Qayseri — Turkiyadagi shahar, Anadolu yassitogʻligining markaziy qismida joylashgan. Qayseri viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 524,8 ming kishi (2000). Transport yoʻllarining muhim chorrahasi. Yirik ip-gazlama, samolyotsozlik, kimyo zavodlari mavjud. Oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoatlari rivojlangan. Qoʻrgʻoshinrux zavodi ishlab turibdi. Qayseri gilam toʻqishning qadimiy markazlaridan. Arxeologiya muzeyi bor. Meʼmoriy yodgorliklardan XII—XVI asrlarga oid juda koʻp masjid, madrasa, maqbaralar saqlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
