OKMK Olmaliq – professional futbol klubi. Olmaliqda joylashgan. Oʻzbekiston Superligasi vakili Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan professional futbol klubi boʻlib, Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etadi. Ularning futzal klubi futzal boʻyicha klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etdi.
Tarixi


AGMK futbol klubi 2004-yilda tashkil topgan. Bosh homiy va jamoa egasi – „Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ aksiyadorlik jamiyati. AGMK futbol klubining rasmiy nomi kompaniyaning rus tilidagi nomidan kelib chiqqan qisqartmadir (Rus tilida: Almalikskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat). „Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ tarqatib yuborilgan „Metallurg-Olmaliq“ futbol klubining davomchisi sifatida 1966—1988-yillarda futbol boʻyicha Sovet Ittifoqi chempionati ikkinchi ligasida ishtirok etgan.
Tashkil etilgan dastlabki yillarda klub AGMK deb atalgan. 2004-yilda AGMK zavodi Oʻzbekiston Birinchi ligasida ishtirok etish uchun ariza berdi va tez orada taklif qabul qilindi. Debyut mavsumida AGMK oltinchi oʻrinni egalladi. 2005—2006-yilgi mavsumda klub oʻninchi oʻrinni egalladi. 2007-yilgi mavsum yakunida AGMK Oʻzbekiston Birinchi ligasini 7-oʻrinda yakunladi, ammo Oliy ligada ishtirok etishi kerak boʻlgan ikki klubning moliyaviy qiyinchiliklar tufayli oʻz faoliyatini toʻxtatgani uchun, olmaliqliklarga Oʻzbekiston Oliy ligasida ishtirok etishiga ruxsat berildi.
Oliy ligadagi debyut mavsumida klub oʻn oltita jamoa orasida oʻninchi oʻrinni egallab, Oʻzbekiston kubogi yarim finaliga yoʻl oldi. Oʻsha mavsumda oltita gol urgan Litvalik Artūras Fomenka klubning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 2009-yilda klub nomini „Olmaliq“ futbol klubi deb oʻzgartirdi. Oʻsha mavsumda „Olmaliq“ futbol klubi Oliy ligadagi oʻyinlari tarixidagi eng yaxshi oʻyinini koʻrsatdi – toʻrtinchi oʻrin.
2010 va 2011-yilgi mavsumda Olmaliq futbol klubi Oliy ligada oʻn birinchi oʻrinni egalladi. 2012-yilda sakkizinchi, keyingi mavsumda esa beshinchi oʻrinni egalladi. 2012-yilda Oʻzbekiston Professional futbol ligasi kubogining finaliga chiqqan, 2013-yilda ushbu kubok sohibi boʻlgan. 2014 va 2015-yilgi mavsumda oltinchi oʻrinni egalladi. 2016-yilda jamoa Oliy Ligada oʻz tarixidagi eng past natijani koʻrsatdi va 13-oʻrinni egalladi. 2017-mavsum olmaliqliklar uchun tarixiy mavsumga aylandi. AGMK ushbu mavsumda Oliy ligada yettinchi oʻrinni egallagan boʻlsa ham, shu yili oʻz tarixida ilk bor Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi. 2020 va 2021-yilgi Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. Jamoa shuningdek, 2021-yili OCHLda debyut qilgan.
2018-yil boshida klub eski nomi – AGMKga qaytishini eʼlon qildi.
