factograf
UZ

1908-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari

1908-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari
All data from the card 8
Mezbon shahar
London, Angliya51°30′49″N 0°13′39″W / 51.51362°N 0.22740°W
Millatlar
22
Atletlar
2008 (1971 erkak, 37 ayol)
Musobaqalar
22 ta sport turi boʻyicha 110 ta (25 ta yoʻnalish)
Ochilish
1908-yil 27-aprel
Yopilish
1908-yil 31-oktyabr
Marosimini ochib beruvchi
Qirol Edward VII
Stadion
White City stadioni

1908-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari (rasman IV Olimpiada oʻyinlari, shuningdek London 1908 nomi bilan ham tanilgan) – 1908-yil 27-apreldan 31-oktabrgacha Angliyaning London shahrida oʻtkazilgan xalqaro sport turlari musobaqasi. Dastlab 1908-yilgi oʻyinlar Rimda oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq 1906-yil 6-aprelda Vezuviy vulqonining kuchli otilishi natijasida yuzaga kelgan moliyaviy sabablar tufayli oʻyinlarni Londonga koʻchirish eʼlon qilindi. Mazkur otilish oqibatida 100 dan ortiq inson halok boʻlgan edi. Rim keyinchalik 1960-yilda Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qildi.

Bu oʻyinlar, taklif qilingan navbatdan tashqari olimpiada (oraliq oʻyinlar)ning toʻrt yillik almashuvchi sikliga qarshi, hozirgi kunda qabul qilingan toʻrt yillik siklga muvofiq ravishda oʻtkazilgan zamonaviy Yozgi Olimpiada oʻyinlarining toʻrtinchisi boʻldi. Ushbu oʻyinlarda Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Baron Pierre de Coubertin boʻlgan.

Umumiy hisobda 187 kun (olti oy va toʻrt kun) davom etgan bu oʻyinlar zamonaviy olimpiada oʻyinlari tarixidagi eng uzoq davom etgan musobaqalar boʻldi.

Tarixi

1908-yilgi yozgi olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun toʻrtta shahar nomzod boʻlgan: Rim, London, Berlin va Milan. Tanlov 1904-yilda Londonda boʻlib oʻtgan Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining (IOC) 6-sessiyasida oʻtkazilib, Rim shahri gʻolib deb topilgan edi.

Italiya hukumati oʻyinlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrayotgan paytda, 1906-yil 7-aprelda Vezuviy vulqonining otilishi Neapol shahrini vayron qildi. Mablagʻlar Neapolni qayta tiklashga yoʻnaltirilgani sababli yangi mezbon davlat tanlanishi zarur boʻldi. Natijada, London ilk bor olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun tanlandi. Oʻyinlar White City stadionida, oʻsha paytdagi muhimroq tadbir boʻlgan Fransiya-Britaniya koʻrgazmasi bilan birga oʻtkazildi.

Oʻyinlar uchun qisqa muddatda qurilgan White City stadioni 68 000 tomoshabinni sigʻdira olgan va barcha tadbirlar gavjum tomoshabinlar ishtirokida boʻlib oʻtgan. Stadion trekining uzunligi 1 mil uchun 3 aylana (har bir aylana 536,448 metr) boʻlgan, chunki hozirgi 400 metrlik standart 1962-yilgacha mavjud emas edi. Stadionning markaziy maydonida basseyn (suzish va suvga sakrash musobaqalari uchun) hamda platformalar (kurash va gimnastika musobaqalari uchun) joylashtirilgan edi.

Marafon masofasining boshlanish nuqtasidan stadiondagi marragacha boʻlgan masofa aynan oʻyinlar vaqtida belgilandi: dastlabki 25 mil masofa 26 milga uzaytirildi, shunda marafon Windsor qalʼasidan boshlanishi kerak edi. Keyin esa malika Mary iltimosiga koʻra, start Royal Nurserydan boshlanishi uchun oʻzgartirildi. Britaniya rasmiylari poyga qirol qarshisida yakunlanishini taʼminlash maqsadida marrani ham oʻzgartirdilar. Bu oʻzgarishlar natijasida marafonning uzunligi 26 mil 385 yard (42,195 km) boʻldi va 1924-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan boshlab ushbu masofa marafonning standart uzunligi sifatida qabul qilindi.

Sport turlari

Jami 22 ta sport turi doirasida 25 yoʻnalish boʻyicha 110 ta musobaqa oʻtkazilgan. Dasturga golf turniri ham kiritilgan edi, biroq oʻyinlar boshlanishiga bir necha kun qolganda bekor qilindi. Suzish, suvga sakrash va suv polosi oʻsha davrda bitta sport turi – suv sportining uchta yoʻnalishi boʻlgan. Arqon tortish sporti atletika tarkibida boʻlgan. Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi hozirda arqon tortishni alohida sport turi sifatida tasniflaydi. Velosport boʻyicha yetti musobaqadan birida (sprint) medallar berilmadi. Yelkanli sport dasturida jami besh yoʻnalish boʻyicha start berilishi rejalashtirilgan boʻlsa-da, amalda faqat toʻrtta yoʻnalishda musobaqalar oʻtkazildi. Har bir yoʻnalishdagi musobaqalar soni qavs ichida koʻrsatilgan.

Musobaqa boʻlib oʻtgan joylar

Map of London with Olympic venues marked
class=notpageimage| Olimpiada o‘yinlari o‘tkaziladigan joylar belgilangan London xaritasi
Map of Great Britain with Olympic venues marked
class=notpageimage| Buyuk Britaniyaning olimpiada o‘yinlari o‘tkaziladigan joylar belgilangan xaritasi
2 images

1908-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun jami 13 ta sport inshooti foydalanilgan. Qishki sport turlari ilk bor Knightsbridge hududidagi Princeʼs Skating Club maydonida oʻtkazilgan. White City stadioni zamonaviy stadionlarning ilk namunasi sifatida xizmat qilgan. Figurali uchish musobaqalari keyingi olimpiada (Stokgolm, 1912) dasturiga kiritilmagan, biroq 1920-yil Antverpendagi oʻyinlarda qayta tiklanib, 1924-yilda Chamonixda boʻlib oʻtgan birinchi Qishki Olimpiada oʻyinlari boshlanishiga yoʻl ochgan.

White City stadioni 1934-yilgi Britaniya imperiyasi oʻyinlarining (1978-yildan beri Commonwealth Games deb ataladi) asosiy maydoniga aylangan va 1985-yilda buzib tashlanishidan avval futbol boʻyicha 1966-yilgi jahon chempionati oʻyinlariga ham mezbonlik qilgan. Butun Angliya maysazor tennis va kroket klubi esa hozirgacha Wimbledon tennis turnirilarini oʻtkazib kelmoqda. Ushbu inshoot 1908-yilgi oʻyinlardan qolgan inshootlar orasida 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun foydalanilgan yagona maydon boʻlib qolmoqda.

Bisley va Henleydan esa 40 yil oʻtib, 1948-yilda London yana olimpiadaga mezbonlik qilganida, sport maydonlari sifatida foydalanilgan.

Venue Sports Capacity Ref.
Butun Angliya klubi Tennis Not listed
Bisley Ranges, Surrey Oʻq otish (pistolet/miltiq) Ro‘yxatda yo‘q
Fransiya-Britaniya ko‘rgazmasi qilichbozlik maydonlari, Shepherd's Bush Fencing Ro‘yxatda yo‘q
Henley Royal Regatta, Oxfordshire Akademik eshkak eshish Ro‘yxatda yo‘q
Hunters Quay, Scotland Yeklanli kema sporti (12 metr) Ro‘yxatda yo‘q
The Hurlingham klubi Suv polosi Ro‘yxatda yo‘q
Northampton instituti, Islington Boks Ro‘yxatda yo‘q
Prince's Skating Club Figure skating Ro‘yxatda yo‘q
Queen's Club Jeu de paume, Rackets Ro‘yxatda yo‘q
Royal Victoria yaxta klubi, Ryde Sailing (6, 7, 8 and 15 Metre) Ro‘yxatda yo‘q
Southampton Water Water motorsports Ro‘yxatda yo‘q
Uxendon oʻq otish maktab klubi Shooting (shotgun) Ro‘yxatda yo‘q
White City stadioni Kamondan o'q otish, yengil atletika, velosport (trek), suvga sakrash, chim ustida xokkey, futbol, Gimnastika, lakross, regbi, Swimming, arqon tortish, suv polosi (final), Kurash 68,000

Ishtirok etuvchi milliy olimpiya qoʻmitalari

1908-yilgi o‘yinlar ishtirokchilari
1908-yilgi o‘yinlar ishtirokchilari
Har bir mamlakatdagi ishtirokchi sportchilar soni
Har bir mamlakatdagi ishtirokchi sportchilar soni
2 images

