Ponton (lotincha: pons — koʻprik) — sodda shakldagi, tagi yassi, palubali yoki palubasiz kema; kran prichali, koʻprik tayanchi va boshqa uchun suzuvchi asos boʻlib xizmat qiladi; P.larni bir-biriga ulab, koʻprik-lentalar, suzuvchi asos yoki paromlar quriladi. P.dan muhandislik qoʻshinlarida daryoni kechib oʻtish vositasi sifatida, koʻpriklarni sozlashda, choʻkib ketgan kemalarni koʻtarishda, suvga chuqur botib suzuvchi kemalarni sayoz joylardan oʻtka-zishda ham foydalaniladi. P.lar metall, temir-beton va damlangan re-zinali materiallardan yasaladi. P.lardan qurilgan koʻprik, asosan, kechuv paytida vaqtincha ishlatiladi. Baʼzi hollarda doimiy P.-koʻpriklar ham qurilishi mumkin. Ular 80 t gacha yuk koʻtara oladi (qarang: Ponton koʻprik).
sodda shakldagi, tagi yassi
Ponton
.jpg?width=1280)
Read next
In 36 languages
Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article