Klub prezidenti – Abdulla Xursanov (OKMK boshqaruv kengashi raisi)
Klub nomlari
| Yillar | Nomlar |
|---|---|
| 2004—2008 | OTMK Olmaliq |
| 2009—2017 | Olmaliq futbol klubi |
| 2018—2023 | AGMK Olmaliq |
| 2023— | OKMK Olmaliq |
Mahalliy musobaqlarda
| Mavsum | Liga | Oʻzbekiston kubogi | Eng yaxshi toʻpurar | Murabbiy | |||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Div. | Oʻrin | Oʻ | Gʻ | D | M | UG | O"G | O | Ism | Gollar | |||
| 2004 | Pro liga | 6 | 40 | 18 | 5 | 17 | 73 | 75 | 59 | Play-off bosqichi | Aleksandr Vostrikov | 14 | Rafael Fabarisov |
| 2005 | Pro liga | 10 | 34 | 13 | 10 | 11 | 43 | 50 | 49 | Guruh bosqichi | Shukurullo Ashurov | 15 | Rafael Fabarisov |
| 2006 | Pro liga | 6 | 38 | 20 | 9 | 9 | 58 | 35 | 69 | Play-off bosqichi | Lenur Yunusov | 16 | Rafael Fabarisov |
| 2007 | Pro liga | 14 | 38 | 13 | 9 | 16 | 57 | 49 | 48 | 1/16 final | Aziz Uralov | 5 | Rafael Fabarisov |
| 2008 | Superliga | 10 | 30 | 8 | 9 | 13 | 29 | 34 | 33 | Yarim final | Artūras Fomenka | 6 | Igor Shkvirin |
| 2009 | Superliga | 4 | 30 | 15 | 3 | 12 | 50 | 38 | 48 | 1/8 final | Muydin Mamazulunov | 12 | Igor Shkvirin |
| 2010 | Superliga | 11 | 26 | 8 | 5 | 13 | 32 | 41 | 29 | 1/8 final | Nosirbek Otaqoʻziyev | 13 | Igor Shkvirin |
| 2011 | Superliga | 11 | 26 | 8 | 5 | 13 | 37 | 45 | 29 | 1/16 final | Muydin Mamazulunov | 16 | Igor Shkvirin |
| 2012 | Superliga | 8 | 26 | 9 | 4 | 13 | 39 | 46 | 31 | 1/8 final | Zafar Polvonov | 7 | Igor Shkvirin |
| 2013 | Superliga | 5 | 26 | 11 | 7 | 8 | 46 | 43 | 40 | 1/8 final | Zafar Polvonov | 14 | Igor Shkvirin |
| 2014 | Superliga | 6 | 26 | 8 | 7 | 11 | 33 | 38 | 31 | 1/4 final | Diyor Turopov | 4 | Igor Shkvirin |
| 2015 | Superliga | 6 | 30 | 12 | 8 | 10 | 53 | 49 | 44 | 1/16 final | Nemanja Jovanović | 9 | Igor Shkvirin |
| 2016 | Superliga | 13 | 30 | 8 | 2 | 20 | 40 | 54 | 26 | 1/8 final | Muydin Mamazulunov | 6 | Igor Shkvirin |
| 2017 | Superliga | 8 | 30 | 12 | 8 | 10 | 31 | 32 | 44 | 1/8 final | Uladzislaw Kasmynin | 6 | Viktor Kumikov |
| 2018 | Superliga | 10 | 32 | 10 | 7 | 15 | 38 | 41 | 37 | Gʻolib | Jovan Đokić | 11 | Viktor Kumikov |
| 2019 | Superliga | 9 | 26 | 9 | 5 | 12 | 36 | 37 | 32 | Ikkinchi oʻrin | Zafar Polvonov | 15 | Mirjalol Qosimov |
| 2020 | Superliga | 3 | 26 | 14 | 7 | 5 | 39 | 28 | 49 | Ikkinchi oʻrin | Elguja Grigalashvili | 7 | Mirjalol Qosimov |
| 2021 | Superliga | 3 | 26 | 13 | 8 | 5 | 34 | 25 | 47 | Yarim final | Oleksandr Kasyan | 6 | Mirjalol Qosimov |
| 2022 | Superliga | 4 | 26 | 13 | 5 | 8 | 44 | 23 | 44 | Yarim final | Martin Boakye | 12 | Mirjalol Qosimov |
