factograf
UZ

Turkiya hukumati

Turkiya hukumati

Key facts

bu konsepsiyaning alohida holatihukumat, Ijro etuvchi hokimiyat
davlatTurkiya
joylashgan maʼmuriy birligiAnkara
lavozimiChankaya saroyi
All data from the card 12
Tashkil etilgan
29-oktyabr, 1923-yil
Asosiy hujjat
Turkiya Konstitutsiyasi
Yurisdiksiya
Turkiya
Veb-sayt
turkiye.gov.tr
Organ
Turkiya Buyuk Millat Majlisi
Majlis joyi
Buyuk Millat Majlisi
Prezident
Turkiya Prezidenti
Qarorgoh
Prezidentlik majmuasi, Anqara
Asosiy organ
Prezident
Vazirliklar
17 ta vazirlik
Oliy sud
Turkiya Kassatsiya sudi
Sud qarorgohi
Anqara

Turkiya hukumati (turkcha: Türkiye Cumhuriyeti Hükûmeti) – Turkiyaning markaziy hukumati hisoblanadi. Unitar davlat sifatida, prezidentlik vakillik demokratiyasi va konstitutsiyaviy respublika boshqaruv shakliga hamda koʻppartiyaviylik tizimiga ega. „Hukumat“ atamasi institutlar majmuasini (ijroiya, qonun chiqaruvchi va sud tarmoqlari) yoki xususan Turkiya Vazirlar Mahkamasini anglatishi mumkin.

Konstitutsiya

Konstitutsiyaga koʻra, Turkiya hukumat tizimi hokimiyatlarning boʻlinishi tamoyiliga asoslanadi. Konstitutsiyada qonun chiqaruvchi hokimiyat Turkiya buyuk millat majlisiga (7-modda), ijro etuvchi hokimiyat Turkiya prezidentiga (8-modda) yuklatilganligi va sud hokimiyati mustaqil hamda xolis sudlar tomonidan amalga oshirilishi (9-modda) belgilangan. Shuningdek, parlament va prezidentlik saylovlari har besh yilda bir marta oʻtkazilishi koʻrsatilgan (77-modda). Parlament deputatlar tomonidan tayyorlangan qonun loyihalarini qabul qiladi (88-modda). Prezident parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarni eʼlon qiladi (89-modda). Prezident qonunning ayrim qoidalariga veto qoʻyishi va uni qayta koʻrib chiqish uchun parlamentga qaytarishi mumkin, biroq parlament koʻpchiligi qonunni yoki uning qoidalarini qayta koʻrib chiqishni rad etsa, prezidentning roziligi talab qilinmaydi (89-modda). Prezident qonunlarning shakli yoki mazmuni jihatidan konstitutsiyaga zid ekanligi asosi bilan ularning barchasini yoki ayrim qoidalarini bekor qilish uchun Turkiya Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilishi mumkin (104/7-modda). Bunday holda, Konstitutsiyaviy sudning qarori yakuniy hisoblanadi (153-modda).

Hukumat tarmoqlari

Prezidentlik majmuasi (Turkiya)
Prezidentlik majmuasi (Turkiya)
Anqaradagi Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarni boshqarish boshqarmasi binosi
Anqaradagi Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarni boshqarish boshqarmasi binosi
Turkiyaning Anqara shahridagi Kassatsiya sudi.
Turkiyaning Anqara shahridagi Kassatsiya sudi.
3 images

Qonun chiqaruvchi tarmoq

Qonun chiqaruvchi hokimiyat 600 aʼzodan iborat bir palatali parlamentga tegishli. Aʼzolar besh yil muddatga D'HOnt usuli boʻyicha saylanadi. Oʻn sakkiz yoshga toʻlgan har bir fuqaro deputat boʻlish huquqiga ega. Buyuk Millat Majlisi aʼzolari davlat idoralarida va boshqa davlat korporativ organlarida hamda ularning shoʻba korxonalarida lavozim egallashi mumkin emas.

Parlament aʼzolari siyosiy partiya nomidan yoki mustaqil siyosatchi sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Ular, shuningdek, oʻzlari saylangan viloyat delegatlari hisoblanadi. Qonunga oʻzgartirish kiritish uchun oddiy koʻpchilik, konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish uchun esa uchdan besh qism koʻpchilik ovozi talab qilinadi. Qonun loyihalari har qanday parlament aʼzosi tomonidan taklif qilinishi mumkin.

