrsatish sohasida band.

Manbalar


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Read next

In 101 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article