factograf
UZ

Mavrlar

Mavrlar (lotincha Mauri, yun. mauros — qora) — 1) Mavritaniya, Afrikaning shim.-gʻarbiy viloyatlari tub joy aholisining rimcha atalishi; 2) Mavritaniyaning arab-barbar aholisi. Shuningdek, Afrikaning boshqa mamlakatlarida ham yashaydi. Umumiy soni 2,5 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari), shundan, 1,75 mln. kishi Mavritaniyada va 240 ming kishi Gʻarbiy Sahroi Kabirda yashaydi. Arab tilining mavritancha laxjasida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar.

Manbalar


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Read next

In 87 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article