factograf
UZ

1942-yilda Amerika animatsion filmi

Saludos Amigos

Saludos Amigos

Key facts

nashr etilgan sanasi24-avgust, 1942
bu konsepsiyaning alohida holatifilm
janrmusiqiy film
All data from the card 13
Rejissyor(lar)
Norman Ferguson Wilfred Jackson Jack Kinney Hamilton Luske Bill Roberts
Prodyuser(lar)
Walt Disney
Rollarda
Lee Blair Mary Blair Pinto Colvig Walt Disney Norman Ferguson Frank Graham Clarence Nash José Oliveira Frank Thomas
Hikoyachi(lar)
Fred Shields
Bastakor(lar)
Paul Smith Edward H. Plumb
Studiya
Walt Disney Productions
Distribyutor
RKO Radio Pictures
Premyerasanasi
1942-yil 24-avgust (Rio de Janeiro) 1943-yil 6-fevral (Boston) 1943-yil 19-fevral (AQSh)
Davomiylik
42 daqiqa
Mamlakat
AQSH
Tillar
inglizcha portugalcha ispancha
Daromad
$1,135 million
Keyingi film
The Three Caballeros

Saludos Amigos (ispanchadan tarjimasi — „Salom, oʻrtoqlar“) 6chi toʻliq metrajli Disney animatsion filmidir. 1942-yilda ekranlarga chiqarilgan. Walt Disney Productions tomonidan ishlangan va RKO Radio Pictures tomonidan tarqatilgan. Filmga Walt Disney produserlik qilgan. Film sujetiga koʻra, toʻrt segmentga boʻlinadi, voqealari esa Lotin Amerikasida kechadi; toʻrt segmentdan ikkitasida Donald Duck, bittasida Goofy qatnashadi. Shuningdek, multfilmda ilk bor José Carioca ismli sigareta chekadigan toʻti personaji ham koʻrinish beradi.

Saludos Amigos premyerasi 24-avgust 1942-yilda Rio de Janeiro shahrida, 6-fevral 1943-yilda AQShda boʻldi. Multfilm davomiyligi 42 daqiqani tashkil etib, Disney tomonidan ishlab chiqarilgan toʻliq hajmli animatsion filmlar orasida eng qisqasidir.

Segmentlar

  • Lake Titicaca (Titicaca koʻli) — amerikalik sayyoh Donald Duck, Titicaca koʻliga tashrif buyuradi hamda mahalliy aholi va oʻjar lama bilan uchrashadi.
  • Pedro — Chilidan kelgan kichik uchoq, Mendozadan pochta yetkazib berish uchun ilk parvozini amalga oshirmoqda. Bu segment qisqa hajmli film oʻlaroq 1955-yil 13-mayda RKO Pictures studiyasi tomonidan chiqarilgandir.
  • El Gaucho Goofy — amerikalik kovboy Goofy gaucho boʻlishni oʻrganish maqsadida Argentina pampaslarida oʻzini topadi. Bu segmentda Goofy sigaret chekayotgan sahna keyinchalik olib tashlandi. Ushbu qayta koʻrib chiqilgan versiya Gold Classic Collection va Classic Caballeros Collection nashrlarida paydo boʻldi. Filmning qisqartirilmagan versiyasini Walt & El Grupoʻning DVD relizi orqali bonus oʻlaroq koʻrish mumkin.
  • Aquarela do Brasil — yakuniy segmentda yangi qahramon paydo boʻladi, bu José Carioca ismli toʻtiqushdir. José Donaldga Janubiy Amerikani koʻrsatadi hamda uni „Brazil“ va „Tico-Tico no Fubá“ melodiyalari ostidagi samba bilan tanishtiradi.

Ovoz berganlar

  • Lee Blair — oʻzi
  • Mary Blair — oʻzi
  • Pinto Colvig — Goofy
  • Walt Disney — oʻzi
  • Norman Ferguson — oʻzi
  • Frank Graham — oʻzi
  • Clarence Nash — Donald Duck
  • José do Patrocínio Oliveir — José Carioca
  • Fred Shields — sharhlovchi
  • Frank Thomas — oʻzi
  • Stuart Buchana — jamoat joylariga qarab yuradigan kishi

Nomzodliklar

Film 1943-yilda oʻtkazilgan Oscar (Akademiya) topshirish marosimida uchta nominatsiyaga loyiq topilgan.

Mukofot Natija
Eng yaxshi myuzikl Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng yaxshi asl ashula
Ashula: Saludos Amigos
Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng yaxshi ovoz
(C. O. Slyfield)
Nomzodlikka qoʻyilgan

Havolalar


Read next

In 70 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article