factograf
UZ
Sign in

Piridin

  • 1 min read

Piridin, C5H5N — rangsiz, oʻziga xos xidli organik suyuqlik. Mol. m. 79,1, suyuqlanish temperaturasi —42,7°, qaynash temperaturasi 115,3°, zichligi 981,9 kg/m3 (20° da). Suv va koʻpchilik organik erituvchilar bilan har qanday nisbatda aralashadi. Kuchsiz asos, kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi. Toshkoʻmir smolasidan olinadi. Boʻyagichlar sintezida, dorivor moddalar va insektitsidlar olishda, erituvchi sifatida ishlatiladi. Hosilalari, mas, 2-metil 5-vin il piridin vinilpiridin kauchuklar tayyorlashda qoʻllanadi. P. zaharli.

Manbalar


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Read next

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article