Votchina — 1) Rossiyada yer egaligining merosiy ravishda oʻtadigan qad. turi. X—XIV asrlar (knyaz, boyar, monastir V.si), XIII—XV asrlarda yer egaligining hukmron shakli. XV asr oxirida pomestega qarshi turgan, lekin XVI—XVII asrlarda u bilan yaqinlashib, XVIII asr boshida birlashib ketgan va yangi tur imeniye vujudga kelgan. Keyinchalik V. — har qanday feodal yer egaligi. 2) Rossiya tarixiy adabiyotlarida feodal yer egaligi majmuasi va u bilan aloqador tobe dehqonlarga boʻlgan huquqlarni anglatuvchi termin. V. sinonimlari — senoriya, manor, pomeste.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil