factograf
UZ
Sign in

Vezzi

Vezzi
Stakan yorligʻi. Vetssi chinni, Metropolitan sanʼat muzeyi, Nyu-York .
Stakan yorligʻi. Vetssi chinni, Metropolitan sanʼat muzeyi, Nyu-York .

"Vetssi" italyan chinni brendi boʻlib, Venetsiyadagi chinni fabrikasida ishlab chiqariladi, 1720-yilda Vetssi oilasi tomonidan asos solingan. U Italiyaning birinchi chinni zavodidir. Ishlab chiqarish taxminan 7 yil, 1727-yilgacha davom etib, 200 dan kamroq namunalar saqlanib qolgan. Vetssi qattiq loydan chinni idishlar yasagan. Vetssi ishlab chiqarish korxonasi Meysen va Vena zavodlaridan hunarmandlarni yollangan.

Vetssi chinnisi

Vetssilar asosan choy toʻplamlari: kosalar, likopchalar, choynaklar, shuningdek, laganlar ishlab chiqargan. Koʻpgina dastasiz piyolalar tutqichsiz stakanlar koʻrinishida boʻlib, bizgacha saqlanib qolgan Vetssi chinnilarining katta qismini tashkil etuvchi choynaklar koʻpincha qolip yordamida berilgan shakllar, shu jumladan relyef bezaklari bilan bezatilgan. Chinni idishlar, odatda oq va yarimshaffof boʻlib, vaqt oʻtishi bilan sargʻish tusga kirgan. Ularning shakli kumushdan yasalgan oshxona anjomlarini takrorlagan, ammo Yevropaning yirik ishlab chiqarishlari va Osiyo mahsulotlari taʼsirida turli uslubda yorqin ranglarda boʻyalgan..

Tarixi

Franchesko Vetssi (1651-1740) zargar boʻlsa-da, biznesga „olibsotarlik“ nuqtainazaridan qaragani bois Vena chinni zavodiga tashrif buyuradi. Shuningdek, u oʻziga Venetsiya zodagon unvonini ham sotib oladi. Vetssi oʻz oʻgʻli Jovanni (1687-yilda tugʻilgan) boshqargan zavodni moliyalashtirgan. Vetssi oilasi 1721-yilda nemis ustasi Kristof Konrad Gungerni sherik qilib oladi. Gunger Vena shahrida ishlagan va Maysenga tashrif buyurib turgan va aynan shu yerda u avstriyalik va nemis ustalarining chinni ishlab chiqarishdagi baʼzi sir-asrorlarini bilib olgan.

Biroq, 1724-yilda Gunger Venetsiyani tark etadi va 1727-yilda Maysenga qaytib keladi. Ehtimol, ayni shu holat Saksoniyadan chinni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan kaolin yetkazib berishni toʻxtatishga olib kelgan. Vetssi chinnisining oʻsha paytlardagi noyobligi shunda ediki, Vetssi hukmdorlarga tegishli boʻlgan yoki davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan Vena va Maysen fabrikalaridan farqli oʻlaroq, davlat qoʻllab-quvvatlovidan foydalanmagan. Vetssi faqat bozor qonunlari asosida ishlagan. Natijada, Jovanni Vetssi alaloqibat, nafaqat boshqalar, balki otasi Franchesko qarshiligiga ham duch kelgan boʻlishi mumkin. 1727-yilda ota va oʻgʻil oʻrtasidagi kelishuv chinni pechlarini yoʻq qilish sharti bilan oʻgʻil qarzlarini qoʻqqa chiqardi.

Galereya

Vaza, Querini Stampaglia fondi, Venetsiya.
Vaza, Querini Stampaglia fondi, Venetsiya.
Rölyef shakli va bo'yalgan dekorli choynak. 1720-1727, Metropolitan san'at muzeyi, Nyu-York .
Rölyef shakli va bo'yalgan dekorli choynak. 1720-1727, Metropolitan san'at muzeyi, Nyu-York .
Rölyef shakli va bo'yalgan dekorli choynak. 1720-1727, Metropolitan san'at muzeyi, Nyu-York .
Rölyef shakli va bo'yalgan dekorli choynak. 1720-1727, Metropolitan san'at muzeyi, Nyu-York .
Aktrisalar tasvirlari bilan bo'yalgan relyef shaklidagi choynak, v. 1725, Viktoriya va Albert muzeyi, London .
Aktrisalar tasvirlari bilan bo'yalgan relyef shaklidagi choynak, v. 1725, Viktoriya va Albert muzeyi, London .
4 images

Havolalar

  • {{* „Итальянский фарфор. Первые мануфактуры в Италии“. Фарфорушка. 2019-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-iyun.

Read next

In 5 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article