factograf
UZ

Yerevan

Yerevan

Key facts

aholisi1 106 300
hudud227km²
bu konsepsiyaning alohida holatiKatta shahar
davlatArmaniston
tashkil etilgan782 BC
dengiz sathidan balandligi987m
asoschisiArgishti I
joylashgan maʼmuriy birligiArmaniston
rasmiy tilArman tili
olgan mukofotlariLenin ordeni
All data from the card 2
Mamlakat
Armaniston
• mer
Tigran Avinyan

Yerevan (1936 yilgacha Erivan, armancha: Երևան) — Armaniston Respublikasi poytaxti. Armanistonning maʼmuriy, madaniy va ilmiy markazi. Ararat tekisligining shimoliy chekkasida, Razdan daryosi (Araksning chap irmogʻi) boʻyida. Iqlimi keskin kontinental. Yozi quruq va issiq, qishi qisqa, sovuq. Avgustning oʻrtacha tempaturasi 24,8°, yanvar —4,2°. Yiliga 320–350 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 1249 ming kishi (1995). Arxeologik qazishlarda topilgan mixxatli tosh boʻlagidan maʼlum boʻlishicha, Urartu podshosi Argishti I mil. av. 782-yilda Erebuni qalʼasini qurdirgan (shahar nomi ham shundan). Oʻsha qalʼa yonida hozir. Yerevan vujudga kelgan. XIII asr oʻrtalaridan siyosiy va iqtisodiy mavqei orta borgan. 1604-yil Yerevanni Eron shohi Abbos I qoʻshinlari egallaganidan keyin shahar Yerevan xonligining markaziga aylandi. XVII asrda Yerevan yirik karvon savdosi va hunarmandchilik markazlaridan biri. Rossiya-Eron urushi (1826—28)dan soʻng Yerevanni 1827-yil 1 oktabrda rus qoʻshinlari egalladi va Turkmanchoy shartnomasi (1828)ga binoan Yerevan Rossiyaga oʻtdi. 1828—40-yillarda Yerevan Armaniston viloyati markazi, soʻng uyezd shahri, 1849-yildan Erivan gubernyasi markazi. Yerevanning Aleksandropol (hoz. Gyumri) temir yo'l orqali Tbilisi (1902) va Julfa (1908) bilan bogʻlanishi shaharning iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga olib keldi.

Eerevanda 1920-yil 29-noyabrda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. 1921-yil 2 aprelda Yereva Armaniston SSSR poytaxti deb eʼlon qilindi. 1991-yil avgustda sovetlar hokimiyati barham topgach, oʻsha yilning 24-sentabrdan Yerevan mustaqil Armanistonning poytaxti boʻldi.

Yerevan — Armanistonning muhim sanoat markazi. Mashinasozlik, kimyo va neft kimyosi, oziq-ovqat, yengil sanoat, mashinasozlik (elektronika sanoati va boshqalar), kimyo va neft kimyosi (plastmassa, kimyoviy tola va reaktivlar, shina va b.) sanoatlari taraqqiy etgan. Sintetik kauchuk kombinati, "Polivinilatsetat", "Plastik", lak-boʻyoq zavodlari, farmatsevtika korxonasi, issiqlik elektr stansiyasi mavjud. Asosiy oziq-ovqat sanoati korxonalari — vino, goʻsht, yogʻ-moy, eksperimental tamaki kombinatlari, konyak, shampan vinolari, konserva zavodlari, yengil sanoat korxonalari — ipak va kamvol kombinatlari, movut, trikotaj, ip, qoʻlqop, tikuvchilik, gilam, koʻn poyabzal fabrikalari, kurilish materiallari korxonalari mavjud. Alyuminiy ishlab chiqariladi. Yerevan — Armanistonning muhim transport tuguni. Tbilisi, Boku va Sevan bilan temir yo'l liniyalari orqali bogʻlangan. Avtomobil yoʻllari tuguni. 2 aeroport, metropoliten (1981-yildan), telemarkaz (1956-yildan) bor.

Armaniston Fanlar akademiyasi (1943-yildan), 11 oliy oʻquv yurti (Yerevan universiteti, politexnika, tibbiyot, zootexniya-veterinariya institutlari, konservatoriya va b.), "Matenadaran" qad. qoʻlyozmalar instituti, 13 teatr (shu jumladan opera va balet teatri, musiqali komediya teatri, filarmoniya, konservatoriya), 21 muzey (shu jumladan Armaniston tarixi muzeyi, Kartinalar galereyasi, Bolalar kartina galereyasi, Teatr muzeyi), Hukumat uyi (1955) bor.