1908 yilgi olimpiada oʻyinlarida 22 ta Milliy Olimpiya qoʻmitasidan sportchilar ishtirok etgan. Bu musobaqada Finlandiya, Turkiya va Yangi Zelandiya (Avstralaziya jamoasi tarkibida) ilk bor qatnashgan. Buyuk Britaniya yagona jamoa sifatida ishtirok etgani ayrim irland sportchilarining noroziligiga sabab boʻldi. Ular Irlandiya alohida ishtirok etishi kerak, degan fikrda edilar, garchi oʻsha davrda Irlandiya Buyuk Britaniya tarkibida boʻlsa ham. Ular Rossiya imperiyasining tarkibiy qismi boʻlishiga qaramay, Londonda alohida davlat sifatida ishtirok etgan Finlandiya Buyuk Gersogligining tajribasiga tayanishdi.

Irlandiyalik sportchilarning boykot eʼlon qilishi mumkinligidan choʻchigan tashkilotchilar jamoa nomini „Buyuk Britaniya/Irlandiya“ deb oʻzgartirdilar. Shuningdek, ikkita sport turi chim ustida xokkey va polo boʻyicha Irlandiya alohida jamoa sifatida qatnashdi va har ikkala yoʻnalishda kumush medalga sazovor boʻldi. Biroq, ushbu medallar Buyuk Britaniya hisobiga qoʻshildi.

Buyuk Britaniya olimpiya jamoasida jami 676 nafar sportchi ishtirok etib, musobaqadagi eng yirik delegatsiyani tashkil etdi. Ikkinchi oʻrinni egallagan AQSH jamoasida esa 112 nafar sportchi bor edi.

Ishtirok etuvchi milliy olimpiya qoʻmitalari
  •  Argentina (1)
  •  Avstralosiyo (30)
  •  Avstriya (7)
  •  Belgiya (88)
  •  Bohemia (19)
  •  Kanada (87)
  •  Daniya (79)
  •  Finlandiya (67)
  •  Fransiya (363)
  •  Germaniya (81)
  •  Buyuk Britaniya (676) (mezbon)
  •  Gretsiya (20)
  •  Vengriya (63)
  •  Italiya (68)
  •  Niderlandiya (113)
  •  Norvegiya (69)
  •  Rossiya imperiyasi (6)
  •  Janubiy Afrika (14)
  •  Shvetsiya (168)
  •  Shveysariya (1)
  •  Turkiya (1)
  •  AQSh (112)

Milliy olimpiya qoʻmitalari boʻyicha sportchilar soni

Mamlakat Sportchilar
 Buyuk Britaniya 676
 Fransiya 363
 Shvetsiya 168
 Niderlandiya 113
 AQSh 112
 Belgiya 88
 Kanada 87
 Daniya 81
 Germaniya 81
 Norvegiya 69
 Italiya 68
 Finlandiya 67
 Vengriya 63
 Avstralosiyo 32
 Gretsiya 20
 Bohemia 19
 Janubiy Afrika 14
 Avstriya 7
 Rossiya imperiyasi 6
 Argentina 1
 Shveysariya 1
 Turkiya 1
Jami 2,008

Medallar jadvali

Oʻrin Mamlakat Oltin Kumush Bronza Jami
1 Buyuk Britaniya 56 51 39 146
2 AQSH 23 12 12 47
3 Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya 8 6 11 25
4 Fransiya bayrogʻi Fransiya 5 5 9 19
5 Germaniya 3 5 5 13
6 Vengriya 3 4 2 9
7 Kanada 3 3 10 16
8 Norvegiya bayrogʻi Norvegiya 2 3 3 8
9 Italiya bayrogʻi Italiya 2 2 0 4
10 Belgiya bayrogʻi Belgiya 1 5 2 8
11 Avstralosiyo 1 2 2 5
12 Rossiya bayrogʻi Rossiya 1 2 0 3
13 Finlandiya 1 1 3 5
14 Janubiy Afrika bayrogʻi JAR 1 1 0 2
15 Yunoniston bayrogʻi Gretsiya 0 3 1 4
16 Daniya 0 2 3 5
17 Bogemiya bayrogʻi Bogemiya 0 0 2 2
17 Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya 0 0 2 2
19 Avstriya bayrogʻi Avstriya 0 0 1 1
Jami 110 107 107 324

Read next

In 90 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article