Turkiya buyuk millat majlisining vazifa va vakolatlari qonunlarni qabul qilish, oʻzgartirish va bekor qilish; budjet va yakuniy hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi qonun loyihalarini muhokama qilish va qabul qilish; urush eʼlon qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish; xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishni maʼqullash; amnistiya va afv etishni eʼlon qilish toʻgʻrisida uchdan besh qism koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qilish hamda Konstitutsiyaning boshqa moddalarida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshirish va vazifalarni bajarishdan iborat.

Ijroiya tarmogʻi

Turkiya hukumatida ijro etuvchi hokimiyat Turkiya prezidentiga tegishli boʻlib, vakolatlar koʻpincha Vazirlar Mahkamasi aʼzolari va boshqa mansabdor shaxslarga topshiriladi.

Prezident

Ijroiya tarmogʻi Konstitutsiyaning III qismiga muvofiq, prezident va prezident vakolatlari berilgan shaxslardan iborat. Prezident ham davlat rahbari, ham hukumat rahbari, shuningdek, harbiy oliy bosh qoʻmondon hisoblanadi. Konstitutsiyaga koʻra, prezident „Konstitutsiyaning amalga oshirilishini taʼminlashi“ hamda „davlat organlarining tartibli va uygʻun ishlashini taʼminlashi“ shart.

Prezident parlament tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlarini imzolashi yoki ularga veto qoʻyishi mumkin, bu esa parlamentdagi oddiy koʻpchilik ovozi veto bekor qilinmaguncha qonun kuchga kirishiga toʻsqinlik qiladi. Prezident tomonidan maʼqullangan qonunlar Rasmiy gazetada eʼlon qilinadi va agar qonunning oʻzida muayyan muddat belgilanmagan boʻlsa, ushbu nashrdan keyin kuchga kiradi. Prezident, shuningdek, prezident farmonlarini chiqarish orqali qonunchilik tashabbusi bilan chiqish qobiliyatiga ega. Biroq, parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar normalar iyerarxiyasida bir xil masalaga oid prezident farmonlaridan ustun turadi. Bundan tashqari, asosiy va shaxsiy huquqlar yoki majburiyatlar hamda siyosiy huquqlar yoki majburiyatlar prezident farmonlari bilan tartibga solinishi mumkin emas.

Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va agentliklar

Federal qonunlarning kundalik ijrosi va boshqaruvi milliy hamda xalqaro ishlarning muayyan sohalari bilan shugʻullanuvchi turli ijro etuvchi vazirliklar qoʻlida. Turkiya Vazirlar Mahkamasi tarkibiga prezident va vazirlar kiradi. Qonun chiqaruvchi tarmoqning ijroiya tarmogʻidan ajratilishi doirasida Vazirlar Mahkamasi aʼzolari vazirlik faoliyati davomida parlament aʼzosi boʻlishi mumkin emas.

Vazirliklardan tashqari, bir qator shtat tashkilotlari Prezident apparati tarkibiga kiritilgan. Bularga Milliy xavfsizlik kengashi, Davlat nazorat kengashi, Milliy razvedka tashkiloti, Kommunikatsiyalar boshqarmasi, Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarni boshqarish boshqarmasi (AFAD) hamda Strategiya va budjet boshqarmasi kiradi. Shuningdek, Turkiya elektr energiyasini uzatish korporatsiyasi kabi davlat korxonalari ham mavjud.

Sud tarmogʻi

Turkiya Konstitutsiyaviy sudi, Kassatsiya sudi, Davlat kengashi va Yurisdiksiyaviy nizolar sudi Konstitutsiyaning sud boʻlimida qayd etilgan oliy sudlardir. Sudlar fuqarolik huquqi doirasida ish yuritadi.

Konstitutsiyaviy sud qonunlarning konstitutsiyaga muvofiqligini tekshiradi. 2005-yildan buyon turli xalqaro inson huquqlari shartnomalarida belgilangan huquqiy tamoyillar ham baholanmoqda. Hukumat institutlari, hukmron partiyalar va muxolifat sudga bevosita murojaat qilish huquqiga ega. Fuqarolar, shuningdek, davom etayotgan sud jarayonida muayyan qonunning konstitutsiyaga zidligi haqida daʼvo qilishlari mumkin.

Xalqaro shartnomalar parlament tomonidan ratifikatsiya qilinganidan keyin iyerarxik jihatdan kodekslar va qonunlar bilan bir xil kuchga ega boʻladi. Biroq, asosiy huquq va erkinliklarga oid xalqaro shartnoma qoidalari ichki kodeks va qonunlardan ustun turadi.