| 2023 | Superliga | 4 | 26 | 13 | 7 | 6 | 43 | 34 | 46 | Ikkinchi oʻrin | Xurshid Gʻiyosov | 9 | Mirjalol Qosimov |
| 2024 | Superliga | 2 | 26 | 14 | 5 | 7 | 40 | 29 | 47 | Guruh bosqichi | Xurshid Gʻiyosov | 5 | Mirjalol Qosimov |
| 2025 | Superliga | 6 | 30 | 14 | 6 | 10 | 44 | 34 | 48 | Nim choral final | Xurshid Gʻiyosov | 10 | Mirjalol Qosimov |
Xalqaro musobaqlar
- Natijalar 2021-yil 30-aprel holatiga ko'ra
| Musobaqa | Oʻyin | Gʻ | D | M | UG | OʻG | O |
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| AFC Osiyo chempionlar ligasi | 9 | 4 | 1 | 4 | 14 | 14 | 13 |
| Umumiy | 9 | 4 | 1 | 4 | 17 | 22 | 13 |
Osiyo chempionlar ligasi
- 16-avgust 2023-yil
| Musoboqa | Pld | W | D | L | GF | GA |
|---|---|---|---|---|---|---|
| AFC Osiyo Chempionlar ligasi | 11 | 5 | 1 | 5 | 17 | 22 |
| Total | 11 | 5 | 1 | 5 | 17 | 22 |
| Mavsum | Musobaqa | Bosqich | Jamoa | Uy | Safar | Natija |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 2019 | AFC Champions League | 2-saralash bosqichi | Istiqlol | 4–2 | ||
| Play-off bosqich | Al-Nassr | 0–4 | ||||
| 2021 | Play-off bosqich | Al Gharafa | 1–0 | |||
| Group A | Al Hilal | 0–3 | 2–2 | 4 | ||
| Shabab al-Ahli | 2–1 | 1–3 | ||||
| Istiqlol | 2–3 | 2–1 | ||||
| 2023–24 | Dastlabki bosqich | Al-Seeb | 1–0 | |||
| Play-off bosqich | Al-Arabi | |||||
Stadion
Stadioni – OKMK Sport majmuasi. Jamoa bu stadionda 2014-yildan buyon toʻp surmoqda.
Stadion tarixi
Jamoa Yangi stadiondan foydalanishidan avval Olmaliqdagi eski Metallurg stadionida oʻz uchrashuvlarini oʻtkazgan. Metallurg 1960-yilda qurilgan boʻlib, 11 000 tomoshabinga moʻljallangan. Bugungi kunda jamoaning yoshlar tarkibi va ayollar futbol jamoalari ushbu stadiondan foydalanmoqda. 2011-yilda klub uchun Eski stadiondan uncha uzoq boʻlmagan hududda OKMK sport majmuasi qurilishi boshlanadi. Yangi Olmaliq sport majmuasida voleybol, qoʻl toʻpi, basketbol, kurash uchun yopiq kortlar hamda ochiq va yopiq tennis kortlari ham mavjud. Qurilish ishlari 2014-yilning fevral oyida yakunlandi. Eski stadion saqlanib qolgan va taʼmirlanadi. Butun sport majmuasi bilanYangi Olmaliq stadioni rasman OKMK Sport Majmuasi nomini oldi.
Stadionning tantanali ochilish marosimi 2014-yil 16-mart kuni Oʻzbekiston Ligasining 2014-yilgi birinchi hakami „Olmaliq“ – Bekobodning „Metallurg“ uchrashuvida „Olmaliq“ ning 3:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan edi.
2014-yilning 27-may kuni „OKMK Sport Majmuasi“ jamoasi birinchi xalqaro oʻyinni oʻtkazdi, Oʻzbekiston – Ummon oʻrtoqlik uchrashuvi 0:1 hisobida yakunlangan edi.
