factograf
UZ

Farang tili

Farang tili

Key facts

bu konsepsiyaning alohida holatizamonaviy til, til
davlatFransiya
manbalarda keltirilganBrokgauz va Yefron ensiklopedik lugʻati
All data from the card 8
Milliy nomi
français
Rasmiylik holati
29ta mamlakat, ular ichida Farangiston, Belgiya, Kanada, Shveysariya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni
270 million
Til oilasi
Hind-Yevropa
Alifbosi
lotin
ISO 639-1
fr
ISO 639-2
fre (B); fra (T)
ISO 639-3
fra
Fransuz va niderland tili, Brussel shahri
Fransuz va niderland tili, Brussel shahri

Farang tili yoki Fransuz tili — hindevropa tillari oilasining roman guruhiga mansub til; Farangiston, Farangiston Gvianasi, Gaiti, Monako, Benin, Burkina-Faso, Gabon, Gvineya, Kongo Demokratik Respublikasi, Kongo Respublikasi, Kot d’Ivuar, Mali, Markaziy Afrika Respublikasi, Niger, Senegal, Togo, Chad davlatlarining rasmiy tili; Belgiya Qirolligi, Shveysariya Konfederatsiyasi, Kanada, Lyuksemburg, Andorra, Kamerun, Madagaskar, Burundi, Ruanda, Komor Orollari Federativ Islom Respublikasi, Jibuti, Vanuatu, Seyshel Orollari davlatlaridagi rasmiy tillardan biri. Italiya va AQShning belgili hududlarida ham tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 100 mln. kishidan, Farangistonning oʻzida 57 mln. kishidan ortiqroq (oʻtgan asrning 90-yillari). BMTning rasmiy va ishchi tillaridan biri.

Asosiy lahjalari: frans (hozirgi Farang tilining tarixiy negizi), shim. (Belgiyadagi normand, pikard, vallon va boshqalar), gʻarbiy (anjuy, gallo va boshqalar), jan.gʻarbiy (puatevin), markaziy, jan.sharkiy (burgund, franshkont), sharqiy (lotaringiya, shampan), frankprovansal.

Farang tili istilochilar tili (lotin tili) va Galliya tub aholisi tillarining oʻzaro taʼsiri jarayonida shakllangan. Farang tili tarixi quyidagi davrlarga boʻlinadi: gallroman (V—VIII asrlar), eski farang (IX—XIII asrlar), oʻrta farang (XIV—XV asrlar), ilk yangi farang (XVI asr), yangi farangklassik (XVII—XVIII asrlar) va hozirgi farang (XIX asrdan). Oʻrta asrlarda umumfarang yozma tili maydonga keladi, XVI asrda milliy til (1539-yildan davlatning rasmiy tili) shakllanadi. XVII asrda adabiy til meʼyori barqarorlashadi. XX asrda adabiy va ogʻzaki nutq oʻrtasida sezilarli farq paydo boʻladi. Dastlabki yozma yodgorliklari VIII—IX asrlarga mansub.

Fonetik xususiyatlari sifatida urgʻusiz, ayniqsa, soʻz oxiridagi unlilarning reduksiyasi, urgʻuning, asosan, soʻnggi boʻgʻinga tushishi, urgʻu taʼsirida unlilarning oʻzgarishi, unlilar oʻrtasidagi va soʻz oxiridagi undoshlarning tushib qolishi va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Farang tili morfologiyasi uchun analitizm xarakterlidir (murakkab zamon, nisbat, qiyosiy darajalarning analitik shakllari). Soʻzlarning morfologik jihatdan oʻzgarmaslikka moyilligi kuzatiladi. Bir qancha fammatik maʼnolar (jins, son, shaxs)ning ifodalanishi koʻpincha sintaksis sohasiga koʻchiriladi, yordamchi soʻzlar keng qoʻllanadi. Feʼl sohasida 4-mayl, 3 nisbat va keng tarmoqli zamon shakllari mavjud. Leksikasida gallardan saqlanib qolgan soʻzlardan tashqari franklar tilidan saqlanib qolgan muayyan qatlam ham mavjud. Farang tili rivojida adabiy lotin tili katta rol oʻynagan; undan koʻplab soʻzlar, soʻz yasalish qoliplari, sintaktik tuzilmalar oʻzlashgan.

Yozuvi bir qancha diakritik belgilar qoʻshilgan lotin alifbosi asosida shakllangan. Farang tili Belgiya, Shveysariya va Kanadada milliy variantlarga, Afrika mamlakatlarida esa, asosan, fonetik va lugʻaviy oʻziga xosliklarga ega.

Abduvahob Madvaliyev, Ibodulla Mirzayev.

Farang tili (français) asosan Farangiston, Belgiya, Luksemburg va Shveysariyada kelib chiqqan, bugungi kunda esa dunyoning 54 mamlakatidagi 300 million odam uchun ona tili yoki ikkinchi til boʻlmish roman tildir.

