Nijniy Novgorod (1932—90-yillarda Gorkiy) – Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Nijniy Novgorod viloyati markazi. Oka daryosining Volgaga quyilish joyida. Yirik daryo porti, temir yoʻl tuguni. Aholisi 1367,6 ming kishi (1998). Mashinasozlik va metallsozlikning (avtomobilsozlik, stanoksozlik, „Metallist“ va boshqa ishlab chiqarish birlashmalari, „Krasnoye Sormovo“, dizelsozlik, aviasozlik, aloqa apparaturasi, televizor va boshqa zavodlar) yirik markazi. Qora va rangli metallurgiya, kimyo va neft kimyosi, kimyo-farmatsevtika, yogʻochsozlik, qurilish materiallari, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari bor. 1985-yildan metropoliten ishlab turibdi. 9 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), 5 teatr, badiiy, Maksim Gorkiy, Nikolay Dobrolyubov muzeylari, tarixiy-meʼmoriy qoʻriqxona bor. Shaharga 1221-yilda asos solingan. 1341—92-yillarda Nijniy Novgorod Suzdal knyazligining poytaxti. 1611—12-yillarda Nijniy Novgorodda Kuzma Minin va knyaz Dmitriy Pojarskiyning xalq lashkari tuzilgan. Nijniy Novgorod 1719-yildan gubernya markazi. 19—XX asr boshlarida Nijniy Novgorod ulgurji bugʻdoy savdosining muhim savdo-moliya markazi. Shaharda podsho Rossiyasi davridan deyarli har yili yarmarka oʻtkazilib kelinmoqda. Meʼmoriy yodgorliklardan Kreml (XVI—XVII asrlar), Blagoveshchensk monastiri (XVII asr), Pechyora monastiri (XVII asr), Smolenskaya (XVII asr oxiri) va Rojdestvenskaya cherkovlari saqlangan.
Nijniy Novgorod

All data from the card 15
- Mamlakat
- Rossiya
- • Mer
- Yuriy Shalabaev
- Asos solingan
- 1221
- Ilk eslatilishi
- 1221
- Maydon
- 4,665 km2 (1,801 kv mi)
- Markazi balandligi
- 200 m
- Rasmiy til(lar)i
- ruscha
- Aholisi (2017)
- 1 269 324
- Zichligi
- 3084,81 kishi/km2
- Milliy tarkib
- ruslar 93,93tatarlar 1,33%mordvalar 0,58%ukrainlar 0,53%
- Konfessiyaviy tarkib
- Xristianlar, Musulmonlar v.h
- Vaqt mintaqasi
- UTC+3
- Telefon kodi
- +7 831
- Pochta indeks(lar)i
- 603000—603999
- Avtomobil kodi
- 52, 152
In 129 languages
uzAfrikaansалтай тилአማርኛالعربيةمصرىasturianuKotavaazərbaycancaتۆرکجهбашҡортсаBasa Baliбеларуская (тарашкевіца)беларускаябългарскиবাংলাbrezhonegbosanskiбуряадcatalàнохчийнCebuanoکوردیqırımtatarcačeštinaсловѣньскъ / ⰔⰎⰑⰂⰡⰐⰠⰔⰍⰟчӑвашлаCymraegdanskDeutschΕλληνικάEnglishEsperantoespañoleestieuskaraفارسیsuomifrançaisNordfriiskFryskGaeilgegalegoHausa客家語 / Hak-kâ-ngîעבריתहिन्दीhrvatskihornjoserbscemagyarհայերենBahasa IndonesiaIdoíslenskamedžuslovjanskyitaliano日本語ქართულიқазақшаಕನ್ನಡ한국어перем комиkurdîкомикыргызчаLatinaлезгиLimburgsLadinlietuviųlatviešuмокшеньолык мариймакедонскимонголमराठीкырык марыBahasa Melayuမြန်မာဘာသာэрзяньPlattdüütschNederlandsnorsk nynorsknorskoccitanиронpolskiپنجابیپښتوportuguêsRuna Simiromani čhibromânăрусскийрусиньскыйсаха тылаsicilianuScotsdavvisámegiellasrpskohrvatski / српскохрватскиSimple Englishslovenčinaslovenščinashqipсрпски / srpskisvenskaKiswahiliślůnskiதமிழ்тоҷикӣไทยtolışitoki ponaTürkçeтатарча / tatarçachiTumbukaTwiудмуртукраїнськаاردوvepsän kel’Tiếng ViệtWinarayWolof吴语მარგალური閩南語 / Bân-lâm-gí粵語中文
Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article