Merkaptanlar (tiollar) - vodorod sulfidning organik hosilalari. Umumiy formulasi RSH, bu yerda R— uglevodorod radikali, M.ning metilmerkaptan (SN3—SH), etilmerkaptan (S5N5—SH) va boshqa turlari bor. M. qoʻlansa hidli, gazsimon, suyuq va qattiq moddalar. Suvda yomon, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. M. tabiatda oqsillarning chirishidan hosil boʻladigan mahsulotlarda uchraydi. M. merkaptid tuzlarini hosil qiladi, mas, simob merkaptid (RS)2 Hg (M.ning nomi shundan olingan, lotincha mercurum captaus — bogʻlovchi simob). M. va hosilalari (tuzlari, sulfidlari va disulfidlari) tabiiy va sintetik kauchuklarni vulkanizatsiyalashda, baʼzi dorivor moddalar va insektitsidlarni sintez qilishda qoʻllanadi. Toʻyingan uglevodlarning galogenli hosilalariga natriy yoki kaliy gidrosulfid taʼsir ettirib olinadi.
Merkaptanlar
Read next
In 57 languages
uzAfrikaansالعربيةasturianuazərbaycancabosanskicatalàčeštinadanskDeutschΕλληνικάEnglishEsperantoespañoleestieuskaraفارسیsuomifrançaisgalegoעבריתहिन्दीhrvatskimagyarհայերենBahasa Indonesiaitaliano日本語ქართულიқазақша한국어кыргызчаlietuviųмакедонскиBahasa MelayuNederlandsnorsk nynorsknorskoccitanਪੰਜਾਬੀpolskiportuguêsromânăрусскийsrpskohrvatski / српскохрватскиSimple Englishslovenčinaslovenščinaсрпски / srpskisvenskaதமிழ்ไทยTürkçeукраїнськаTiếng Việt粵語中文
Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article