Fuqarolik sudlarining vakolatlari doirasida kadastr sudlari, tijorat sudlari, isteʼmolchilar sudlari, intellektual va sanoat mulki sudlari hamda mehnat sudlari kabi muayyan huquqiy sohalar uchun ixtisoslashgan sudlar ham mavjud. Ayrim nizolarda sudga murojaat qilishdan oldin Sport arbitraj qoʻmitasi va Turkiya futbol federatsiyasi arbitraj qoʻmitasi kabi kvazi-huquqiy organlardan foydalanish lozim.

Saylovlar va ovoz berish tizimi

2019-yilgi mahalliy saylovlarda davlat maktabida ovoz berayotgan fuqarolar.
2019-yilgi mahalliy saylovlarda davlat maktabida ovoz berayotgan fuqarolar.

18 yoshdan oshgan barcha Turkiya fuqarolari saylovlarda ovoz berish va referendumlarda ishtirok etish huquqiga ega. Turkiyalik ayollar mahalliy saylovlarda ovoz berish huquqini 1930-yilda qoʻlga kiritgan. Toʻrt yil oʻtgach, barcha Turkiya saylovlarida umumiy saylov huquqi joriy etildi. Turkiya 1950-yildan beri koʻppartiyaviy demokratiya hisoblanadi.

Har bir saylov turi uchun qoʻllaniladigan saylov tizimlarining qisqacha tavsifi quyidagicha:

  • Prezidentlik saylovlari: Ikki bosqichli tizim. Agar birorta nomzod umumiy ovozlarning kamida 50% +1 qismini ololmasa, dastlabki saylovdan ikki hafta oʻtgach, eng koʻp ovoz olgan ikki nomzod ishtirokida takroriy saylov oʻtkaziladi.
  • Parlament saylovlari: D’Ont usuli – aholi soniga qarab turli miqdordagi deputatlarni saylaydigan 87 ta saylov okrugidan Buyuk Millat Majlisiga 600 nafar deputatni saylash uchun partiyaviy roʻyxat boʻyicha proporsional vakillik tizimi.
  • Mahalliy saylovlar: Metropoliten va tuman merlari, munitsipal va viloyat kengashi aʼzolari, mahalla raislari va ularning qishloq kengashlari majoritar tizim orqali saylanadi, bunda har bir munitsipalitetda gʻolib nomzod oddiy koʻpchilik ovozi bilan aniqlanadi.

Mahalliy boshqaruv

Konstitutsiyada mahalliy hokimiyat organlari sifatida munitsipalitetlar, maxsus viloyat maʼmuriyatlari va qishloqlar koʻrsatilgan. Viloyatlarni boshqarish vakolatlarni topshirish tamoyiliga asoslanadi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlarining meʼyoriy va budjet muxtoriyati Konstitutsiya bilan kafolatlangan.

Gubernator (voliy) viloyatda hukumat vakili hisoblanadi, shuningdek, u maxsus viloyat maʼmuriyatining rahbari va ijro etuvchi organi hisoblanadi. Gubernatorlar viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi sifatida faoliyat yuritadi.

Moliya

Soliqqa tortish

Soliqlarning aksariyati markaziy hukumat tomonidan undiriladi. Biroq, baʼzi bir maxsus soliqlar munitsipalitetlar tomonidan undiriladi. Turkiyadagi soliq tizimi Soliq tartibi toʻgʻrisidagi qonun bilan tartibga solinadi. U huquqlarni, majburiyatlarni, vazifalarni bajarishni hamda hisoblash tamoyillarini tartibga soladi. Ushbu qonun barcha soliq qonunlarining protsessual va rasmiy qoidalarini oʻz ichiga oladi. Soliq tartibi beshta asosiy boʻlimdan iborat: soliqqa tortish, soliq toʻlovchining majburiyatlari, baholash, jazo qoidalari va soliq ishlari.

Budjet

Budjet hujjati koʻpincha prezidentning parlamentga keyingi fiskal yil (fiscal year) uchun moliyalashtirish darajasini tavsiya etuvchi taklifi bilan boshlanadi. Fiskal yil 1-yanvarda boshlanib, kelgusi yilning 31-dekabrida tugaydi. Davlat va davlat korxonalaridan (SOE) tashqari ommaviy korporatsiyalarning xarajatlari yillik markaziy hukumat budjetlari bilan belgilanadi.

Read next

In 13 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article