Shahar manzaralari

Yerevan panoramasi (yoz)
Yerevan panoramasi (yoz)
Yerevan panoramasi (qish)
Yerevan panoramasi (qish)
2 images


  • Yerevan
  • Yerevan qishda
    Yerevan qishda
  • Yerevan
    Yerevan
  • Yerevan
    Yerevan
  • Moskva kinoteatri
    Moskva kinoteatri
  • Tsitsernakaberd genotsid memoriali
    Tsitsernakaberd genotsid memoriali
  • Kentron koʻchasi
    Kentron koʻchasi
  • Abovyan koʻchasidan koʻchasidan koʻrinish
    Abovyan koʻchasidan koʻchasidan koʻrinish
  • Mashtot koʻchasi
    Mashtot koʻchasi
  • Gevork Kochar koʻchasi
    Gevork Kochar koʻchasi
  • Hrazdan daryosi
    Hrazdan daryosi
  • Yerevanning parklari
    Yerevanning parklari
  • Eski ovqat bozori
    Eski ovqat bozori
  • Milliy galereyadagi raqsga tushuvchi fontanlar
    Milliy galereyadagi raqsga tushuvchi fontanlar
  • Respublika maydonidagi fontanlar
    Respublika maydonidagi fontanlar
  • Yerevan opera binosi
    Yerevan opera binosi
  • Oqqushlar koʻli
    Oqqushlar koʻli
  • Yerevanning tungi koʻrinishi
    Yerevanning tungi koʻrinishi

Adabiyotlar

  • Akopyan T. X., Istoriya Yerevana (1801-1879 gg.), Yerevan, 1959.

Havolalar

  • http://www.yerevan.am/index.php?page_id=1&lang=3 (Wayback Machine saytida 2012-02-08 sanasida arxivlangan)
  • Yerevan shahrining tasvirlari (Wayback Machine saytida 2009-03-04 sanasida arxivlangan)


Read next

In 193 languages

uzаԥсшәаAcèhадыгабзэAfrikaansአማርኛaragonésÆngliscالعربيةالدارجةمصرىasturianuаварKotavaअवधीazərbaycancaتۆرکجهбашҡортсаBasa BaližemaitėškaBikol Centralбеларуская (тарашкевіца)беларускаябългарскиবাংলাབོད་ཡིགbrezhonegbosanskiбуряадcatalà閩東語 / Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄нохчийнCebuanoکوردیqırımtatarcačeštinaчӑвашлаCymraegdanskDeutschZazakiΕλληνικάEnglishEsperantoespañoleestieuskaraestremeñuفارسیFulfuldesuomivõroføroysktfrançaisarpetanNordfriiskFryskGaeilgeGagauzGàidhliggalego𐌲𐌿𐍄𐌹𐍃𐌺GaelgHausa客家語 / Hak-kâ-ngîHawaiʻiעבריתहिन्दीFiji HindihrvatskihornjoserbsceKreyòl ayisyenmagyarհայերենԱրեւմտահայերէնinterlinguaBahasa IndonesiaInterlingueIlokanoIdoíslenskaitaliano日本語JawaქართულიQaraqalpaqshaTaqbaylitKumoringқазақшаភាសាខ្មែរಕನ್ನಡ한국어کٲشُرkurdîкомикыргызчаLatinaLadinoLëtzebuergeschлезгиLingua Franca NovaLimburgsLigurelombardlietuviųlatviešuमगहीBasa BanyumasanмокшеньMalagasyолык марийMāoriMinangkabauмакедонскиമലയാളംмонголꯃꯤꯇꯩ ꯂꯣꯟमराठीBahasa MelayuMaltiэрзяньمازِرونیनेपालीNederlandsnorsk nynorsknorskNovialDiné bizaadChi-ChewaoccitanlivvinkarjalaиронਪੰਜਾਬੀPapiamentupolskiPiemontèisپنجابیportuguêsRuna SimiromânăрусскийрусиньскыйIkinyarwandaसंस्कृतम्саха тылаᱥᱟᱱᱛᱟᱲᱤsardusicilianuScotsسنڌيsrpskohrvatski / српскохрватскиසිංහලSimple EnglishslovenčinaslovenščinachiShonashqipсрпски / srpskiSundasvenskaKiswahiliślůnskiதமிழ்తెలుగుтоҷикӣไทยTürkmençeTagalogtolışitoki ponaTürkçeтатарча / tatarçachiTumbukaTwiудмуртئۇيغۇرچە / Uyghurcheукраїнськаاردوvènetovepsän kel’Tiếng ViệtWest-VlamsVolapükWinaray吴语მარგალურიייִדישYorùbáZeêuws文言閩南語 / Bân-lâm-gí粵語中文

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article