factograf
UZ
Sign in

Kerch

Kerch

Key facts

aholisi151 103
hudud108km²
bu konsepsiyaning alohida holatiKatta shahar
davlatUkraina
tashkil etilgan610 BC
dengiz sathidan balandligi10m
All data from the card 1
Mamlakat
Ukraina

Kerch — Ukrainaning Qrim Respublikasidagi qaxramon shahar. Azov dengizidan Qora dengizga chiqiladigan boʻgʻoz sohilidagi port. Temir yoʻl stansiyasi. Temir yoʻl paromi orqali Kavkaz ortish-tushirish stansiyasi (Taman yarim orol) bilan bogʻlangan. Aholisi 182,5 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Temir ruda (Qamishburun kombinati) qazib olinadi. Metallurgiya, kemasozlik va kema tuzatish, oziq-ovqat (shu jumladan, baliq) sanoati korxonalari, teatr, tarix-arxeologiya muzeyi bor. Mil. av. VI asrda yunonlar Kerch oʻrnida Pantikapey sh.ga asos solganlar. Mil. av. V asr boshlari — mil. IV asr oxirida Bospor podsholigi poytaxti boʻlgan. Oʻrta asrlarda Kerch Qrimdagi yirik savdo shahri edi. 1475 yil turklarga qaragan, 1774 yilda Rossiya bosib olgan. 1954 yildan Ukraina tarkibida. 1941—45 yillar urushida Kerch atrofida shiddatli janglar boʻlgan. Melek-Chesmen qalʼasi harobalari (mil. av. IV asr), Demetr xilxonasi (mil. I asr), Ioann Predtech (X—XIII asrlar) cherkovi saqlangan.

Read next

In 81 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article