factograf
UZ

Mystique

Mystique
All data from the card 6
Nashriyot
Marvel Comics
Debyut
Chris ClaremontDave Cockrum
Muallif(lar)
Ms. Marvel #16 (may, 1978-yil)
Toʻliq ismi
Raven Darkhölme
Turi
Mutant odam
Ittifoqchilari
Jean GreyProfessor Charles XavierNick FuryStormRaven WagnerLeni ZauberValerie CooperMallory Brickman Ronnie LakeHolt AdlerSurgeFoxxAmichai BenvenistiRisty WildeJanice LincolnWilliam RivaVictoria SnowLonnie Lincoln

Mystique (Raven Darkhölme) — Marvel Comics tomonidan yaratilgan va asosan Gʻaroyib odamlar bilan bogʻliq boʻlgan xayoliy qahramon. David Cockrum va Chris Claremont tomonidan yaratilgan ushbu personaj ilk bor Ms. Marvel #16 (may, 1978-yil) komiksida paydo boʻlgan.

Mystique gʻayriinsoniy kuchlar bilan dunyoga kelgan mutantdir. U istalgan odamning qiyofasiga kira oladi. Uning tanasining rangi — koʻk, sochlarining rangi — qizil, koʻzlari esa sariq ranglidir. Mystique komikslarda asosan Gʻaroyib odamlar jamoasining dushmani sifatida koʻrsatilgan.

Mystique personajini Gʻaroyib odamlar filmlar seriyasining yetti filmida uchratish mumkin. X-Men (2000), X2 (2003) va X-Men: The Last Stand (2006) filmlarida ushbu personajni Rebecca Romijn, X-Men: First Class (2011), X-Men: Days of Future Past (2014), X-Men: Apocalypse (2016) and Dark Phoenix (2019) filmlarida esa Jennifer Lawrence gavdalantirgan.

Havolalar

  • Mystique Marvel.com saytida
  • Mystique UncannyXMen.net saytida


Read next

In 32 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article