factograf
UZ

Maurice Ravel

Maurice Ravel

Key facts

tugʻilgan sanasi7-mart, 1875
vafot sanasi28-dekabr, 1937
kasbiDirijyorlik, pianist, kompozitor
tugʻilgan joyiCiboure
janrOpera
All data from the card 5
Tavalludi
7-mart 1875
Vafoti
28-dekabr 1937
Fuqaroligi
Fransiya
Otasi
Pierre-Joseph Ravel
Onasi
Marie Ravel

Maurice Joseph Ravel (talaffuzi: Moris Jozef Ravel; 1875.7.3, Fransiyadagi Sibur sh. — 1937.28.12, Parij) — fransuz kompozitori. Parij konservatoriyasini tugatgan (1905). Ijodida dastlab musiqiy impressionizm, 1917-yildan neoklassitsizm tamoyillarini rivojlantirgan. Asarlari koloritining boyligi, shakl va ritmlar ravshanligi, mavzular xalq (ayniqsa, ispan) kuylariga yaqinligi bilan ajralib turadi. "Suv oʻyini", "Aks tasvirlar", "Kechki Gaspar" (1905—08) asarlarida yangi fortepiano uslubini kashf etgan. Raqs kuylariga izchil murojaat qilib xoreografik simfoniya ("Dafnis va Xloya" baleti, 1911), xoreografik poema ("Vals", simfonik orkestr uchun, 1920) janrlarini yaratgan. 2 opera, 3 balet, 2 fortepiano konserti, simfonik, vokalsimfonik va kamer asarlar muallifi. "Bolero" (1928) fransuz simfonizmi choʻqqisidir. Uning musiqasi asosida Navoiy teatrida balet sahnallashtirilgan (1960). R. anʼanalari Oʻzbekiston kompozitorlari (A. Kozlovskiy, G. Mushel va boshqalar) ijodiga katta taʼsir etgan, S. Karimxoʻjayev "Ravel xotirasiga" nomli xoreografik poema (1974) yaratgan.

Manbalar


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Read next

In 89 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article