factograf
UZ

Ruggero Leoncavallo

Ruggero Leoncavallo

Key facts

tugʻilgan sanasi23-aprel, 1857
vafot sanasi9-avgust, 1919
oʻquv muassasasiBolonya universiteti
kasbikompozitor, pianist
tugʻilgan joyiNeapol
vafot joyiMontecatini Terme
All data from the card 3
Tavalludi
23-aprel 1857
Vafoti
9-avgust 1919
Fuqaroligi
Italiya qirolligi

Ruggero Leoncavallo (talaffuzi: Rujjero Leonkavallo; 1857.25.4, Neapol — 1919.9.8, Florensiya yonidagi Montekatini) - italyan kompozitori, musiqiy verizm asoschilaridan. Neapol konservatoriyasi, Bolonya universitetida taʼlim olgan. Bolonya universiteti doktori (1878). Hayotni haqqoniy ifodalashga yoʻnaltirilgan verizm uslubida 20 dan ziyod opera yaratgan: "Bogema" (1897, "Lotin kvartali hayoti" nomida ham qoʻyilgan), "Zaza" (1900), "Loʻlilar" (1912) va boshqa "Masharabozlar" ("Payaslar", 1892) operasi oddiy odamlar kechinmalarining yorqin ifodalanishi, keskin dramatik rivoji, musiqiy vositalar hamda kuylarning taʼsirchanligi bilan qimmatli boʻlib, musiqa verizmining ibratli namunasiga aylangan. "Malbruk", "Atirgul qirolichasi" kabi operettalar, "Qoʻgʻirchoq hayoti" baleti, simfonik va kamer asarlar ham yaratgan. "Masharabozlar" operasi Navoiy teatrining repertuaridan doimiy oʻrin olgan.

Manbalar


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Read next

In 62 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article