factograf
UZ
Sign in

Walter Chrysler

Walter Chrysler

Key facts

tugʻilgan sanasi2-aprel, 1875
vafot sanasi18-avgust, 1940
kasbimuhandis
tugʻilgan joyiWamego
All data from the card 7
Tavalludi
2-aprel 1875-yilWamego, Kansas, AQSh
Vafoti
18-avgust 1940-yil (65 yoshda)Kings Point, Nyu-York, AQSh.
Fuqaroligi
amerika
Kasbi
mexanik, menejer, tadbirkor
Turmush oʻrtogʻi
Della Viola Forker (1938-yil 58 yoshida vafot etgan)
Bolalari
Thelma Irene ChryslerBernice ChryslerWalter P. Chrysler Jr.John Forker Chrysler
Otasi
Henry Chrysler

Walter Percy Chrysler (1875-yil 2-aprel – 1940-yil 18-avgust) – avtomobil sanoatida amerikalik ilk ixtirochi, Amerika avtomobilsozlik sanoati rahbar va Amerikaning Chrysler Corporation asoschisi.

Yoshlik yillari

Chrysler Wamego, Kansas shahrida Anna Maria Chrysler (née Breymann) va Henry Chrysler oilasida dunyoga kelgan. U Ellis, Kansasda voyaga yetgan, bugungi kunda ushbu joyda uning bolalik uyi muzeyi bor. Uning otasi 1850-yilda Chatham, Ontarioda tugʻilgan va 1858-yildan soʻng AQShga koʻchib ketgan. Chrysler oʻz faoliyatini Ellisda mashinist va temiryoʻl mexanigi sifatida boshlagan. U Pennsylvania shtatining Scranton shahridagi Xalqaro sirtqi maktabning sirtqi kurslarida tahsil olib, mexanik diplomini oldi.

Oilasi

Walter Chryslerning otasi Henry (Hank) Chrysler Amerika fuqarolar urushi faxriysi boʻlib, u Kansas Tinch okeani temiryoʻli va Tinch okeani ittifoqi temir yoʻlida temiryoʻl muhandisi boʻlgan. Walterning onasi Rocheport, Missourida tugʻilgan boʻlib, u nemis-amerikan edi.

Temiryoʻldagi faoliyati

Chrysler Ellisdagi temiryoʻlda mashinist va mexanik sifatida ish boshlagan. Keyinchalik u bir necha yillar davomida gʻarbga sayohat qilib, turli temiryoʻllarda mexanik boʻlib ishladi. Chrysler dastlab 1897-yilda Vellington, Kansasga, soʻngra ikki hafta davomida Denver, Koloradoga va nihoyat Chyenn, Vayomingga koʻchib oʻtgan. U Trinidad, Koloradoda brigadir, boshliq, boʻlinma mexanigi va bosh mexanik kabi lavozimlarda ishlagan.

1905-yildan 1906-yilgacha Chrysler G'arbiy Texas Childressdagi Fort-Worth va Denver temir yoʻlida ishlagan. Keyinchalik u Oelwein, Lowada yashab, Chikago Great Westernning asosiy ustaxonalarida ishlagan.

Uning temiryoʻlchilikdagi faoliyatining yuqori davri Pittsburgh, Pennsylvaniada boʻlib, u yerda American Locomotive Company(Alco) ning Allegheny lokomotiv oʻrnatish sexlari boshqaruvchisi boʻldi.

Avtomobilsozlikdagi faoliyati

Ushbu plakat Chrysler Buildingda joylashgan.
Ushbu plakat Chrysler Buildingda joylashgan.

Chryslerning avtomobilsozlikdagi faoliyati 1911-yilda bankir Jeyms J. Storrow bilan boʻlgan uchrashuvdan boshlangan. U oʻsha paytda Alco direktori edi. Uchrashuvda Storrow undan avtomobil ishlab chiqarish haqida oʻylaganmisiz, deb soʻraydi. Chrysler oʻsha paytda avtomobilsozlikka juda qiziqqar edi. Storrow oʻz kompaniyasiga ishlab chiqarish boshligʻini izlayotgan Buick Motor Companyning prezidenti Charlz V. Nash bilan uchrashuv tashkil qilib, Chryslerni ushbu lavozimga tavsiya qiladi. Koʻp yillab temir yoʻl ishlarida faoliyat yuritgan Chrysler Flint, Michigandagi Buickda ish boshqaruvchisi boʻlish uchun temir yoʻldan isteʼfoga chiqdi.

Keyingi yillari

Sleepy Hollow Cemeterydagi Walter Chrysler maqbarasi
Sleepy Hollow Cemeterydagi Walter Chrysler maqbarasi

1923-yilda Chrysler Henri Willis Bendeldan Kings Pointdagi (Long-Aylend, Nyu-York) qirgʻoq boʻyidan oʻn-ikki-akr (5 ga) uy sotib oldi va uy nomini „Forker House“ deb oʻzgartirdi. 1941-yil dekabr oyida ushbu mulk AQSH hukumatining Urush yuk tashish departamentiga sotildi va Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz savdo akademiyasi tarkibida Wiley Hall nomi bilan qayta nomlandi. 1934-yilda Chrysler Warrentondagi mashhur Fauquier White Sulphur Springs kompaniyasi kurortini sotib olib, u yerda kapital taʼmirlashni amalga oshirdi. 1953-yilda sotilgan bu mulk qishloq klubi sifatida xizmat koʻrsatib, u bugungi kungacha saqlanib qolgan.

1936-yil bahorida 61 yoshga toʻlgan Chrysler kompaniyaning kundalik biznesidagi faoliyatini toʻxtatdi. Ikki yildan soʻng rafiqasi 58 yoshida vafot etgach, sevgilisidan ayrilgan Chrysler insultni boshdan kechirdi. Uning avvalgi sogʻligʻi qayta tiklanmadi va u 1940-yilning avgustida Nyu-Yorkdagi Kings Pointdagi Forker Houseda miyaga qon quyilishi tufayli vafot etdi. U Nyu-Yorkdagi Sleepy Hollow qabristoniga dafn etilgan.

Havolalar

  • Photo of the Bendel Estate at Kings Point (Wayback Machine saytida 2019-10-29 sanasida arxivlangan)
  • "The Man Who Bet His Dreams", Popular Mechanics, August 1932, pp. 194–198

Read next

In 39 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article