factograf
UZ

Monarxiya

Monarxiya (yunoncha: monarchia — yakka hokimlik) — davlat boshqaruvi shakli. Bunda davlat boshligi monarx hisoblanadi. Monarxiyaning 2 turi mavjud: mutlaq (absolyut) monarxiya, bunda monarxning toʻla hokimiyatini cheklaydigan bironbir davlat organi boʻlmaydi; konstitutsiyaviy monarxiya, bunda monarx hokimiyati konstitutsiya asosida amal qiladigan muayyan vakolatli organ bilan cheklangan boʻladi, yaʼni qonunchilikni parlament, ijro hokimiyatini hukumat olib boradi. Ayrim mamlakatlarda davlat boshligʻi ayni vaqtda diniy rahbar ham hisoblanadi

Monarxiya koʻrinishlari

  • Mutlaq monarxiya — monarx cheksiz hokimiyatga egalik qiladigan monarxiya koʻrinishi. Mutlaq monarxiyada hukumat yoki boshqa hokimiyat organlari faqat davlat boshligʻi boʻlgan monarx oldida javobgardir, odatda parlament boʻlmaydi, boʻlgan taqdirda u maslahat kengashi vazifasini bajaradi, xolos.
  • Konstitutsiyaviy monarxiya — monarx hokimiyati konstitutsiya bilan cheklangan monarxiya. Konstitutsiyaviy monarxiyada qonun chiqaruvchi hokimiyat organi vazifasini parlament bajaradi, bajaruvchi organ esa hukumat boʻladi. Konstitutsiyaviy monarxiya ikki xil koʻrinishda boʻladi: dualistik va parlamentar monarxiya.
    • Dualistik monarxiya — (lotincha: Dualis) — monarx hokimiyati konstitutsiya bilan cheklanuvchi monarxiya, lekin shunga qaramasdan monarx oʻzining hokimiyat uchun keng vakolatlarini saqlab qoladi.
    • Parlamentar monarxiya — monarx vakolatlari oʻta cheklangan, hukumat va hukumat organlari monarx oldida emas, parlament oldida javob beradi.
  • Teokratik monarxiya — siyosiy hokimiyat diniy rahbar qoʻlida boʻlgan monarxiya.

Hozirgi kundagi monarxiya davlatlari

Havolalar


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Read next

In 176 languages

uzAcèhAfrikaansAlemannischaragonésअंगिकाالعربيةܐܪܡܝܐالدارجةمصرىঅসমীয়াasturianuаварअवधीazərbaycancaتۆرکجهбашҡортсаBoarischžemaitėškaBikol Centralбеларуская (тарашкевіца)беларускаябългарскиবাংলাབོད་ཡིགbrezhonegbosanskiBatak Mandailingбуряадcatalà閩東語 / Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄нохчийнCebuanoکوردیqırımtatarcačeštinakaszëbscziчӑвашлаCymraegdanskDeutschZazakiΕλληνικάEnglishEsperantoespañoleestieuskaraفارسیsuomivõroføroysktfrançaisNordfriiskFryskGaeilgekriyòl gwiyannengalegoAvañe'ẽગુજરાતીHausa客家語 / Hak-kâ-ngîעבריתहिन्दीFiji HindihrvatskihornjoserbscemagyarհայերենԱրեւմտահայերէնinterlinguaBahasa IndonesiaInterlingueIlokanoIdoíslenskamedžuslovjanskyitaliano日本語PatoisJawaქართულიQaraqalpaqshaKabɩyɛқазақшаYerwa Kanuri한국어къарачай-малкъарkurdîкомиkernowekкыргызчаLatinaLadinoLëtzebuergeschлезгиLimburgsLadinlombardລາວlietuviųlatviešuमैथिलीмокшеньMalagasyMinangkabauмакедонскиമലയാളംмонголဘာသာမန်मराठीBahasa MelayuMirandésမြန်မာဘာသာNāhuatlNedersaksiesPlattdüütschनेपालीनेपाल भाषाNederlandsnorsk nynorsknorskoccitanଓଡ଼ିଆиронਪੰਜਾਬੀPapiamentuPälzischpolskiPiemontèisپنجابیپښتوportuguêsRuna Simirumantschromânăрусскийрусиньскыйсаха тылаsardusicilianuScotsسنڌيsrpskohrvatski / српскохрватскиSimple EnglishslovenčinaslovenščinachiShonashqipсрпски / srpskiSiSwatisvenskaKiswahiliதமிழ்తెలుగుтоҷикӣไทยTagalogtoki ponaTürkçeтатарча / tatarçaئۇيغۇرچە / UyghurcheукраїнськаاردوvènetoTiếng ViệtWest-VlamsWinaray吴语хальмгმარგალურიייִדישYorùbá閩南語 / Bân-lâm-gí粵語中文

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article