factograf
UZ
Sign in

Anordoshlar

Anordoshlar

Key facts

bu konsepsiyaning alohida holatitakson
xalqaro ilmiy nomiLythraceae
taksonomik turioila

Anordoshlar (Punicaceae) — yopiq urugʻlilar boʻlimiga mansub oʻsimliklar oilasi. Anordoshlar buta yoki kichikroq daraxt boʻlib, gullari ikki jinsli, toʻgʻri (aktinomorf), kosachasi qoʻngʻiroqsimon, tojbarglari 5-9 ta, changchilari koʻp, barglari mayda, uzun, yonbargchasiz. Shox va novdalari tikanli. Anordoshlarning faqat bir turkumi — anor bor. Oʻzbekistonda bitta yovvoyi tur (P. granatum L.) oʻsadi. Ekiladigan anor navlari ham ana shu turdan kelib chiqqan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Read next

In 57 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article