Ozarbayjon futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (ozar. Azərbaycan Futbol Federasiyaları Assosiasiyası; AFFA) – Ozarbayjonda futbol sport turini boshqaruvchi tashkilot hisoblanadi. 1992-yilda tashkil etilgan boʻlib, u mamlakat hududidagi havaskor va professional futbolning barcha jihatlarini nazorat qiladi. AFFA UEFA va FIFA aʼzosi hisoblanadi.
AFFA oʻz vakolatlari doirasida mamlakat miqyosidagi barcha rasmiy futbol uchrashuvlariga ruxsat beradi va tartibga soladi. Tashkilot bir qator turnirlarni tashkil etadi, ulardan eng mashhuri – Ozarbayjon Kubogi hisoblanadi. Shuningdek, AFFA erkaklar, ayollar va yoshlar terma jamoalari hamda ularning ligalariga rahbariyat tayinlash uchun ham javobgardir.
Tarixi
AFFA 1992-yil 26-martda, Ozarbayjon SSSR dan mustaqillikka erishganidan soʻng tashkil etilgan. 2009-yil 23-fevralda assotsiatsiya UEFA vitse-prezidenti Şenes Erzik bilan birgalikda Boku shahrining Nobel prospektida joylashgan Ozarbayjon futbol akademiyasini ochdi.
2010-yilda assotsiatsiya yangi logotipni qabul qildi. 2012-yilda federatsiyada saylov oʻtkazildi, unda Rovnag Abdullayev yagona nomzod sifatida qatnashdi. U AFFA prezidenti lavozimiga ikkinchi muddatga saylandi.
Aʼzolar
- Prezident: Rovshan Najaf
- Hududiy futbol federatsiyalari: Balakishi Gasimov (AFFA vitse-prezidenti), Elshad Nasirov (AFFA vitse-prezidenti), Sarkhan Hajiyev (AFFA ijrochi vitse-prezidenti)
- Professional futbol ligasi: Farid Mansurov, Gurban Gurbanov, Khayal Javarov, Magsud Adigozalov, Samad Gurbanov
- Sektsion futbol federatsiyasi: Leyla Khalilova Rzazada, Ulvi Mansurov
- Ommaviy futbol uyushmasi: Konul Mehtiyeva: (AFFA vitse-prezidenti), Zaur Axundov
FIFA bilan aloqalar
2002-yil aprel oyida mamlakat futbol assotsiatsiyasi katta zarba oldi – UEFA AFFA bilan Ozarbayjon oliy ligasining asosiy klublari oʻrtasidagi uzoq davom etgan mojaroga javoban ikki yillik diskvalifikatsiya jazosini joriy qildi. Mojaro oqibatida ichki chempionat toʻxtatildi, yetakchi klublar esa oʻz futbolchilariga milliy terma jamoada oʻynashga ruxsat bermadi. Shu bilan birga, soliq idoralari federatsiyada firibgarlik holatlari yuzasidan tekshiruv oʻtkaza boshladi.
Prezidentlar
| Prezident | Lavozimidagi yillar |
|---|---|
| Fuad Musayev | 1992–2003 |
| Ramiz Mirzayev | 2003–2007 |
| Elshad Nasirov | 2007–2008 |
| Rovnag Abdullayev | 2008–2024 |
| Rovshan Najaf | 2024–hozir |
Musobaqalar
Quyidagi musobaqalar assotsiatsiya tomonidan tashkil etiladi:
Erkaklar futboli
- Ozarbayjon Premyer-ligasi
- Ozarbayjon Birinchi ligasi
- Ozarbayjon kubogi
- Ozarbayjon Superkubogi
- Ozarbayjon futzal Premyer-ligasi
- AFFA Havaskorlar ligasi
Ayollar futboli
- Ozarbayjon ayollar Premyer-ligasi
Homiylar
Yana qarang
Havolalar
- Ozarbayjon futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (ozarbayjoncha)
- „AFFA TV“. 2011-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- Ozarbayjon FIFA vebsaytida
- Ozarbayjon UEFA vebsaytida