factograf
UZ

Dunxuan

Dunxuan

Key facts

aholisi185 231
hudud26 718km²
davlatXitoy Xalq Respublikasi
dengiz sathidan balandligi1 142m

Dunxuan – Xitoydagi qadimgi shahar, Gansu provinsiyasining chekka gʻarbida. Dinxuan 1-ming yillikda Xitoyni Janubiy va Gʻarbiy Osiyo orqali Yevropa bilan bogʻlaydigan Buyuk ipak yoʻlida muhim manzil boʻlgan. Dinxuandan 14 km janubi-gʻarbda gʻorlarga joylashgan budda monastiri – Syanfodun („Mingta Budda gʻori“; 353—366) bor. 480 ga yaqin gʻor saqlanib qolgan (eng kattasi Mogao, 366). 1899-yilda gʻorlarning birida Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo va Kichik Osiyo yarim orolida yashagan xalqlar tilida yozilgan 20 mingdan ortiq qoʻlyozma topilgan. 1907-yil bu topilmalarning koʻp qismi A. Steyn ekspeditsiyasi tomonidan Angliyaga olib ketilgan va Britaniya muzeyiga topshirilgan, bir qismi Pekin kutubxonasida saqlanmoqda.

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jilDinxuan Toshkent, 2000-yil


Read next

In 59 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article