factograf
UZ

Rammstein

Rammstein
All data from the card 7
Kelib chiqishi
Berlin
Mamlakat
Olmoniya
Faoliyat yillari
1994
Janr
Neue Deutsche Härte
Leybl
Universal Music Group
Tarkib
Till LindemannRichard Zven KruspePaul H. LandersOliver "Ollie" RiedelChristoph "Doom" SchneiderChristian "Flake" Lorenz
Vebsayt
www.rammstein.de

Rammstein (Rammshtayn) - 1994-yilda tashkil topgan olmon rok-guruhi. Ular oʻzlarining musiqiy yoʻnalishini Tanz-Metal yoki raqs metali deb atashgan, bu yoʻnalish metal, indastrial va elektron musiqani oʻz ichiga oladi. Guruhga Laibach kollektivi juda katta ta'sir koʻrsatgan.

Guruh

Guruhning nomi - Rammstein - gʻarbiy olmon shahri Ramstein nomidan kelib chiqishi koʻp vaqt guruh ishtirokchilari tomonidan tasdiqlanmagandi. Bu shaharda 1988-yili Amerika havo kuchlarining aviashousida aviakatastrofa tufayli 70 kishi halok boʻladi. Ammo, kollektiv dastlab Rammstein-Flugschau (Aviashou-Rammshtayn) nomi ostida faoliyat yuritadi. Guruh nomidagi qoʻshimcha "m" harfi nomni "hujum qiluvchi tosh" deb interpretatsiya qilishga imkon beradi, bu esa oʻz navbatida guruh musiqasini agressiv va ogʻirligi haqidagi tasavvurni tasdiqlaydi. Shuningdek, olmon fe'li "rammen" "nimadirga urilish" ma'nosini anglatadi. Deyarli hamma qoʻshiq matnlari olmon tilida yozilgan boʻlishiga qaramay, guruh Olmoniyaning tashqarisida ham katta shuhratga ega boʻldi va Reise, Reise albomining chiqarilishidan keyin esa ular nemis tilida kuylovchi hamma zamonlarning eng mashhur guruhiga aylandilar. Rammsteinning bir nechta singli Olmoniyada eng yaxshi oʻntaligiga kirgan.

Guruhning muhlisi fransuz astronomi Jan-Klod Merlen tomonidan 2001-yili asteroidlar belbogʻida kichik sayyora kashf etiladi. U #110393 raqamli asteroidni guruh sharafiga "Rammstein" deb nomlaydi. [1]

Tarkib

  • Till Lindemann (vokal, matnlar)
  • Richard Zven Kruspe (gitara)
  • Paul Landers (gitara)
  • Christoph "Doom" Schneider (barabanlar)
  • Oliver Riedel (bas)
  • Christian "Flake" Lorenz (klavishlar)

Diskografiya

Studiyaviy albomlar

Terma albomlar

Singllar

Videokliplar

Hronologik tartibda:

  • Du Riechst so gut (Sendan hushboʻy hid taralmoqda)
  • Seemann (Dengizchi)
  • Rammstein (Rammshtayn)
  • Engel (Farishta)
  • Du hast (Sen soʻragan eding)
  • Das Modell (Model) — rasman chiqarilmagan, chunki guruhga yoqmagan
  • Stripped (Qip-yalangʻoch)
  • Sonne (Quyosh)
  • Links 2 3 4 (Chap bilan 2 3 4)
  • Ich Will (Men hohlayman)
  • Mutter (Ona)
  • Feuer Frei! (Olov ochilsin!)
  • Mein Teil (Mening ulushim)
  • Amerika (Amerika)
  • Ohne Dich (Sensiz)
  • Keine Lust (Xohish yoʻq)
  • Benzin (Benzin)
  • Rosenrot (Ajoyib)
  • Mann gegen Mann (Erkakka qarshi erkak)

Rasmiy DVDlar

Saundtreklar

1996 - "Lost Highway" - Rammstein (Edit) & Heirate Mich (Edit)
1997 - "Mortal Kombat Annihilation" - Engel
1997 - "Wing Commander Prophecy" (oʻyin) - Eifersucht
1999 - "The Matrix" - Du Hast
2002 - "Resident Evil" - Halleluja
2002 - "xXx" - Feuer frei!
2002 - "La Sirene Rouge" - Sonne
2002 - "Lilja 4-Ever" - Mein Herz brennt
2002 - "Fear Dot Com" - Sonne
2002 - "Achtung! Wir kommen" - konsert yozuvlari
2004 - "Resident Evil: Apocalypse" - Mein Teil

Kitoblar

Messer - Tillning she'rlar toʻplami

2003-yili Till "Messer" nomli oʻzining she'riy toʻplamini chop etdi.

Havolalar

  • Rammsteinning rasmiy sayti
  • Rammsteinning suratlari (Wayback Machine saytida 2007-09-29 sanasida arxivlangan)
  • Rammstein haqida rus tilidagi sayt (Wayback Machine saytida 2021-03-16 sanasida arxivlangan) (rus.)

Read next

In 88 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article