factograf
UZ

Serjipi

Serjipi

Key facts

aholisi2 288 116
hudud22 050km²
bu konsepsiyaning alohida holatiBraziliya hududiy bo'linishi
davlatBraziliya
poytaxtArakaju
tashkil etilgan1889
All data from the card 8
Maʼmuriy markazi
Arakaju
Gubernator
Jekson Barreto de Lima
Aholi (2010)
2 068 017 kishi
Zichligi
94,35 kishi./km²
Maydoni
21 918,4 km² (26-oʻrin)
Vaqt mintaqasi
UTC-3
Kod ISO 3166-2
BR-SE
Rasmiy sayti
http://www.se.gov.br

Serjipi — Braziliyaning shim.sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 22 ming km². Aholisi 1,7 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Arakaju sh. Braziliya yassitogʻligining sharqiy yon bagʻirlarida joylashgan, sharqiy qismi Atlantika boʻyi pasttekisligidan iborat. Iqlimi tropik, passatli, quruq iqlim. Oʻrtacha temperaturasi yanvarda 27°, iyulda 24°. Yillik yogʻin 600–1000 mm. Yirik daryosi — SanFransisku. Gʻarbida savanna va siyrak oʻrmonlar bor. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — qishloq xoʻjaligi Sohil boʻyida shakarqamish, apelsin, tamaki, maniok, makkajoʻxori, dukkakli ekinlar, sholi, qurgʻoqchil Braziliya yassitogʻligida paxta ekiladi. Qoramol boqiladi. Kokos yongʻogʻi yigʻiladi. Ip gazlama, paxta tozalash, oziq-ovqat, koʻnpoyabzal sanoati korxonalari bor. Asosiy porti — Arakaju.

Manbalar


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Read next

In 100 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article