Yutuqlari
Klub hodimlari
Boshqaruv
| Lavozim | Xodimlar |
|---|---|
| Prezident | Abdulla Xursanov |
| Bosh direktor | Bahodir Mirzayev |
| Bosh ijrochi direktor | Denis Xomutov |
| Bosh menejer | Doniyor Yoqubov |
| Sport direktori | Jahongir Risliqboev |
| Texnik direktor | Muxtor Qurbonov |
| Yoshlar jamoasi kordinatori | |
| Ijrochi direktor | |
| Xavfsizlik boʻyicha ofitser | Behzod Yunusov |
| Matubot kotibi | Sherzod Boyirov |
Murabbiylar shtabi
| Lavozimi | Ism |
|---|---|
| Bosh murabbiy | Mirjalol Qosimov |
| Yordamchi murabbiy | Aleksandr Volkov |
| Murabbiy | Hikmat Ergashev |
| Murabbiy | Xayrulla Karimov |
| Jismoniy tayyorgarlik murabbiyi | Marat Axmerov |
| Darvozabonlar murabbiyi | Denis Ivankov Murod Zuxurov |
| Tahlilchi murabbiyi | Akbar Dadashev |
Oʻyinchilari
Hozirgi
- 2026-yil 10-mart holatiga koʻra
Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
| R. | Poz. | Millati | Futbolchi |
|---|---|---|---|
| 3 | DF | UZB | Shahzod Toirov |
| 4 | MF | UZB | Mirjamol Qosimov |
| 5 | MF | GEO | Giorgi Papava |
| 6 | DF | UZB | Avazbek Oʻlmasaliyev |
| 7 | DF | UZB | Dilshod Ahmadaliyev |
| 8 | MF | UZB | Abubakrrizo Turdialiyev |
| 9 | FW | UZB | Aziz Xolmurodov |
| 10 | MF | UZB | Asadbek Sobirjonov |
| 11 | FW | UZB | Ali Abdurahmonov |
| 13 | DF | UZB | Eldorbek Begimov |
| 14 | MF | UZB | Akbar Oʻktamov |
| 16 | MF | JPN | Naoaki Senaga |
| 17 | MF | UZB | Nodir Abdurazzoqov |
| R. | Poz. | Millati | Futbolchi |
|---|---|---|---|
| 18 | MF | UZB | Rian Islomov |
| 19 | DF | UZB | Ahmadullo Muqimjonov |
| 21 | MF | UZB | Hazratjon Tursunqulov |
| 22 | DF | UZB | Saidafzalxon Axrorov |
| 23 | GK | UZB | Hamidullo Abdunabiyev |
| 27 | FW | SRB | Uros Kojic |
| 28 | MF | JPN | Arihiro Sentoku |
| 30 | MF | UZB | Abror Sarimsoqov |
| 35 | GK | UZB | Javohir Ilyosov |
| 44 | DF | UZB | Abror Karimov |
| 88 | MF | IRN | Siavash Hagh Nazari |
| 99 | GK | UZB | Umidjon Ergashev |
U21
Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
| R. | Poz. | Millati | Futbolchi |
|---|---|---|---|
| 1 | GK | UZB | Muhammad Ubaydullayev |
| 12 | DF | UZB | Saidakbar Sharipov |
| 15 | DF | UZB | Asrorbek Otaxonov |
| 24 | MF | UZB | Shahbozbek Abduvaliyev |
| 25 | MF | UZB | Behruz Islomov |
| 26 | MF | UZB | Faridjon Abdullayev |
| 31 | GK | UZB | Shamsiddin Vahobjonov |
| 32 | DF | UZB | Sardorbek Toʻlaganmirzayev |
| 33 | DF | UZB | Ibrohim Sayimnazarov |
| 34 | MF | UZB | Abbos Ziyoxoʻjayev |
| 37 | FW | UZB | Elbekjon Yoʻlchiyev |
| 38 | MF | UZB | Nuriddin Bahodirov |
| 39 | MF | UZB | Asadullo Toshpoʻlatov |
| 42 | MF | UZB | Doniyorbek Fozilov |
| 45 | DF | UZB | Abduqodir Neʼmatov |
| R. | Poz. | Millati | Futbolchi |
|---|---|---|---|
| 47 | MF | UZB | Asadbek Muhammadjonov |
| 48 | DF | UZB | Abdumoʻmin Moʻminov |
