factograf
UZ
Sign in

Mandalay

Mandalay

Key facts

aholisi1 225 546
hudud164km²
bu konsepsiyaning alohida holatishahar, Katta shahar
davlatMyanma
dengiz sathidan balandligi22m

Mandalay, Mandale — Myanmaning markaziy qismidagi shahar.

Mandalay viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi shahar atrofi bilan 5,8 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllarining muhim tuguni. Iravadi daryosi boʻyidagi yirik port. Ip gazlama, yogʻmoy, taxta tilish sanoati, tay-yor qismlardan avtomobil yigʻish korxonalari, kema taʼmirlash va temir yoʻl ustaxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Qoʻlda shoyi toʻqiladi, yogʻoch va toshdan oʻymakorlik, kulolchilik buyumlari tayyorlanadi. Un-t, institutlar, kutubxonalar bor. Myanma kino sanoati markazi. Mamlakatning madaniy va liniy markazi. Budda dinidagilar ziyoratgoh joyi. Shaharga 1857-yilda asos solingan (rasmiy nomi pali tilida — Yadanabon — "qimmatbaho toshlar uyumi" degan maʼnoni anglatadi). 1857—85 yillar myanmaliklarning mustaqil Konbaun davlatining poytaxti boʻlgan.

Fotogalereya

Mandalay Hill
Mandalay Hill
Kyauk Taw Ghi
Kyauk Taw Ghi
Kyauk Taw Ghi
Kyauk Taw Ghi
Mahamuni
Mahamuni
Mahamuni
Mahamuni
9 images


Manbalar


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Read next

In 86 languages

Text from Wikipedia, CC BY-SA 4.0 · Source article