factograf
UZ

Ford Motor Company

Ford Motor Company

Key facts

tashkil etilgan16-iyun, 1903
bu konsepsiyaning alohida holatiavtomobil ishlab chiqaruvchisi, biznes, ommaviy kompaniya
davlatAmerika Qoʻshma Shtatlari
asoschisiHenry Ford
All data from the card 10
Turi
avtomobil ishlab chiqaruvchisi, biznes, ommaviy kompaniya, Xolding va tashkilot
Tarmogʻi
Avtomobil sanoati
Qachon asos solingan
16-iyun, 1903-yil
Joylashuvi
AQSH, Dearborn
Asoschi(lari)
Henry Ford
Aylanma daromadi
176 191 000 000
Operatsion foydasi
5 458 000 000
Boyligi
257 000 000 000
Sof foydasi
4 347 000 000
Vebsayti
www.ford.com

Ford Motor Company — jahondagi eng yirik avtomobil kompaniyalaridan biri. 1903-yilda AQSH avtomobil sanoati asoschilaridan biri, sanoatchi Genri Ford tomonidan tashkil etilgan. Boshqaruv idorasi Michigan shtatining Dirborn shahrida, eng katta zavodi Deytroyt shahrida joylashgan. Turli rusumdagi yengil, yuk avtomobillari, turli qishloq xoʻjaligi texnikasi (traktorlar) ishlab chiqaradi. „F.M.“ dastavval ishni arzon avtomobillarni ishlab chiqarishdan boshladi. „F.M.“da jahonda birlamchi boʻlib avtomobillarni yigʻishda standartlashtirish va konveyer usuli qoʻllandi. 8 soatlik ish vaqti joriy qilindi. „F.M.“ XX asrning 90-yillari oxiriga qadar yangi zavodlar qurish, boshqa avtomobil kompaniyalarini sotib olish hisobiga kengaydi. „F.M.“da avtomobillarning „Ford“, „Lincoln“, „Mercury“, „Jaguar“, „Aston Martin“, „Mustang“ kabi 70 dan ortiq modellari yaratildi va ishlab chiqarildi. 1996-yilga kelib „F.M.“ konveyeridan jami 250 million avtomobil chiqdi. 1998-yilda kompaniya yengil va yuk avtomobillari ishlab chiqarish hajmi boʻyicha jahonda 2-oʻrinni egalladi. „F.M.“ AQShdan tashqari dunyoning 30 mamlakatida oʻzining ishlab chiqarish, yigʻuv va savdo markazlariga, shuningdek, „Mazda Motor“, „Kia Motors Corporation“ kompaniyalari aksiyalarida ulushga ega. Ford kompaniyasi yiliga 200 milliard $ (dollar) foyda topadi.


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Read next

In 111 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article