factograf
UZ
Sign in

Total Commander

Total Commander
All data from the card 8
Boshqa nomlari
Windows Commander
Yaratgan dasturchisi (firmasi)
Christian Ghisler
Dastlabki foydalanishga chiqarilishi
25.09.1993
Dasturning amaliyotga tatbiqi
10.51 / 1.09.2022
Operatsion sistema
Windows
Platforma
Andoid
Turi
Fayl boshqaruvchisi
Veb sayt
https://www.ghisler.com/

Total Commander (oldingi nomi Windows Commander) — Christian Ghisler tomonidan ishlab chiqilgan Windows, Windows Phone, Windows Mobile/Windows CE va Android uchun fayl boshqaruvchi. Dastur ikki asosiy oynaga ajralgan va quyi qismida tezkor buyruqlar tugmalari mavjud.

Afzalliklari

Total Commanderning asosiy imkoniyatlari:

USB xotiralardan kompyuterga virusni oʻtkazmaslikka harakat qilishi;

Viruslarni dastur orqali koʻrish imkoniyati;

Fayllarni koʻrsatish/yashirish, yoʻq qilish, qayta nomlash, koʻrish, qidirish.

Bir ekranda 2 oyna bilan ishlash;

Fayl hamda papkalarni boshqa papkaga va bir diskdan boshqa diskka koʻchirish osonligi;

Formati nomaʼlum, tizim fayllarni koʻrish va ularga oʻzgartirish kiritish imkoniyati

Fayl va kataloglarni arxivlash hamda arxivdan chiqarish;

Fayl hamda kataloglarni alifbo, kengaytma, yaratilgan sana va oʻlchami orqali tartiblash;  

Arxivlangan fayl va kataloglarni oldindan ko’rish;

Kompakt diskka yozish;

Elektron jadvallar va maʼlumotlar bazasi bilan ishlash;

Tezkor tugmalar orqali amallarni oson bajarish imkoniyati va boshqalar.

Tezkor tugmalar va vazifalari

Yuqori qator

F1 — Foydalanuvchi yoʻriqnomasi;

F2 — Qayta nomlash;

F3 — Qisqa koʻrish;

F4 — AkelPad;

F5 — Qarama-qarshi oynaga nusxalash;

F6 — Qarama-qarshi oynaga koʻchirish;

F7 — Yangi papka ochish;

F8 — Belgilangan fayli oʻchirish;

Alt tugmasi bilan

Alt+F1 — Chap oynadagi diskni oʻzgartirish;

Alt+F2 — Oʻng oynadagi diskni oʻzgartisih;

Alt+F3 — Faylni kod shaklida koʻrish;

Alt+F4 — Dasturdan chiqish;

Alt+F5 — Arxivlash;

Alt+F6 — Arxivdan chiqarish;

Alt+F7 — Umumiy qidirish;

Alt+F8 — Oynadagi fayllardan qidirish.

Ctrl tugmasi bilan

Ctrl+F3 — Alifbo tartibi boʻyicha;

Ctrl+F4 — Turi boʻycha;

Ctrl+F5 — Sanasi boʻyicha;

Ctrl+F6 — Hajm boʻyicha tartiblaydi;

Ctrl+F7 — Betartib roʻyxat

Havolalar

  • Total Commander Play Marketda
  • Dasturning rasmiy sayti

Read next

In 26 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article