Adabiyotlar

  • Balli Sh., Obshaya lingvistika i voprosi fransuzskogo yazika, per. s frans., M., 1955; Balli Sh., Fransuzskaya stilistika, per. s frans., M., 1961; Referovskaya Ye. A., Formirovaniye romanskix literaturnix yazikov. Fransuzskiy yazik, L., 1980; Gak V. G., Teoreticheskaya grammatika fransuzskogo yazika, ch. I—II, M., 1986.


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Read next

In 279 languages

uzаԥсшәаAcèhадыгабзэAfrikaansAlemannischአማርኛaragonésÆngliscअंगिकाالعربيةܐܪܡܝܐالدارجةمصرىঅসমীয়াasturianuаварKotavaअवधीAymar aruazərbaycancaتۆرکجهбашҡортсаBasa BaliBoarischžemaitėškaBatak TobaBikol Centralбеларуская (тарашкевіца)беларускаябългарскиभोजपुरीBanjarbamanankanবাংলাབོད་ཡིགbrezhonegbosanskiBatak Mandailingбуряадcatalà閩東語 / Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄нохчийнCebuanoᏣᎳᎩTsetsêhestâheseکوردیcorsuqırımtatarcačeštinakaszëbscziсловѣньскъ / ⰔⰎⰑⰂⰡⰐⰠⰔⰍⰟчӑвашлаCymraegdanskDeutschZazakidolnoserbskiKadazandusunދިވެހިބަސްeʋegbeΕλληνικάemiliàn e rumagnòlEnglishEsperantoespañoleestieuskaraestremeñuفارسیFulfuldesuomivõroføroysktfɔ̀ngbèfrançaisarpetanNordfriiskfurlanFryskGaeilgeGagauz贛語kriyòl gwiyannenGàidhliggalegoگیلکیAvañe'ẽ𐌲𐌿𐍄𐌹𐍃𐌺wayuunaikiGaelgHausa客家語 / Hak-kâ-ngîHawaiʻiעבריתहिन्दीFiji HindihrvatskihornjoserbsceKreyòl ayisyenmagyarհայերենԱրեւմտահայերէնinterlinguaJaku IbanBahasa IndonesiaInterlingueIgboIñupiatunIlokanoгӀалгӀайIdoíslenskamedžuslovjanskyitalianoᐃᓄᒃᑎᑐᑦ / inuktitut日本語Patoisla .lojban.JawaქართულიQaraqalpaqshaTaqbaylitадыгэбзэKabɩyɛTyapKongoKumoringқазақшаភាសាខ្មែរಕನ್ನಡ한국어перем комикъарачай-малкъарکٲشُرkurdîкомиkernowekкыргызчаLatinaLadinoLëtzebuergeschлезгиLingua Franca NovaLimburgsLigureLadinlombardlingálaລາວlietuviųlatgaļulatviešuMadhurâमगहीमैथिलीмокшеньMalagasyолык марийMāoriMinangkabauмакедонскиമലയാളംмонголꯃꯤꯇꯩ ꯂꯣꯟဘာသာမန်मराठीBahasa MelayuMaltiMirandésမြန်မာဘာသာэрзяньمازِرونیNapulitanoNedersaksiesPlattdüütschनेपालीनेपाल भाषाNederlandsnorsk nynorsknorskNovialNouormandSesotho sa LeboaNupeDiné bizaadoccitanlivvinkarjalaиронਪੰਜਾਬੀPangasinanKapampanganPapiamentuPicardPälzischpolskiPiemontèisپنجابیپښتوportuguêsRuna Simiရခိုင်rumantschikirundiromânătarandíneрусскийрусиньскыйIkinyarwandaसंस्कृतम्саха тылаᱥᱟᱱᱛᱟᱲᱤsardusicilianuScotsسنڌيdavvisámegiellasrpskohrvatski / српскохрватскиTaclḥitසිංහලSimple EnglishslovenčinaslovenščinaGagana SamoaanarâškielâchiShonaSoomaaligashqipсрпски / srpskiSiSwatiSesothoSeelterskSundasvenskaKiswahiliꠍꠤꠟꠐꠤślůnskiதமிழ்ತುಳುతెలుగుtetunтоҷикӣไทยTürkmençeTagalogtolışiSetswanalea faka-Tongatoki ponaTok PisinTürkçeSeediqтатарча / tatarçareo tahitiтыва дылудмуртئۇيغۇرچە / Uyghurcheукраїнськаاردوvènetovepsän kel’Tiếng ViệtWest-VlamsVolapükwalonWinarayWolof吴语isiXhosaმარგალურიייִדישYorùbáVahcuenghZeêuwsⵜⴰⵎⴰⵣⵉⵖⵜ ⵜⴰⵏⴰⵡⴰⵢⵜ文言閩南語 / Bân-lâm-gí粵語中文

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article