| 49 | MF | UZB | Farrux Sayfullayev |
| 51 | DF | UZB | Azizbek Anvarov |
| 66 | MF | UZB | Quvonchbek Hamidov |
| 71 | MF | UZB | Amirxon Joʻrabayev |
| 72 | MF | UZB | Diyorbek Rahmatullayev |
| 74 | DF | UZB | Hasanjon Baxtiyorov |
| 75 | MF | UZB | Samariddin Farhodov |
| 78 | MF | UZB | Abdulloh Fazliddinov |
| 79 | MF | UZB | Akobirjon Ahmadjonov |
| 80 | MF | UZB | Alisher Miraliyev |
| 81 | MF | UZB | Ozodbek Tojiyev |
| 97 | MF | UZB | Behruz Erkinov |
U19
Jamoani boshqargan murabbiylar
2004—2008-yillarda Rafael Fabarisov bosh murabbiy boʻlgan. 2008-yilda klubga taniqli oʻzbek futbolchisi va intiluvchan murabbiy Igor Shkvirin bosh murabbiy etib tayinlandi. Jamoada kechgan moliyaviy qiyinchiliklardan soʻng, 2016-yilda u bosh murabbiylikdan ketdi va oʻrniga asli rossiyalik, qozogʻistonning Ordabasi klubi bosh murabbiyi Viktor Kumikov tayinlandi. 2018-yil boshida uning oʻrnini tajribali Baxtiyor Ashurmatov egalladi. Shu yili 22-dekabrdan hozirgi kunga qadar jamoaning bosh murabbiyi – Mirjalol Qosimov.
| # | Murabbiy | Yillar |
|---|---|---|
| 1. | Rafael Fabarisov | 2004—2008-yillar |
| 2. | Igor Shkvirin | 2008—2016-yillar |
| 3. | Viktor Kumikov | 2016—2018-yillar |
| 4. | Baxtiyor Ashurmatov | 2018-yil |
| 5. | Mirjalol Qosimov. | 2019—h. v. |
Mashhur oʻyinchilari
- Oleg Zoteyev
- Shavkat Mullajonov
- Zafar Xolmurodov
- Jahongir Jiyamurodov
- Shavkat Salomov
- Shahboz Erkinov
- Sanjar Shoahmedov
- Nosirbek Otaqoʻziyev
- Javlon Guseynov
- Spartak Murtazoyev
- Kamoliddin Murzoyev
- Arslonmurat Amanov
- Maqsadmurod Shomurodov
- Pavel Xarchik
- Murod Hamroyev
- Umar Berdiyev
- Nazar Choʻlliyev
- Pavel Matyash
- Farhod Musabekov
- Valeriy Fomichev
- Giorgiy Kvesishvili
- Yevgeniy Gogol
- Aleksey Jdanov
- Vladislav Kasminin
- Yaroslav Martinyuk
- Vadim Chemirtan
- Adrian Kaskaval
- Artūras Fomenka
- Igor Petković
- Aleksandar Alempijević
- Darko Stanojević
- Nemanja Jovanović
- Igor Jelić
- Chaker Zouagi
Muxlislar, raqiblar, derbilar
AGMK futbol klubi koʻplab muxlislarga ega, ular orasida shu nomdagi zavodning koʻplab xodimlari bor. Uning asosiy raqibi Toshkent viloyatining yana bir jamoasi – Bekobodning „Metallurg“ jamoasidir. Har ikki klub yirik sanoat korxonalari – Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Oʻzbekiston metallurgiya kombinati sharafini himoya qilmoqda.
Ayni paytda ular Oʻzbekistonning ogʻir sanoati rivojlangan shaharlaridan biri – Olmaliq va Bekobodni ifodalaydi. AGMK va Metallurg jamoalari ishtirok etadigan „Metallurglar derbisi“ deb atalmish oʻzaro raqobat juda mashhur.
Olmaliqliklar uzoq tarixda Navoiy viloyatida joylashgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati vakili boʻlgan Qizilqum futbol klubi (Konchilar derbisi) hamda qoʻshni Angren shahrining Angren futbol klubi bilan ham raqobat tarixiga ega.
